Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda xalq og’zaki ijodining ertak janridan foydalanish zaruriyati




Download 230,41 Kb.
bet14/48
Sana16.06.2021
Hajmi230,41 Kb.
#15083
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda xalq og’zaki ijodining ertak janridan foydalanish zaruriyati.

Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash, bolalarda vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlash maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldiga qo’yilgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.Bu kabi vazifalarni amalga oshirishda tarbiyachi o’z mashg’ulotlarida xalq og’zaki ijodi namunalardan foydalanishi ta’lim tarbiya jarayonini yanada samarali kechishiga yordam beradi. Zamonaviy ta’lim jarayonida biz yangi texnologiyalardan foydalanishimiz bilan bir qatorda an’anaviy ta’limni ham esdan chiqarmasligimiz zarur.Bolalarning milliy ruhda tarbiyalashimiz, milliy urf-odatlarimizni o’rgatishimizda ularni ma’naviy –axloqiy jihatdan tarbiyalashimizda xalq og’zaki ijodi namunalardan foydalanmaslikni iloji yo’q.Sababi ,o’zbek xalqi qadimdan mexnatkash, farzandlar tarbiyasiga juda qattiq e’tibor beradigan xalq bo’lgan. Bolalarga ta’lim –tarbiyada ko’proq xalq og’zaki ijodi bilan ta’sir qilish yo’lidan borganlar .Ta’kidlash joizki, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim tarbiya berishda xalq og’zaki ijodi janrlaridan bo’lgan ertaklar bizga qo’l keladi.Sababi ertaklar barcha yoshdagi bolalarga birdek yoqadi va ta’sir qiladi.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ertaklarning ta’limiy xamda tarbiyaviy ahamiyati katta .

Maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha yoshdagi bolalarga axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo‘llash muhim ahamiyatga egadir .

Sababi , ushbu metodlar bolalarning axloqiy tasavvurlari hamda bilimlarni egallab olishga qaratilgan faoliyat turi hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan barcha metodlar orqali bolalarga axloqiy normalar va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o’rgatiladi.Bolalarda axloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Bolalarga axloqiy tarbiya normalarini o’rgatayotganda ularni noo‘rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish mumkin emas.Bu o’rinda barcha metodlardan o’z o’rnida izchillik bilan kompleks ravishda foydalanish maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ahloqiy sifatlarini shakllantirishda tushuntirish va namuna ko’rsatish metodidan foydalanish katta natija beradi.

Tushuntirish odatda bolalarga yangi axloqiy tushunchalarni,normalarni , axloqiy qonun –qoidalarni bayon qilib berilayotganda ishlatiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga tushuntirish kattalarning jonli so‘zi va namunasiga asoslanadi. Masalan, o’zidan kattalarga qo’lini ko’ksiga qo’yib “Assalomu alaykum” deb aytish va h. Tarbiyach axloqiy mavzulardagi suhbatni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning hamma guruhlarida qo‘llashi mumkin. Suhbat uchun tanlanayotgan ertak yoki hikoyaning mazmuni yorqin,tushunarli bo‘lib, bolalaming his-hayajoniga yetarlicha ta’sir etishi kerak.

Axloqiy mavzulardagi ertaklardan namunalar ko’rsatish orqali bolalar axloq normalari va qoidalarini, ijobiy xulq shakllarini egallaydilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning axloqiy tajribalarini kengaytirib borish, xulqning axloqiy sabablarini aniqlab boorish tarbiyachidan ziyraklik talab etiladi. Ertakdagi qahramonlarning hatti –harakatlarini tahlil qilish jarayonida bolalar o‘z fikr-mulohazalarini aytishlariga o’rganadilar.Ertak qahramonlarining har bir xatti-harakatini ongli ravishda, axloq normalari va qoidalari doirasida bajarishga urinadilar. Badiiy adabiyotni o‘qib berish, san’at asarlari va amaliy san’at buyumlarini tomosha qilish, multfilmlar tomosha qilishda,musiqa va ashula eshitish bolalarda estetik hisni uyg‘otardi, shu bilan bir qatorda axloq qoidalari va normalarini singdirib boradi.Bolalarning axloqiy sifatlarini shakllantirishda maktabgacha ta’lim tashkilotida turli xil metodlardan foydalaniladi.(I.4-rasm)




Download 230,41 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




Download 230,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda xalq og’zaki ijodining ertak janridan foydalanish zaruriyati

Download 230,41 Kb.