|
Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pedagogika nazariyasi va tarixi
|
bet | 54/150 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 5,55 Mb. | | #255011 |
Bog'liq Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi peAmaliyot – ta’lim shakllaridan yana biri bo‘lib, unda talaba oliy o‘quv yurtida olgan nazariy bilimlarini bevosita amaliyotga tadbiq etadi. Bu jarayonda amaliyotchiga amaliyot davomida oliy o‘quv yurtidan ilmiy rahbarlar tayyorlanadi. Amaliyot talaba uchun kelajak ish faoliyatida ilk qadami bo‘lib, shu amaliyot davomida talaba oliy o‘quv yurtida olgan bilimlarini qanchalik amaliyotga qo‘llay olishini o‘z nuqtai nazaridan ham baholaydi va bu orqali unda kelajagini tasavvur qilishga imkon yaraladi.
Kurs ishi – oliy maktab o‘quv rejasida qayd qilingan ta’lim berishning shakllaridan biri. Kurs ishlari biror fanning nazariy kursi tugallangandan so‘ng amalga oshiriladi. Ta’lim berishning bu turi talabalarning ilm olish davrida olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, nazariy bilimlarini qanchalik amaliyot bilan bog‘lay olishi negizida paydo bo‘ladi.
Kurs ishi tayyorlash jarayonini bevosita mustaqil ishlar tarkibiga kiritish mumkin. Kurs ishi ham o‘quv rejasida kiritilgan bo‘ladi.
Diplom ishi – talabaning oliy o‘quv yurtida olgan bilimlarining natijasi, ilmiy izlanishlarning boshlang‘ich ko‘rinishi bo‘lib, ta’lim berishning bir shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Diplom ishi bir mutaxassislikning talaba tomonidan tamomlanayotgan, shu mutaxassislik rahbari bilan birga tayyorlanadigan va o‘quv yurti rejasida qayd qilingan ta’lim berish shakllaridan biridir.
Oliy maktabda o‘quv jarayoni mustaqil ta’limni tashkil etilishini ham ko‘zda tutadi. Talabalarning mustaqil taxsili ularning o‘z bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, mavjud malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish hamda ularning yangilarini o‘zlashtirishga bo‘lgan initilishi sifatida qaraladi.
Mustaqil ta’limning vazifalari: shaxsning intellektual imkoniyatlarini yangilash, ularning g‘oyaviy-nazariy saviyasini oshirish, kasbiy mahorati va madaniyatini takomillashtirish.
Mustaqil ta’limning asosiy maqsadi talabalarni ijodiy izlanishga, o‘z ustida ishlashga hamda ularning shaxsiy va kasbiy sifatlarini o‘stirishdir. Mustaqil ta’lim buyicha mashg‘ulotlarning izchilligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida uning rejasi tuziladi. Umuman olganda barcha oliy maktablarda ta’lim berishning tashkiliy shakllari amal qilar ekan, ularga bir qator talablar qo‘yiladi.
|
| |