|
O‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra
|
bet | 47/150 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 5,55 Mb. | | #255011 |
Bog'liq Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi peO‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra ta’lim vositalari yangi materialni o‘rganish vositalari, takrorlash, mustahkamlash, umumlashtirish vositalari, bilimlarni nazoart qilish vositalari, o‘quv jarayonini tashkil eti shva boshqarish vositalari va axborot vositalariga bo‘linadi.
O‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra ta’lim vositalari kommunikatsiya (muloqot) va o‘quv ishlari vositalariga tasnif etiladi. O‘quv ishi vazifa, muammo, masalalarni hal etish, turli mashqlarni bajarish jarayonidir. Ta’lim – kommunikatsiya (muloqot) o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘quv faoliyati sanaladigan kommunikativ-faoliyatli jarayon. Kommunikatsiya – bu kodlash (o‘qituvchi nutqidagi atamalarda), uzatish (yozilish) va o‘quvchilarning axborotni qabul qilishi (tushunish va dastlabki eslab qolish).
Didaktik vositalar his qilish, sezish uchun foydalanishiga ko‘ra ham tasnif qilinadi. Bunday bog‘liqlikka ko‘ra didaktik vositalar vizual (ko‘rish) – haqiqiy(original) narsalar yoki turli obrazli ekvivalentlari, diagrammalar, kartalar; audial(eshitish) – radio, magnitofon, musiqa asboblari; audioizual(ko‘rish-eshitish) – ovozli filmlar, televideniye, kompyuterlar, didaktik mashinalar, elektron darsliklar.
Ta’limning texnik vositalari
TTV – bu o‘zida o‘quv-axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga:
1. O‘quv kinofilmlari.
2. Diafilmlar.
3. Kompyuterlar.
4. Magnitofon tasmalari.
5. Radioeshittirish.
6. Teleko‘rsatuvlar kiradi.
Ta’limning texnik vositalarini kuyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
axborot;
aralash(kombinatsion);
trenajyor;
bilimlarni nazorat qilish vositalari;
audiovizual vositalar.
Ta’limning texnik vositalarining funksiyalari:
ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi;
o‘quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi;
o‘quvchilarni idrok qilishga yo‘naltiradi;
o‘quvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi;
dunyoqarashni, ishonchni, o‘quvchilarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi;
o‘quv ishiga nisbatan o‘quvchilarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlaydi;
bilimlarni nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta’minlaydi.
|
| |