• Ishchilar bilan yo’riqnoma o’tkazish.
  • Xavfsiz faoliyatni tashkil qilishda xodimlar bilimini tekshirish va o’qitish reja




    Download 52.15 Kb.
    bet7/12
    Sana09.03.2023
    Hajmi52.15 Kb.
    #44654
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    4-Ma\'ruza Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari Xavfsiz faoliyatni tashkil qilishda xodimlar bilimini tekshirish va o’qitish
    A book, tleumuratov jumamurot, 15-амалий Райхон, M4-Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining rivojlanish tizimi, M2-Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining (1), M1-Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining umumiy masalalari, Yadroviy nurlanishlarning moddalar bilan o\'zaro ta\'siri, Лек-1 (3), Gamma nurlanishlar va neytronlarning modda bilan o‘zaro ta’siri, izerp 211 2136, ochiq dars1797, 1708335552, Makro - e2bec, силабус2 (2)
    (F.I.SH., imzo)
    4.3. Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga o’qitish va qayta tayyorlash tizimi

    Korxonaga ishga kirayotgan har bir xodimga xavfli ish usullari bo’yicha yo’riqnoma, maxsus malaka olgandan va bilimi tekshirilgandan keyin mustaqil ishlashga ro’xsat beriladi. Bug’ va issiqlik qozonlari, yuk ko’tarish kranlari, bosim ostida ishlovchi idishlar, elektr uskunalari, maxsus uskunalar kabi xavfli ishlarda ishlovchilarga maxsus o’quv kurslarini bitirganlari xaqida hujjatlari bo’lsagina ishlashga ruxsat beriladi. Xodimlarni xavfsiz ish usullariga o’qitish va ularni to’g’ri tashkil qilish bo’yicha umumiy rahbarlik hamda javobgarlik korxona rahbarlariga va boshqaruv tashkilotlariga yuklanadi. Sexlarda, bo’limlarda ishchilarni va ustalarni xavfsiz ish usullariga o’rgatish shu tsex hamda bo’lim rahbarlariga, shuningdek, o’z vaqtida va sifatli o’qitishni nazorat qilish esa mehnat muhofazasi bo’limlari zimmasiga yuklatiladi.


    Ishchilar bilan yo’riqnoma o’tkazish. Yo’riqnomalar ikki xil bo’ladi: kirish va ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnoma. O’z navbatida ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnoma 3 xil bo’ladi: dastlabki, davriy va navbatdan tashqari.
    Kirish yo’riqnomasi. Barcha ishga yangi kiruvchilar, boshqa korxonalardan xizmat safariga jo’natilganlar (ish malakasi va stajidan qat’iy nazar) amaliyot o’tayotganlar va shogirdlar kirish yo’riqnomasini o’tadilar. Uni korxonaning mehnat muhofazasi bo’yicha mas’ul xodimi yoki shu vazifa yuklatilgan boshqa rahbar xodim o’tkazadi. Agar ishga qabul qilish bevosita tsexlarda amalga oshirilsa, kirish yo’riqnomasini shu tsexning boshlig’i o’tkazishi kerak.
    Shikastlanganlarga dastlabki yordam ko’rsatish, yong’in xavfsizligi va boshqa maxsus masalalar bo’yicha yo’riqnomalarni tegishli mutaxassislar olib boradilar.
    Kirish yo’riqnomasi maxsus adabiyot, ko’rgazmali qurollar bilan jihozlangan mehnat muhofazasi xonasida, zamonaviy texnik vositalardan foydalangan holda o’tkaziladi. Kirish yo’riqnomasi guruh bilan va yakka tartibda o’tkazilishi mumkin. Guruh bilan o’tkazilganda eshituvchilar soni 10 kishidan oshmasligi kerak.
    Kirish yo’riqnomasi o’tkazilganligi haqida maxsus jurnalga va ishchi qo’liga topshiriladigan ishga kirish varaqasiga yozib qo’yiladi.

    Download 52.15 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 52.15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xavfsiz faoliyatni tashkil qilishda xodimlar bilimini tekshirish va o’qitish reja

    Download 52.15 Kb.