I.5.-rasm. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga axloqiy tarbiya berish tamoyillari.
Ertaklarning badiiy kuchi- uning namunaviy axamiyatga egaligidadir. Ertaklarda bolalaming yosh xususiyatlari alohida e’tiborga olinadi.Voqealar qiziqarli, sodda, ixcham, izchil, qisqa bayon etilishi talab qilinadi. . Ertak terminini O‘zbekistondagi turli viloyatlarida bu janrga oid asarlar turlicha hududlarda turlicha(toshkentliklar cho‘pchak, farg‘onaliklar matal, xorazmliklar varsaqi) atalgan. So’z mulikining sultoni hazrat Alisher Navoiy ham g'azallaridan birida cho‘pchak so‘zini qo‘llaganlar:
Habibim husni vasfin uyla muhlik anglakim bo‘lg‘ay,Qoshinda qissai Yusuf bir uyqu kelturur cho'pchak.
Ushbu baytdagi “cho‘pchak” so’zi 1959 yil “Navodiru-sh-shabob”ning qayta nashrida “cho'rchak” shaklida yozilgan. Shuning uchun ham Alisher Navoiy zamonida “cho‘rchak” yoki “cho‘pchak” atamasi bolgan deb aytishimiz mumkin
boiadi). Baytdagi “uyqu” so‘ziga e’tibor beradigan bo’lsak, oqshom payti bolalarni uxlatishda ertakning sehrli ta’sir kuchidan foydalanish nazarda tutilganiga guvoh bo’lamiz. Hamid Olimjonning Oygul bilan Baxtiyor ertagida ham o'rinli:
Bolalik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda,
Ko‘p ertak eshitgandim,
So‘ylab berardi buvim.
Esimda o‘sha damlar,
0 ‘zi uchar gilamlar,
Tohir-Zuhra, Yoriltosh,
Oyni uyaltirgan qosh.
Hamid Olimjon bu misralarda “Tohir va Zuhra”, “Yoriltosh” ertaklarining nomi tilga olgan.Bundan tashqari “o‘zi uchar gilamlar”, “oyni uyaltirgan qoshlar”, “beqanot uchgan otlar”,”so‘ylaguvchi devorlar”, “bola bo‘p qolgan chollar’ sanab o‘tadi.Haqiqatan ham, “Oygul bilan Baxtiyor” adabiy ertagini yozishda shoirga xalq ertaklarining sirli olami ilhom bag‘ishlagan va go‘zal so‘zlar bilan yetkazishga harakat qilgan. Yuqorida keltirgan fikrlarimiz xalq ertaklarining haqiqiy so‘z san’ati sifatida qadimdan yashab kelayotganini, xalq hayotida ularda axloqiy sifatlarni bolalar ongiga singdirish,bolalarni ezgu g’oyalarga undashga oid tasviriy ifodalar aks etganini ko’ramiz.
Bolajonlar har bir tinglagan ertaklaridagi qaxramonlarini yoqtiribgina qolmay ularga o’xshashga xarakat qiladilar.Ularning tarbiyaga molik jixatlarini o’zlarida mujassamlashtirishga intiladilar. O’zbek xalq ertaklarimizning badiiy ijod namunasi sifatidagi janr xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Ertaklar xalq og‘zaki ijodining epik turiga mansub bo’lishi;
Ertaklar, asosan, nasrda yaratiladi.( Faqat ayrim asarlardagina ≪Tohir va Zuhra≫ va b.) qo'shiqni eslatuvchi she’riy parchalar shaklida uchraydi;)
Ertaklarning an’anaviy belgisi mavjudligi(“Bir bor ekan, bir yo‘q ekan” boshlamasi va “murod-maqsadiga yetibdi” yakunlanmasi)
Xayoliy-fantastik tasvirlanish ertaklar syujetida qo‘llanadigan ustuvor
usul ekanligi;
Ertaklaming umumiy mazmunida IMF formulasi doimiy takrorlanib turadi.( I - initsial - boshlanma; M - medial – asosiy qism; F - final - yakunlanma)
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ertakning ta’limiy –tarbiyaviy jixatlarini bolalar ongiga yetkazib berishda tarbiyachi bir qancha usul va vositalardan foydalanishi mumkin. Xar bir usul va vositadan tarbiyachi o’z o’rnida foydalanishi tavsiya qilinadi.
I.6-rasm.MTTda ta’lim –tarbya berishda ertak janridan foydalanish usul va vositalari.
