|
Xasanova gulnoza ilxom qizi
|
bet | 21/48 | Sana | 16.06.2021 | Hajmi | 230,41 Kb. | | #15083 |
Bob yuzasidan xulosa
Bolalarning axloqiy tasavvur va tushunchalarni egallab olib, uni kundalik odatga aylantirishlari uchun bolalarning ertaklar vositasida kattalar rahbarligidagi qizg`in faoliyati tashkil etilishi lozim. Tarbiyachi bola shaxsida axloqiy xis-tuyg`ularni tarbiyalashda barcha usullar va vositalardan o’z o’rnida qo’llashi maktabgacha yoshdagi bolalarda ahloqiy sifatlarni shakllanishiga xizmat qiladi. Ertaklar juda katta tarixiy, ta'limiy-tarbiayaviy ahamiyatga egadir. Ular qadim zamonlardan beri mavjud bo’lib, asrlar osha sayqallanib ,tildan –tilga o’tib zamonaviylashib boraveradi. Ertaklarning yashovchanligiga sabab ham uning badiiy mukammalligi bilan belgilanadi. Mazmun jihatdan hayotning turli masalalari ertaklar tematik diapazonini ta’minlaydi.Ulaming hajmi mazmunda ifodalangan voqealar tizimiga, muammolaming yechimiga bog'liq bo’ladi. Axamiyatli jixati xar qancha sayqallanmasin,o’zining ma’nodorligini,mamunini,jozibadorligini eng muximi –ta’limiy va tarbiyaviy axamiyatini xech qachon yo’qotmaydi. Bu esa xar bir xalqning ,millatning milliy madaniyatini asrlar osha ertaklar orqali kelajak avlodga yetkazib berishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga Maktabgacha ta’lim tashkiotida o’zimizning milliy multfilmlarimizni qo’yib berish orqali ularning ma’naviy –axloqiy sifatlarini tarkib toptirishimiz,milliy ruhda tarbiyalashimizga turtki bo’ladi desak mubolag’a bo’lmaydi.
|
| |