Mushuk quyonga :
Yo’q-yo’q eshik ochmayman,
Sen bilan do’st bo’lmayman.
Kelsa kelar och bo’ri,
Yeb ketsa ketar seni.
Quyon bilan mushukning gapini eshitgan tipratikan mushuk uyiga yaqin kelib deydi:
Mehnat qilaman yozda
Dam olaman ayozda
Tikonim bor haqiqat,
Lekin ko’nglim yumshoqdir.
Bundan bo’lmayman diqat,
Do’st bilan vaqtim choqdir.
Kel mushuk do’st bo’lamiz,
Birga yashab ko’ramiz.
Mushuk sovuq ohangda :
Yo’q-yo’q also bo’lmaydi,
Seni tabim suymaydi,
To’ning chaqir tikanak,
Bo’lvolasan g’ujanak.
Men chiroli go’zalman,
Hammadanam o’zarman.
Bu suhbatni o’rmondagimushuk uychasi yonidan o’tib ketayotgan olmaxon eshitib qoladi va mushukka qarata :
Men olmaxon bo’laman
Ssakrab-sakrab yuraman
Daraxtga in quraman,
Doim sergak turaman.
Kel mushuk do’st bo’laylik
Birga davron suraylik.
Mushuk:
Yo’q olmaxon bo’ldi bas,
Toqat qilish osonmas.
Menga hech do’st kerakmas,
O’zim tincg yashasm bas.
Ayiqpolvon tulki yoniga borib mushuk bilan bo’lgan suhbatini aytib beradi.Tulki mushukning uyini topib keladi va mushukka:
Voy-voy-voy mushukvoy,
Bunchalar ham go’zalsan.
Yunging mayin chiroylik,
Hammadan ham o’zarsan.
Och eshikni kiraylik
Birga o’yin o’ynaylik.
Sening uying chiroyli,
Pasti bor-u to’ri yo’q,
Qishda uying isiydi,
Qara lekin mo’ri yo’q.
Lekin bitta muammo,
Yo’lbarsvoyning uyichi
Seni uyingdan chiroyli.
Yo’lbarsvoyning to’nichi
Seni to’ningdan chiroyli
Ox essiz
Mushuk tulkining so’zlarini eshitib sergak tortadi. Ayyor tuylkining Uychasi haqidagi so’zlarni eshitibbiroz sergak tortadi va tulkiga qarata:
Voy sen nima deyapsan
Raxmat g’amim yeyapsan.
Bu rostmi yoki yolg’on
Aniqlash kerak shu on. (mushuk uyidan chiqadi)
Men boray o’rmon tomon
Yo’lbarning uyi qayon
Tulkijon uyda qolib
Yo’limni poylab turgin
Eshikni qulflab olib
Sen doim sergak turgin
shunda Tulki:
Va-ha-ha-ha laqma mushuk
Battar bo’l xoling yomon
Taziringni olasan
Bo’ri kelar sen tomon.
Shu yerda:
Mushuk o’rmonga ketadi. Oldidan bo’ri chiqib qolib, mushukka tashlanadi. Mushuk uzun tirnoqlari bilan bo’rini tirnab oladi va uyi tomonga qochib keladi.
Mushuk:
Voy tulki eshikni och
Bo’ri kelar izimdan
Bo’laqolgin tulkijon
Bo’ri yer meni chindan
Tulki:
Yo’q-yo’q ocholmayman hech
Uyinga sen kuyasan
Shu bugundan mushukcha,
Pushaymonga to’lasan.
Mushuk yig’lab;
Voy dod yordam bering,
Tulki ochmas uyimni,
Birov bormi kelinglar
Bo’ri yeb ketar meni.
Buni kuzatib turgan Yo’lbars:
Yolg’iz emassan mushuk,
Senga yordam beramiz.
Eshigingni ochamiz,
Adolat o’rnatamiz.
Tulki;
Do’sti ko’paydi chunon
Qochmasam bo’lmas shu on.
|