I-BOB.Talabalar reyting ballarini to‘plash va GPA ballarini hisoblash avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqishning nazariy asoslari




Download 1,95 Mb.
bet3/7
Sana15.05.2024
Hajmi1,95 Mb.
#236297
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi ONOROV 1

I-BOB.Talabalar reyting ballarini to‘plash va GPA ballarini hisoblash avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqishning nazariy asoslari.

1.1.Talabalar reyting ballarini to‘plash haqida ma ‘lumot.


Talabalar reyting ballarini to‘plash va GPA ballarini hisoblash avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish hozirda juda muhim hisoblanadi.Bunda biz reyting ballarni jamlashimiz va talabalar GPA ballarini hisoblashimiz zarur.
Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) talabalarda Davlat ta ‘lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
b) talabalar bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta ‘lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta ‘minlash;
v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o‘zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
g) talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma ‘lum qilish;
e) talabalarning fanlar bo‘yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta ‘minlash;
j) o‘quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish.
Fanlar bo‘yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma ‘lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e ‘lon qilinadi.
Talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta ‘lim standartlariga muvofiqligini ta ‘minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi:
Joriy nazorat — talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarida og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin;’
Oraliq nazorat — semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir semestrda ikki martadan ko‘p o‘tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og‘zaki, test va hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
Yakuniy nazorat — semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” yoki "Test" shaklida o‘tkaziladi. Talabalarning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.Har bir fan bo‘yicha talabaning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi.
Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi.yakuniy nazoratga — 50 ball, joriy va oraliq nazoratlarga — 50 ball (fanning
xususiyatidan kelib chiqqan holda 50 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).
Bizning universitetimizda reyting ballari nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

  • Joriy nazoratga — 30 ball;

  • Oraliq nazoratga — 20 ball;

  • Yakuniy nazoratga — 50 ball.

Talabaning kurs ishi (loyihasi, hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi — 100 ballik tizimda baholanadi.
Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha to‘plangan ballari ushbu nazorat turlari umumiy ballining 60 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plangan ballari yig‘indisi 60 balldan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi. Akademik qarzdor bo‘lgan talabalar qarzdorlik pullarimi to‘lab qayta o‘qishlari hamda baholarini to‘plab qaytadan joriy,oraliq va yakuniy ballarini to‘blab o‘qishni davom ettirishi mumkin.
Biz bu reyting ballarini olgach o‘zimizning GPA ya ‘ni o‘rtacha bahomizni hisoblay olamiz. Bizning GPA balimiz 2,6 dan kam bo‘lsa biz kursdan kursga o‘ta olmaymiz. Biz qaysidur fanlardan yiqilib GPA balimiz yetmasa o‘sha fanlarni qaytadan o‘qib GPA balimizni yetkazib keyin kursdan kurga o‘tishimiz mumkin. Agar to‘play olmasak kelasi yili shu kurda yana o‘qishimiz kerak bo‘ladi.

Download 1,95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1,95 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-BOB.Talabalar reyting ballarini to‘plash va GPA ballarini hisoblash avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqishning nazariy asoslari

Download 1,95 Mb.