|
GPA balni hisoblash qanday bajarilshi haqida
|
bet | 4/7 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,95 Mb. | | #236297 |
Bog'liq Kurs ishi ONOROV 1 1.2.GPA balni hisoblash qanday bajarilshi haqida.
GPA nima?
Bakalavr yoki magistratura talabalari, shuningdek, maktab o‘quvchilarining darslarni qay darajada o‘zlashtirayotganligini ko‘rsatib turuvchi o‘rtacha baholar ko‘rsatkichi bu GPA deb ataladi. Demak, GPA bu qandaydir imtihon yoki test emas.
GPA - Grade Point Average ma'nosi "o‘rtacha ball ko‘rsatkichi" bo‘lib, 1-4 shkalada diplom yoki attestat (shahodatnoma)dagi baholarning o‘rtachasiga qarab talabaning darslarni qay darajada o‘zlashtirilganini aks ettiradi. Bu o‘rtacha baho ko‘rsatkichi, ya'ni GPA odatda universitetga qabul qilinishda sizning universitet standartlariga javob berishingiz yoki bermasligingizni aniqlab beradi. Shuningdek, xorij universitetlariga bakalavr yoki magistr darajasiga o‘qishga kirganingizda, sizning GPA balingizga e'tibor berilishi kerak bo‘lgan eng muhim narsalardan biridir. Bu sizning talaba sifatida qanday bilimga egaligingizni ko‘rsatishi bilan bir qatorda, universitetdan grant yutish yoki moliyaviy yordam olishingizda ham muhim ro‘l o‘ynaydi.
Bizning baholash tizimimizda GPA qanday hisoblanadi?
GPA (Grade Point Average) — ta ‘lim oluvchining dastur bo‘yicha o‘zlashtirgan ballari o‘rtacha qiymati bo‘lib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
GPA =
|
K1*U1+K2*U2+K3*U3…+Kn*Un
|
,
|
|
K1+K2+K3…+Kn
|
Bunda:
K — har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori;
U — har bir fan/modul bo‘yicha talaba to‘plagan baho;
K-har bir fanning o‘ziga ajratilgan kredit miqdori bo‘ladi,agar talaba bu fandan yiqilsa shu kredit hisobida akademik qarzdor hisoblanadi.
U-har bir fandan to‘plagan bahosi hisoblanadi.
Men yaratgan dasturimda ham shu formuladan foydalanib GPA ballarini hisoblash algoritmidan foydalanganman. Bu bilan keying bobda sizlarni tanishtirib o‘taman. Masalan:
90-100 bal oralig ‘i 5 baho;
70-89 bal oralig ‘i 4 baho;
60-69 bal oralig ‘i 3 baho;
AQSh standartlarida baholar harflar orqali ifodalanadi. Masalan: A+, A, A-, B+, B, B- shu kabi ko‘rinishda bo‘ladi. AQSh standartalari quyidagicha:
Baho A+; GPA 4.0; Foiz 97-100;
Baho A; GPA 4.0; Foiz 93-96;
Baho A-; GPA 3.7; Foiz 90-92;
Baho B+; GPA 3.3; Foiz 87-89;
Baho B; GPA 3.0; Foiz 83-86;
Baho B-; GPA 2.7; Foiz 80-82;
Baho C+; GPA 2.3; Foiz 77-79;
Baho C; GPA 2.0; Foiz 73-76;
Baho C-; GPA 1.7; Foiz 70-72;
Baho D+; GPA 1.3; Foiz 67-69;
Baho D; GPA 1.0; Foiz 65-66;
Baho F; GPA 0.0; Foiz 0-64;
AQSh da talabalar shu tartibda baholanadi. Men yaratgan dasturda AQSh ning ham o‘rtacha ballarini hisoblash dasturi bor u bilan sizlarni keyingi bobda tanishtirib o‘taman.
Biz AQSh baholash tizmida o‘zimizning GPA balimizni bilmoqchi bo‘lsak bunday qadamlarni amalga oshirishimiz kerak bo‘ladi.
1-qadam. Baholaringizni amerikacha tizimga o‘tkazing. Bunda:
5 baho=A= 4,0,
4 baho =B= 3,0,
3 baho =C=2,0,
2 baho =D= 1,0.
Agar baholaringiz ballik tizimda bo‘lsa:
86-100 ball = a'lo = 4,0
71-85 ball = yaxshi = 3,0
56-70 ball = qoniqarli = 2,0
0-55 ball=qoniqarsiz=1,0
2-qadam. Amerikacha tizimga o‘tgan (1-4) ballaringizning har birini o‘sha fan o‘tilgan jami soatlarga ko‘paytiring va hamma natijalarni qo‘shib, umumiy yig'indini toping. Masalan:
4*102 (Falsafa)+ 3*189 (tarix)+ 3*151(Ona tili) +2*200 (Matematika) = 1 828
3-qadam. Barcha fanlar uchun umumiy soatlar sonini hisoblang, masalan:
102 +189 + 151 + 200 = 642
4-qadam. Soatlar va baholar ko‘paytmalari yig'indisi (1828)ni jami soatlar soni (642)ga bo‘ling:
1828 ÷ 642 = 2,84
Xulosa: to‘rtta fan bo‘yicha GPA - 2,84.
|
| |