|
I-bob. Talabalar reyting ballarini to‘plash va gpa ballarini hisoblash avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqishning nazariy asoslari
|
bet | 1/7 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,95 Mb. | | #236297 |
Bog'liq Kurs ishi ONOROV 1
MUNDARIJA
Kirish 3
I-BOB.Talabalar reyting ballarini to‘plash va GPA ballarini hisoblash avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqishning nazariy asoslari. 7
1.1.Talabalar reyting ballarini to‘plash haqida ma ‘lumot. 7
1.2.GPA balni hisoblash qanday bajarilshi haqida. 10
II-BOB.Talabalar reyting ballarini to‘plash va GPA ballarini hisoblash avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqishning amaliy asoslari. 13
2.1. Dasturdagi form oynalar ishlashi. 13
2.2. Komponentalar ishlash prinsipi. 19
Xulosa 24
Foydalanilgan adabiyotlar. 25
Ilovalar 25
Kirish
Talabalar reyting ballarini to‘plash va GPA ballarini hisoblash avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish. Bu jarayonni sodda va samarali qilish uchun mo‘ljallangan dasturdir. Bu tizim talabalarning akademik baholarini qayta ishlash, saqlash va hisoblashda kompyuter algoritmlaridan foydalanamiz. Bu tizimni ishlab chiqish uchun quyidagi bosqichlar kerak bo‘ladi.
Ma'lumotlar olish: Ma'lumotlarni olish uchun talabalarning baholarini, dars jadvalini va boshqa muhim ma'lumotlarni kompyuter tizimi orqali olish mumkin. Bu ma'lumotlar elektronik shaklda olishi mumkin, masalan, talabalarning onlayn ma'lumotlari to‘plangan hemis saytiga o‘xshash.
Ma'lumotlar tahlili: Olingan ma'lumotlar tahlil qilinadi va ma'lumotlar bazasiga joylashtiramiz. Bu jarayonda har bir talabaning dars baholari, o‘qishi yoki seminarlarga qatnashishi, amaliyot ishlari va boshqa ma'lumotlar kiritamiz.
Reyting ballarini hisoblash: Bunda talabalarning joriy, orali va yakuniy ballarihisoblanadi. Talabalarning jami baholarini hisoblash uchun turli xil algoritmlar va formulalardan foydalanamiz.
GPA hisoblash: Talabalar uchun jami GPA ( O‘rtacha ball ) hisoblaymiz. Bu jarayonni jami reyting ballarining o‘rtacha qiymatini hisoblashda. yagona bir formuladan foydalanib amalga oshiramiz.
Tizimini ishga tushirish: Keyingi bosqichda bu dasturni amaliyotga olamiz va o‘quv jarayonida ishlatishni boshlaymiz. Bu jarayonda, dastur ma'lumotlarni olish, hisoblash va ma'lumotni ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni o‘z ichiga oladi.
Testlash va to‘g‘rilash: Dasturni test qilish va uni to‘g‘rilash jarayonida, dasturda aniqlangan xatoliklar va noqulayliklar tuzatamiz. Test natijalari va foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan qo‘llanma va yo‘riqnoma yaratamiz.
Natijada, biz tuzgan dastur talabalarning o‘rtacha ballarini avtomatik ravishda to‘plash va hisoblashda sodda va samarali yechimni taklif etadi, bu esa o‘qish jarayonini muvaffaqiyatli va effektiv qiladi. Bu tizim ishga tushgandan so‘ng talabalar o‘z olgan ballari hamda shu fandan berilgan kreditini kiritib oson usulda GPA yani o‘rtacha bahosin hisoblashi hamda kursdan kursga o‘ta olish yoki o‘ta olmasligini bilib oladi. Bu dasturdagi ma’lumotlar orqali o‘qituvchilar talabalarning baholarini ko‘rib chiqib eng yaxshi o‘qiydigan hamda iqtidorli talabalarni ajratib olishi yoki o‘qishi sust bo‘lgan talabalarni bilib ularga yaxshi o‘qishini tushuntirishi mumkin bo‘ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
I-bob. Talabalar reyting ballarini to‘plash va gpa ballarini hisoblash avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqishning nazariy asoslari
|