• 2. Xavfsizlik tushunchasi va iqtisodiy xavflar tahlili
  • Xavfsizlikni tizimli tahlili va tahlil qilish uslublari




    Download 27,48 Kb.
    bet2/6
    Sana15.01.2024
    Hajmi27,48 Kb.
    #138153
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    XAVFSIZLIKNI TIZIMLI TAHLIL QILISH VA LOYIHALASH
    1-kurs Y.N baza Matem, Bоzоr iqtisоdi shаrоitidа rеjаlаshtirishning metodologiya аsоslаri. Rеjаlаshtirish usullаri vа bоsqichlаri, КАМОЛОТ, Aholi va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish muhandislik texnik tadbirlari, korxona, 2029-Текст статьи-4816-1-10-20210611, 2029-Текст статьи-4816-1-10-20210611, 20-22, Sanoat robotning kinematikasi, TAVAKKAL NAZARIYASI MOHIYATI VA QOIDALARI, 02, Barqaror iqtisodiy rivojlanish ta, VEKTOR MAYDON, VEKTOR CHIZIQLAR, VEKTOR NAYCHALAR. ORIENTIRLGAN VA ORIENTIRLMAGAN SIRTLAR. VEKTOR MAYDONNING SIRT BO\'YICHA OQIMI, UNING XOSSALARI, FIZIK MA\'NOSI2.
    Xavfsizlikni tizimli tahlili va tahlil qilish uslublari
    Tizimli tahlil - murakkab muammolar bo‘yicha qarorlarni tayyorlash va asoslashda ishlatiladigan metodologik vositalar yig‘indisidir, shu jumladan xavfsizlikda ham.
    Tizim so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, “butun, qismlar va birikmalardan tuzilgan” demakdir. Tizimning tashkil qiluvchilari (elementlari, qismlari) deganda nafaqat moddiy ob’ektlar tushunilmasdan, yana ular orasidagi o‘zaro munosabatlar va bog‘lanishlarni ham anglash kerak. Texnik holati jihatidan soz bo‘lgan har qanday mashina texnik tizimga misol bo‘la oladi. Tizim elementlaridan bittasini inson tashkil qilsa - argatik tizim deyiladi. Argatik tizimga misollar:“inson-mashina”, “inson-mashina-muhit” va hokazo. Umuman olganda har qanday predmetni (jismni) tizimli topish shakliga ega deb tasavvur qilish mumkin.
    Tizimlilik prinsipi hodisalarga bir butun to‘plam yoki kompleks deb qarab, ularni o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganadi. Tizim yuzaga keltiruvchi maqsad yoki natija tizimni hosil qiluvchi elementlar deb ataladi. Masalan, tizimli hodisa bo‘lgan yonish (yong‘in) quyidagi asosiy uchta shart (element) bo‘lgandagina yuzaga keladi: yonuvchi modda, oksidlovchi (kislorod) va yondiruvchi manba. Tashkil qiluvchilarning xohlagan bittasini yo‘qotib bu tizimni buzishimiz mumkin.
    Tizim, uni tashkil qiluvchi elementlarida yo‘q bo‘lgan sifat belgisiga egabo’lishi mumkin. Tizimning juda muhim bu xususiyati emerdjentlik deb ataladi. Bu xususiyat, aslini olganda, umuman tahlil qilishning, shu jumladan, xavfsizlik muammolarining ham asosida yotadi.


    2. Xavfsizlik tushunchasi va iqtisodiy xavflar tahlili
    Boshqa xavflar kabi iqtisodiy xavflar ham jamiyatga moddiy ziyon yetkazuvchi omillar hisoblanib, ular natijasida insonlar qashshoqlashuvi, davlat katta talofat ko‘rishi mumkin. Deyarli barcha xavf turlari bevosita iqtisodiy xavflarni ham olib kelishi mumkin. Masalan, bir korxonada antropogen xavf, ishchilar e’tiborsizligi tufayli yong‘in paydo bo‘ldi deylik, natijada, ish ob’ektlari yaroqsiz holga kelishi, korxona katta zarar ko‘rishi mumkin. Bu esa korxonada iqtisodiy xavfni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
    Iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizlik
    Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi, uning moddiy asosi bo‘lib hisoblanadi. “Iqtisodiy xavfsizlik”– bu davlat iqtisodiy tizimiga ta’sir qiluvchi va uning eng kam chiqim bilan, bosqichma-bosqich barqaror rivojlanishi, shu asosida jamiyatning potensial imkoniyatlarini har tomonlama amalga oshirish uchun, milliy manfaatlar eng ko‘p ifodalanishiga imkon beruvchi (ichki va tashqi) shart va omillar yig‘indisi, shuningdek, davlatning turli xil xavflar va yo‘qotishlarga qarshi turish qobiliyatidir.
    Iqtisodiy xavfsizlik sub’ektlari funksional va tarmoq vazirliklari hamda idoralari, soliq, bojxona xizmatlari, bank, birjalar, sug‘urta kompaniyalari, qonun chiqaruvchi organlarning tegishli qo‘mita va komissiyalari, ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar, ish va xizmatlar ko‘rsatuvchilar, iste’molchilar jamiyatlaridan iborat:
    O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mamlakatning har sohasida yuksalishini asosiy shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.Iqtisodiy xavfsizlik davlat xavfsizligi tizimidagi muhim yo‘nalish bo‘lib, mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ekologik halokatlardan himoya qilish kabi yo‘nalishlar bilan bir qatorda turadi.



    Download 27,48 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 27,48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xavfsizlikni tizimli tahlili va tahlil qilish uslublari

    Download 27,48 Kb.