Quyi daraja uchun o’lchov mezoni ko’rsatkichlari




Download 230,41 Kb.
bet45/48
Sana16.06.2021
Hajmi230,41 Kb.
#15083
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Quyi daraja uchun o’lchov mezoni ko’rsatkichlari:

1. Ertak qahramonlarining axloqiy sifatlarni ajrata olmaydi,bilmaydi.

2. O’rtoqlari xulqini baholay olmaydi, yaxshi-yomon deydi-yu, lekin nimasiligini ko’rsata olmaydi.

3. Axloqiy sifatlarning mohiyatini tushunmaydi.

4. Axloqiy talablarga doir odatlari shakllanmagan.

Ana shu darajalar orqali tajriba natijasini ifodaladik.

Dissertatsiyaning l.2.-faslda bayon qilgan maktabgacha katta (6-7)yoshdagi tarbiyalanuvchilarda shakllanishi lozim bo’lgan asosiy tayanch axloqiy fazilatlar sifatida «mehnatsevarlik», «insonparvarlik», «do’stlik», «mas'uliyatlilik»ni belgilab oldik.

O’z navbatida har bir tayanch fazilat uchun xos bo’lgan axloqiy sifatlarni aniqladik:

1) mehnatsevarlilik - ishtiyoqlilik, qiziquvchanlik, sabrlilik,irodalilik;

2) insonparvarlik - do’stlariga yordam berishga shaylik, kamtarlik, xushmuomalilik, odoblilik, saxiylik, beozorlik;

3) do’stlik - soflik, halollik,g’amxo’rlik, rostgo’ylik;

4) mas'uliyatlilik - tartiblilik, ozodalik, o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini nazorat qilish,va’dasini ustidan chiqish.

Biz tajriba-sinov ishlari jarayonida mana shu axloqiy sifatlarni o’sish va rivojlanish darajasini aniqlab bordik. Buning uchun tarbiyachilar hamda tarbiyalanuvchilarning o’z-o’ziga baho berish va bolalarning o’zaro bir-birlarining axloqiy sifatlarini baholash metodidan foydalanib, yil davomida ikki marotaba baholash shaklasidan foydalanishdi: unda mehnatsevarlilik (A), insonparvarlik (B), do’stlik (V), mas'uliyatlilik (G) kabi axloqiy fazilatlarni baholashda besh ball bilan ifodalash tavsiya etildi. Olingan natijalarni tahlil etishda matematik metoddan foydalandik.Bunga muvofiq har bir guruhning axloqiy sifatlarga olgan o’rtacha ballarini chiqarish uchun, har bir fazilatga bolalarning to’plagan umumiy bahosini tarbiyalanuvchilar soniga bo’lish natijasida guruhning shu sifatga to’plagan o’rtacha bahosi aniqlanib, rivojlanish darajasi belgiladik.

Tajriba avvalidagi va tajriba so’nggidagi sifatlarga bergan tarbiyalanuvchilarning ballarini matematik metod yordamida hisoblab, quyidagi javdallarda ifodaladik:




Download 230,41 Kb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Download 230,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quyi daraja uchun o’lchov mezoni ko’rsatkichlari

Download 230,41 Kb.