|
Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pedagogika nazariyasi va tarixi
|
bet | 41/150 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 5,55 Mb. | | #255011 |
Bog'liq Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi peO‘qitishning og‘zaki usullari. O‘qitishning og‘zaki usullari ta’limda doimo eng ko‘p qo‘llanib kelinmoqda. Didaktikada o‘qitishning og‘zaki usullari uch turga: o‘qituvchining hikoyasi, suhbat va maktab ma’ruzasiga ajratiladi.
Og‘zaki bayon qilish usulida ikki faoliyatning, ya’ni bir tomondan o‘qituvchining o‘quv materiallarini mohirlik bilan og‘zaki bayon qilib berishi va ikkinchi tomondan, bayon qilinayotgan materiallarni o‘quvchilar diqqat bilan tinglab, ongli va mustahkam o‘zlashtirishlari birligiga amal qilinadi. Og‘zaki bayon qilishda (tushuntirishda) o‘qituvchi o‘quvchilarning psixologik va yosh xususiyatlarini yaxshi bilishi, tushuntirishda ularning diqqatini tez jalb etishi va bilishga doir ishlarni faollashtirish zarur.
Hikoya. Bu usul maktab ta’limining hamma bosqichlarida qo‘llaniladi. Boshlang‘ich sinflarda bu juda qisqa va aniq, yuqori sinflarda esa katta materiallarni bayon qilishda to‘liq hikoyadan foydalaniladi. Hikoya yakunlangach, u suhbat va tushuntirishlar bilan to‘ldiriladi.
Hikoyada o‘qituvchining nutqi yorqin, aytgan so‘zlari bolalarga tushunarli bo‘lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, hikoya qilish - o‘qituvchi tomonidan yangi o‘tilayotgan mavzuga oid omil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishidir.
O‘quv materiallarini tushuntirish - o‘qituvchi tomonidan o‘tilayotgan mavzuning mazmunini xarakterlaydigan tushuncha, ta’rif, qonun va qoidalarni uqtirishdir.
O‘quv ma’ruzasi. Ushbu usuldan yangi bilimlarni o‘zlashtirish va mustahkamlash, ko‘nikma va malakalar hosil qilish uchun foydalaniladi. Agar hikoya darsning bir qisminigina egallasa, ma’ruza odatda, ularni to‘la qamrab oladi. Ma’ruza asosan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida, o‘rta maxsus kasb-xunar kollejlari va akademik litsey hamda oliy o‘quv yurtlarida o‘qiladi.
Suhbat. Suhbat ta’limning keng tarqalgan usuli bo‘lib, darsning istalgan bosqichida qo‘llanishi mumkin. Ko‘pincha, bu usul savol-javob usuli deb ham yuritiladi. Suhbatning to‘rt xil turi mavjud bo‘lib, ular: yangi bilimlar berishda, bilimlarni mustahkamlashda, olingan bilimlarni tekshirishda, o‘tilgan materiallarni takrorlashda qo‘llanadigan suhbatlardir.
O‘qitish jarayonida o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan kirish, asosiy va yakunlovchi suhbatlar ham qo‘llaniladi. Suhbat mustahkamlovchi metod sifatida bilimlarni tekshirish va baholashda ham o‘tkaziladi.
|
| |