|
O‘qitishning muammoli-izlanish va reproduktiv usuli
|
bet | 43/150 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 5,55 Mb. | | #255011 |
Bog'liq Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi peO‘qitishning muammoli-izlanish va reproduktiv usuli.
O‘qitishning reproduktiv va muammoli-izlanish usullari o‘quvchilarning yangi tushuncha, hodisa va qonunlarni bilishdagi ijodiy faolliklari darajasini baholash asosida qismlarga ajratiladi. Reproduktiv usullar birinchi navbatda, o‘quvchilarning o‘quv materiallarini mustahkamroq eslab qolishlarini ta’minlash, bilishga doir faoliyatni bevosita boshqarish, kamchiliklarni tez aniqlash uchun amaliy ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo‘llaniladi.
Reproduktiv tipidagi amaliy mashqlar shunisi bilan farqlanadiki, bu ishlarning davomida o‘quvchilar namunaga ko‘ra ilgari yoki yaqindagina o‘zlashtirilgan bilimlarni qo‘llaydilar.
Muammoli vaziyat - o‘quvchining ma’lum psixik holatidir. Bunday holat ma’lum topshiriqni bajarish jarayonida ziddiyatni anglash tufayli vujudga keladi. O‘quvchilarning fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlarning shakllanishi ularning shaxsida qiziquvchanlik, o‘tkir zehnlilik, mustaqillik, o‘qishga qiziqish va mustaqil izlanish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
O‘qitishning induktiv va deduktiv usuli. O‘qitishning induktiv va deduktiv metodlari o‘quv materiali mazmunining xarakteri va mantig‘ini yoritish usulidir. Induktiv metodda o‘qituvchi avval faktlarni tushuntiradi, tajribalarni, ko‘rsatmali qo‘llanmalarni namoyish qiladi va umumlashtiradi.
Deduktiv metod - o‘qituvchining avval umumiy qoidalarni, ta’riflarni aytishi, keyin asta-sekin xususiy hollarni, muayyan vazifalarni keltirib chiqarish usulidir. Induktiv yoki deduktiv usullarni qo‘llash o‘rganilayotgan mavzu mazmunini ochishda xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o‘tishning qaysi birini tanlashni anglatadi.
O‘qitishda nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish usuli. O‘qitish tizimida barcha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonining samarali bulishi uchun nazorat ta’lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, nazorat qilish tufayli o‘qitishdagi o‘zaro muloqot, o‘qitishning borishini jadal boshqarish va kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatish, yangi darsga aniq vazifalar qo‘yish imkonini beradi. Nazorat ham bir qancha turlarga: og‘zaki, yozma va laboratoriya turlarga bo‘linadi.
O‘qituvchi yoshlarni o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgatishda o‘z-o‘zini to‘g‘ri baholay bilishga, hayotda o‘zi intilishi lozim bo‘lgan idealni aniq tushungan holda o‘zidagi ijobiy sifatlarni va mavjud kamchiliklarni ko‘ra olish mahoratini shakllantirmog‘i lozim. Nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish uslublarini o‘zaro mohirona biriktirish barcha o‘quv fanlari bo‘yicha ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beradi.
|
| |