|
I-bob. Talabalar reyting ballarini to‘plash va gpa ballarini hisoblash avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqishning nazariy asoslari
|
bet | 2/7 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,95 Mb. | | #236297 |
Bog'liq Kurs ishi ONOROV 1Kurs ishining dolzarbligi.
Talabalar reyting ballarini to‘plash va GPA ballarini hisoblash avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish mavzusi o‘quv jarayonida muhim hisoblanadi. Bu tizim talabalarning o‘rtacha baholarini oson va tez hisoblashda yordam beradi. Mavjud bo‘lgan tizimlar umumiy talabalarning ballarini va yig‘ilgan kreditlarini hisoblashning yanada oddiy va tezkor usullarini taklif etadi. Tizimga talabaning joriy, oraliq va yakuniy ballari va yig ‘ilgan kreditlarini kiritish orqali avtomatik ravishda talabaning GPA (Jami o‘rtacha bahosi) ballari hisoblanadi. Bu tizim universitetlarda, kollejlarda va oliy o‘quv yurtlarida talabalarning akademik natijalarini jarayon davomida nazorat qilishda va o‘quvchi darajasini hisoblashda qulaylik yaratadi. Mavjud bo‘lgan tizimlar talabalar va o‘qituvchilar uchun vaqti va energiyani tejashni oshiradi va talabalarga ularning akademik natijalarini yanada yaxshilash imkonini beradi. Bu xususiyatlari bilan, talabalar GPA ballarini hisoblash avtomatlashtirilgan axborot tizimlari o‘quv jarayonidagi samarali va qulay yondashishdagi muhim vositalardan biri sifatida e ‘tibor bilan olingan. Gpa bu ta’lim jarayonining kredit baholash tizimida o‘qiydigan talabalar uchun tegishli hisoblanadi. Talabalarning reyting ballarini hisoblash va ularning GPA yani o‘rtacha balini hisoblash talabarning qanday o‘qiyotgani haqida ham ma ‘lumot beradi. Reyting ballarni hisoblashda talaba qaysi fandan yaxshi baho olayotgani qaysi fanda yomon baho olayotganini qaysi yo‘nalishda iqtidorli ekanini bilishda yordam beradi. Bu ma’lumotlarni o‘qituvchilar jamlab qaysi talaba qaysi fanga qiziqishi haqida bilib olishi mumkin. GPA ballarni hisoblash talabalar ichida eng yaxshi iqtidorli talabalarni ajratib olishda o‘qituvchilarga katta yordam beradi.
Kurs ishining maqsad va vazifasi
Talabalar reyting ballarini to‘plash va GPA ballarini hisoblash avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqishning maqsadi va vazifalari quyidagilardir:
Maqsad: Talabalar reyting ballarini to‘plash talabalarning joriy hamda oraliq ballarini jamlab GPA balini hisoblashBu tizimning asosiy maqsadi talabalar va o‘qituvchilar uchun GPA ballarini avtomatik ravishda hisoblash va nazorat qilish imkonini yaratishdir. Bu, talabalarning akademik natijalarini samarali va tez bir shaklda qiymatlashni ta’minlayadi hamda talabalarning kursdan kursga o‘tish o‘tmasligini bildiradi. Men ishlab chiqayotgan dastur orqali hamma talabalar ham o‘qituvchilar ham o‘ziga kerakli GPA balini osongina hisoblab olishi mumkin.Bunda talabalar o‘z baholarini hamda o‘sha fanning kreditini yozadi va dastur buni ishlab beradi. Bu dasturni ishlab chiqishdan maqsad bu dasturni takomillashtirib ishlatishdir. Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
Vazifalar: Talabalar GPA balini avtomatik hisoblash: Men talabalarning GPA yani o‘rtacha bahosini avtomatik hisoblaydigan dastur yaratishni vazifa qilib belgilab oldim va uni amalga oshirdim. Bunda talabalar o‘zlarining fanlardan olgan bahosini va shu fanning kretditini kiritadi va dastur talabaning GPA balini hisoblab beradi. Bu juda osson va qulay.
Amerika Qo‘shma Shtatlari talabalari o‘rtacha balini hisoblash: Men bu davlat talabalarining GPA yani o‘rtacha bahosini avtomatik hisoblaydigan dastur yaratishni vazifa qilib belgilab oldim va uni amalga oshirdim. Bunda talabalar baholari AQSh standartlariga muvofiq bo‘ladi. AQSh da talabalar GPA bali 4 ballgacha belgilanadi va har bir ball harflar bilan ham belgilanadi. Men bu belgilashlarni o‘rganib chiqdim va ularning o‘rtacha ballarin hisoblaydigan dastur ishlab chiqdim.
Ma’lumotlar bazaga tushishi: Men bu to‘plangan ballarni bazaga tushishini ta’minlashni vazifa qilib belgilab oldim. Talabaning ism, familiyasi va GPA bali men yaratgan SQL bazaga tushadigan qilib dastur yaratdim.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
I-bob. Talabalar reyting ballarini to‘plash va gpa ballarini hisoblash avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqishning nazariy asoslari
|