II-BOB.Talabalar reyting ballarini to‘plash va GPA ballarini hisoblash avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqishning amaliy asoslari




Download 1,95 Mb.
bet5/7
Sana15.05.2024
Hajmi1,95 Mb.
#236297
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi ONOROV 1

II-BOB.Talabalar reyting ballarini to‘plash va GPA ballarini hisoblash avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqishning amaliy asoslari.

2.1. Dasturdagi form oynalar ishlashi.



2.1.1-rasm. Tizimga kirish oynasi.
Bu kirish form oynasi bo‘lib unda talaba, ota ona va o‘qituvchi tugmalari mavjud. Foydalanuvchi shu uchalasidan qaysi biri bo‘lsa shu o‘rinda kirib ishlatishi mumkin. Men bunda ota ona foydalanuvchisini qo‘shganimdan maqsad ota onalar o‘z farzandlarining reyting ballarini ko‘rishi hamda uning GPA yani o‘rtacha balini ham ko‘rishi mumkin. Bu orqali ota onalar farzandlarining o‘qishini nazorat qilib turishlari mumkin bo‘ladi. O‘qituvchi oynasi orqali kirilganda talabalarning reyting va GPA yani o‘rtacha balini qo‘yib bazaga saqlashi mumkin bo‘ladi. Bazaga saqlangan ma'lumotlarni talabalar va ota onalar ko‘rib borishlari mumkin bo‘ladi.



2.1.2-rasm. Reyting ballarni ko‘rish.
Bu form oynada talabalar o‘zlarining fanlardan olgan reyting ballarini ko‘rib chiqishi va shu ballar orqali o‘zing GPA balini hisoblab olishi mumkin. Bu form oynaga ota onalar ham kirishlari hamda farzandlarining fanlardan olayotgan reyting ballarini kuzatib borishlari va fanlarni qay darajada o‘zlashtirayotganini bilib turishlari mumkin bo‘ladi. Buni natijasida talabalarni o‘qish saviyasi ozroq bo‘lsad kuchayadi. Chunki ota ona ko‘rib fanlardan yaxshi o‘qishligi haqida tanbeh berib turishligi mumkin bo‘ladi. Talabalarning reyting ballariga qarab talabaning qaysi fanlardan yaxshi o‘qishi va qobiliyati borligini ham bilib olishlari mumkin bo‘ladi.


2.1.3-rasm. O‘qituvchi kirish oynasi.
Bu birinchi kirishda o‘qituvchi tugmasi bosilganda kiruvchi form oyasi hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi o‘z login hamda paroli orqali tizimga kiradi. O‘qituvchi sifatida tizimga kirilganda talabalarning reyting va GPA ballarini avtomatik hisoblab bazaga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘qituvchi talabalarning reyting ballarini jamlab bazaga qo‘shadi. Uni tlabalar hamda ota onalar ko‘rib borishadi. O‘qituvchi oynasi orqali kirishda foydalanuvchidan login hamda parol talab qilinadi. Boshqa talabalar va ota onalar uchun esa login hamda parol so‘ralmaydi. Talaba hamda ota onalar reyting va GPA ballarni ko‘rishlari va o‘zlari ham hisoblashlari mumkin bo‘ladi.


2.1.4-rasm. GPA balni hisoblash oynasi.
Bu GPA ballni hisoblash oynasi bo‘lib unda o‘qituvchilar, talabalar va ota onalar GPA ballarni hisoblashlari mumkin bo‘ladi.Bunda birinchi shu fandan olingan baho hamda shu fandan belgilangan kredit miqdorlari textboxlarga kiritiladi va GPA hisoblash tugmasi bosiladi. Tizim buni ishlab GPA ball nomli labelda talabaning GPA bali kelib chiqadi.Talabalar bu fandan joriy, oraliq va yakuniy javoblari ballarini reyting ballar bazasiga o‘tish orqali bilib olishlar hamda bu oynadagi ballarni baho ko‘rinishiga o‘tkazib hisoblashlari mavjud bo‘ladi.


2.1.5-rasm. AQSh davlatiga xos o‘rta balni hisoblash.
Bu oynada talabalarning o‘rtacha ballarini AQSh standatlari asosida hisoblash mumkin bo‘ladi. AQSh da talabalr baholari harflar orqali ifodalanadi. Masalan 97-100 oralig‘i A+, 92-96 oralig‘i A shu kabi belgilanadi. Bu oynada men misol tariqasida uchta fanni keltirib o‘tganman. Bunda textBox1 ga ism, familiya kiritiladi. Keyingilariga fanlardan olingan ballar kiritiladi. Keyin calculate tugmasi bosilganda talaba shu 3 ta fandan jami nechi bal olganligi, o‘rtacha nechi bal olganligi va u qaysi harfga to‘g‘ri kelishi ham chiqib keladi.


2.1.6-rasm. Reyting ballarni ko‘rish.
Bu o‘qituvchilar reyting ballarni kiritganini ko‘rish uchun form oynasi. Bu oynada talabalarni reyting joriy, oraliq va yakuniy ballari qo‘shilib bazaga tushadi. Keyin o‘qituvchi bu bazaga tushgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi.
Bu orqali qaysi talaba yaxshi o‘qiyotgani va iqtidorli talabalarni ajratib olishi oson bo‘ladi.

2.1.7-rasm. Talabalarning reyting ballari hisoblash va bazaga tushishi
Bundan tashqari yana bir form oynasi yaratilgan bo‘lib bu oynada o‘qituvchi talabaning joriy, oraliq hamda yakuniy ballarini kiritadi. Kiritilgan ballar yig‘ilib bir textbox ga chiqariladi. Chiqariladigan ballar avtomatik baza borib tushadi. Bu tushgan ballarni talabalar, ota onalar reyting ballarni ko‘rish oynasi orqali ko‘rib borishlari mumkin bo‘ladi. Bu bazaga tushgan ballarni ko‘rgan talabalar o‘z GPA ballarini hisoblab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Bunda ballarni textbox larga kiritiladi. Dastur buni o‘zi ishlab chiqgan javobni textboxlarda chiqarib beradi va hisoblash tugmasi bosilganda hisoblab chiqaradi. Saqlash tugmasi bosilganda esa bu ma’lumotlar bazaga borib tushadi.

Download 1,95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1,95 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-BOB.Talabalar reyting ballarini to‘plash va GPA ballarini hisoblash avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqishning amaliy asoslari

Download 1,95 Mb.