Bu vositalardan biri - bolajonlar uchun sevimli bo’lgan,ular qiziqib tomosha qiladigan multfilmlardir.Multfilmlar “kam kuch sarflab, ko’proq natijaga erishish vositasi” desak xato bo’lmaydi.Sababi,multfilmlarni bola tomosha qilganida ko’proq ma’lumotni oladi.Bu esa tarbiyachiga juda katta ma’suliyat yuklaydi.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo’yib ko’rsatilayotgan multfilmlar-o’zida milliylikni, ta’limiylikni, tarbiyaviylikni mujassamlashtirgan bo’lishi kerak.Bolajonlarimizga o’zimizning milliy multfilmlarimizni qo’yib ko’rsatishimiz orqali ularning nafaqat ta’limiy , balki axloqiy sifatlarini ham shakllantirishimiz mumkin.Masalan, “Zumrad va Qimmat” ertagi.Bu ertakning multfilmida Zumradning atlas libosda ekanligi, uning uy yumushlarini bajarishi(tongda xovli supurishi,tandirda non yopishi, o’choqda ovqat qilishi v.h)bolalar diqqatini jalb qiladi.
Zumrad mehnatsevarligi odobliligi,shirinso’zligi,kattalarga hurmat,kichiklarga izzatda bo’lishi bilan bolajonlarni axloqiy tarbiyaga chaqiradi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi barcha bolalar bu multfilmdan va ertakdan o’zlari uchun ma’naviy, milliy va axloqiy tarbiyani o’zlashtiradilar. Bizning ota – bobolarimizning an’analari qanday ekanligi, ularning kundalik faoliyatlari ro’zg’or tutish an’analari avlodan –avlodga o’tib sayqallanib kelayotgan liboslarni uyg’unlashuvini ko’radilar va o’zlariga kerakli xulosalarni chiqarishga yordam. Yaxshi va yomon odatlaashga o’rganadi. Ertaklardagi ijobiy qahramonga o’xshashga xarakat qilib, o’zlaridagi yomon xulqlarni bartaraf etadilar.Zumradga o’xshashga xarakat qiladilar.Tozalikka, mehnatsevarlikka odatlanadilar.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachiga yordamlashishga, xonanani ozoda saqlashga, o’z-o’ziga xizmat qilishga o’rganadilar.
Shunday qilib, bolalarning axloqiy tasavvur va tushunchalarni egallab olib, uni kundalik odatga aylantirishlari uchun bolalarning ertaklar vositasida kattalar rahbarligidagi qizg`in faoliyati tashkil etilishi lozim. Tarbiyachi bola shaxsida axloqiy xis-tuyg`ularni tarbiyalashda barcha usullar va vositalardan o’z o’rnida qo’llashi maktabgacha yoshdagi bolalarda ahloqiy sifatlarni shakllanishiga xizmat qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ahloqiy sifatlarni tarbiyalashda tarbiyachi o’z faoliyatida quyidagilarga amal qilishi lozim:
ahloqiy mavzudagi ertaklarni bolalar ongiga yetkazishda tanlagan usullarida xonaning umumiy shart –sharoitini hisobga olsa;
ertak syujetini boyituvchi holatlarni yarata olsa;
ertak aytishda bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olsa;
zamonaviy axborot kommunikativ texnologiyalardan unumli foydalansa;
maktabgacha ta’lim tashkilotlariad ko’rgan va eshitgan ertaklari yuzasidan kichik suhbat tashkil etilsa va boshqalar maqsadga muvofiq bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda, ertaklar juda katta tarixiy, ta'limiy-tarbiayaviy ahamiyatga egadir. Ular qadim zamonlardan beri mavjud bo’lib, asrlar osha sayqallanib ,tildan –tilga o’tib zamonaviylashib boraveradi. Ertaklarning yashovchanligiga sabab ham uning badiiy mukammalligi bilan belgilanadi. Mazmun jihatdan hayotning turli masalalari ertaklar tematik diapazonini ta’minlaydi.Ulaming hajmi mazmunda ifodalangan voqealar tizimiga, muammolaming yechimiga bog'liq bo’ladi. Axamiyatli jixati xar qancha sayqallanmasin,o’zining ma’nodorligini,mamunini,jozibadorligini eng muximi –ta’limiy va tarbiyaviy axamiyatini xech qachon yo’qotmaydi.Bu esa xar bir xalqning ,millatning milliy madaniyatini asrlar osha ertaklar orqali kelajak avlodga yetkazib berishga xizmat qiladi.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga Maktabgacha ta’lim tashkiotida o’zimizning milliy multfilmlarimizni qo’yib berish orqali ularning ma’naviy –axloqiy sifatlarini tarkib toptirishimiz,milliy ruhda tarbiyalashimizga turtki bo’ladi desak mubolag’a bo’lmaydi.
|