Faoliyat jarayonida sodir bo’ladigan avariyalar




Download 52.15 Kb.
bet2/12
Sana09.03.2023
Hajmi52.15 Kb.
#44654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
4-Ma\'ruza Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari Xavfsiz faoliyatni tashkil qilishda xodimlar bilimini tekshirish va o’qitish
A book, tleumuratov jumamurot, 15-амалий Райхон, M4-Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining rivojlanish tizimi, M2-Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining (1), M1-Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining umumiy masalalari, Yadroviy nurlanishlarning moddalar bilan o\'zaro ta\'siri, Лек-1 (3), Gamma nurlanishlar va neytronlarning modda bilan o‘zaro ta’siri, izerp 211 2136, ochiq dars1797, 1708335552, Makro - e2bec, силабус2 (2)
Faoliyat jarayonida sodir bo’ladigan avariyalar
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida ishchi va xizmatchilarning mehnatiga alohida e’tibor qaratilgan. Qonunchilik mehnat haftasining davomiyligini 40 soat qilib belgilagan. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning davomiyligi 7 soatdan, besh kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi lozim. 15-16 yoshdagi bolalarning mehnat haftasi esa 24 soatga va 16-18 yoshdagi o’smirlar mehnat haftasining davomiyligi 36 soat qilib belgilangan. Agar ish zararli mehnat sharoitida amalga oshirilsa u holda ishchi hafta davomiyligi 36 soatgacha qisqaradi. Mehnat sharoiti o’ta zararli va o’ta og’ir ishlarda band bo’lgan xodimlar uchun ish vaqtining muddati chegarasi O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilanadi. Bayram oldi ish kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi. Agar xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga to’g’ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi. Soat 22.00 dan to 6.00 gacha bo’lgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi (122-modda).
Har kuni normal ish vaqtining davomiyligiga rioya qilinish imkoniyati bo’lmagan ishlarda qonunchilik ma’muriyatga kasaba qo’mita bilan kelishilgan holatda umumlashtirilgan ish vaqtini joriy etishga ruxsat beradi. Shu bilan birga bunda bir smenadagi ish vaqtining davomiyligi 12 soatdan va ish vaqtining haftadagi o’rtacha davomiyligi 40 soatdan oshmasligi kerak. Yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo’riqish, asab tangligi bilan bog’liq, ya’ni alohida tusga ega bo’lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga o’ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.
Ish vaqtidan tashqari olib boriladigan ishlar kasaba uyushmasi qo’mitasining ruxsati bilan bajariladi.
Mehnat qonunchiligi bo’yicha bir yillik ortiqcha ish vaqti har bir xodim uchun 120 soatdan va ketma-ket ikki kunlik ish kunida ortiqcha ish vaqti 4 soatdan oshmasligi kerak. Ish vaqtidan tashqari bajariladigan ishlar uchun haq to’lash Mehnat kodeksining 157-moddasiga asosan to’lanadi. Qonunchilik 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar, yosh bola boqayotgan va homilador ayollarga ortiqcha ish vaqtida ishlashga ruxsat bermaydi. Homilador ayolning o’n to’rt yoshga to’lmagan bolasi (o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi) bor ayolning shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob a’zosini parvarish qilish bilan band bo’lgan shaxsning iltimosiga ko’ra ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga to’liqsiz ish kuni yoki to’liqsiz ish haftasi belgilashga burchlidir.
Normadan ortiqcha ishlar mamlakat mudofaasi, baxtsizlikning oldini olish, avariyani yoki ularning oqibatlarini tugatish uchun yoki jamoat va davlat boyliklarining ishdan chiqishiga olib keladigan suv, gaz, issiqlik, yorug’lik, kanalizatsiya va shunga o’xshashlarda va yuklarni tushirish yoki ortish tez amalga oshirilishi kerak bo’lgan holatlarda bajariladi. I va II guruh nogironlariga mehnatga haq to’lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga o’ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi. Ushbu guruh nogironlariga 30 kalendar kundan kam bo’lmagan muddat bilan yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi. Nogironlarni tungi vaqtdagi ishlarga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalbga qilish faqat ularning rozligi bilan yo’l qo’yiladi. Bu holda ham bajariladigan ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo’lishi kerak.

Download 52.15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 52.15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Faoliyat jarayonida sodir bo’ladigan avariyalar

Download 52.15 Kb.