III-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI XALQ OG’ZAKI IJODIDAN FOYDALANIB AXLOQIY TARBIYALASH SAMARADORLIGI
3.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalashda xalq og’zaki ijodidan foydalanishda tajriba- sinov ishlarining mazmuni.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni axloqiy sifatlarni shakllantirishda xalq og’zaki ijodidan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Axloqiy tarbiya eng jiddiy, eng oddiy va samimiy muomalani talab qiladi. Tarbiyachilar va ota-onalarning eng to’g’ri pedagogik yo’li ana shu uch xususiyatdan iborat bo’lmog’i kerak. Salgina bo’lsa ham yolg’on, sun'iylik, aralashsa,tarbiyaviy ish muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.Bu o’rinda quyidagi savollardan foydalanish ularning axloqiy tarbiyasida milliy xarakterdagi metod va vositalardan qay darajada samarali foydalana olayotganliklarini aniqlashga yordam berdi:
1. Bolalarga ta'sir ko’rsatish vositalarining (o’zbek xalq ertaklari,multfilmlari) barchasini ham tarbiyaviy vositalar deb hisoblash mumkinmi? Fikringizni misollar yordamida bayon eting.
2. Sizningcha bolangizni axloqiy sifatlarini shakllantirishda samarali pedagogik ta'sir ko’rsatishning yo’llari qanday? Xalq og’zaki ijodi namunalaridan foydalanarmidingiz?
3. Siz oxirgi marta qaysi ertakni bolangizga o’qib berdingiz?Ertakdan so’ng bolangizda ijobiy o’zgarishni sezdingizmi?
4. Bolalaringizning xatti-harakatlaridan norozi yoki xursand ekanligingizni
ularga qanday bildirasiz?
5. Bolani axloqiy sifatlarini shakllantirishda xalq og’zaki ijodining qanday vosita yoki shakllaridan foydalanish mumkin?
6.Farzandlarning axloqi va xatti-harakatlariga qo’yiluvchi talablar turi va
shaklining ko’pligini qanday izohlaysiz? Tarbiya jarayonida ulardan birdek
foydalanish maqsadga muvofiqmi? Fikringizni dalillar yordamida asoslashga
urinib ko’ring.
7. Qanday vaziyatda uyaltirish metodi samarali tarbiyaviy vosita bo’la oladi?
Fikringizni shaxsiy tajribangiz, hayotiy misollar yordamida bayon eting.
8. Bolalaigingizda qanday ertak yoki multfilmlar ko’rganingiz esingizdami? Qaysi qahramon obrazi sizga yoqqan yoki uning xarakatlariga taqlid qilgansiz eslay olasizmi?
10.Tajribangizda qo’llanilayotgan ijobiy va salbiy tarbiya metodlarini
guruhlab, salbiylarini cheklashga urining.
Har bir oilaning o’ziga xos, individual tarbiya tizimi mavjud. Shu bilan
birgalikda har bir millatning o’ziga xos va o’ziga mos tarbiyaviy urf-odatlari, an'analari, oilaviy tarbiya muhiti, milliy tarbiya metodlarini tanlash va qo’llanishida namoyon bo’ladi. O’zbek oilalarida bu xususiyat milliy urf-odat, rasm-rusumlar bilan ota-bobolarimiz amal qilib kelgan islom dini qadriyatlari, hadislar, xalq og’zaki ijodi namunalari uyg’unligida namoyon bo’ladi.Maktabgacha yoshdagi bolalarning ma'naviy-axloqiy tarbiya jarayoni, maqsad va vazifalari milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari bilan uyg’un bo’lishi maktabgacha ta'lim tashkiloti , oila, mahalla, ijtimoiy tarbiya omillari hamkorligining nazariy va amaliy ta'minotiga olib keladi. Bu esa, oilalarda milliy g’urur, vatanparvarlik, millatlararo muloqot madaniyati, diniy bag’rikenglik, milliy odob, sog’lom e'tiqod, mafkuraviy onglilik, fidokorlik fazilatlarini aniq mezonlar asosida bolalarni tarbiya etib boorish zarurligini ko’rsatadi.
Bolalarning ma'naviy-axloqiy tarbiya metodikasini takomillashtirishda hududiy,
mahalliy madaniy an'analar, folklor namunalari,ota-bobolarimiz amal qilgan islom dini tarbiyaviy an'analaridan foydalanish, ota-onalar shakllangan muhitning sotsiopedagogik retrospektiv tahlilidan foydalanish milliy tarbiyadagi izchillik, davomiylik, vorislik va hayotiylikni ta'minlaydi.Amaliyot jarayonida tarbiyachilarning faoliyatini bevosita va bilvosita kuzatish, ular o’rtasida amaliy treninglar, suhbat, bahs-munozara va davra suhbatlarini tashkil etish asosida ularning xalq og’zaki ijodi namunalaridan mashg’ulotlar, kundalik faoliyatda foydalanishlari,milliy axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida samarali,ijobiy mazmunga ega metodlardan,shakllardan foydalana olish ko’nikma va malakalariga egalik darajalarini aniqlashda quyidagi mezonlardan foydalanish mumkin (3.1-jadval):
|