Tarbiyachilarning axloqiy tarbiyani tashkil etish ko’nikma va malakaiarga egalik darajasi
3.2-jadval.
Guruhlar
|
Tajriba avvalida
|
Tajriba yakunida
|
Yuqori
|
O’rta
|
Past
|
Yuqori
|
O’rta
|
Past
|
Tajriba guruhi
Jami42 nafar
|
4
|
9
|
29
|
15
|
25
|
2
|
Nazorat guruhi
Jami42 nafar
|
7
|
19
|
28
|
8
|
14
|
20
|
3.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq og’zaki ijodi vositasida axloqiy tarbiyalash natijalari va samaradorligi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq og’zaki ijodi vositasida axloqiy tarbiyalash mavzusini atroflicha o’rganish va tashkil etishda mashg’ulotlarda foydalanish bo’yicha ishlab chiqilgan metodikaning afzalligini aniqlash maqsadida pedagogik tajriba Sh.Rashidov tumani maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli “Shirintoy ” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tayyorlov A va B guruhlarida o’tkazildi.
Tajriba 3 bosqichda amalga oshirildi.
Birinchi bosqich aniqlovchi tajriba o’tkazildi. Bunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq og’zaki ijodi vositasida axloqiy tarbiyalash yuzasidan kuzatish ishlari olib borildi, natijalar tahlili qilindi.
Bunda tashqi kuzatish, suhbat, savol-javob (1- ilovaga qarang) metodidan foydalanildi:
Tanlangan mavzu bo’yicha tarixiy, falsafiy, psixologik, pedagogikaga oid ilmiy nazariy adabiyotlar o’rganildi tahlil etildi.
|