|
Innovatsiya (innovatsion faoliyat)
|
bet | 26/36 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 251,44 Kb. | | #102040 |
Bog'liq 95284-1Innovatsiya (innovatsion faoliyat) – pirovard natijasi mahsulot, xizmat, ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish shakli, texnologiyalarning yangi turlarini yaratish yoki mavjudlarini takomillashtirishdan iborat bo‘lgan faoliyat. Uinnovatsiyalarni yaratish, o‘zlashtirish va keng joriy etish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Innovatsiya jarayoni ishlab chiqarish va mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlash, bozorlarda o‘z mavqeiga ega bo‘lish va uni ushlab qolish, unumdorlikni, pirovardida ham korxona, ham yaxlit iqtisodiyot samaradorligini oshirishning asosiy va majburiy sharti hisoblanadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bugungi kunda ilmiy adabiyotlarda innovatsiyaning mazmuniga turlicha yondashuvlar mavjud.
“Hozirgi vaqtda ikki xil nuqtai-nazar keng tarqalgan: birinchisida joriy etiladigan yangilikka yangi mahsulot, texnika, texnologiya, uslub va hokazolar ko‘rinishidagi ijodiy jarayon natijasi sifatida qaralsa; ikkinchisida yangi unsurlar, ne’matlar, yondashuvlar, prinsiplarni harakatdagilari bilan birga joriy etilishi sifatida qaraladi. Jahon iqtisodiy adabiyotida “inovatsiya” salohiyati ilmiy-texnik taraqqiyotning yangi mahsulotlar va texnologiyalarda ifoda etiladigan real jarayonga aylanishi deb talqin etiladi.
Bizning fikrimizcha, yuqorida tilga olingan barcha yondashuvlarda mazkur kategoriyaning bir tomonlama yoritilishi amalga oshirilgan. “Innovatsiya” “yangilikning joriy etilishi” bilan sinonim emas, balki yangi bilimlar, yondoshuvlar ko‘rinishidagi yangiliklarning joriy etilishi jarayoni bilan bog‘liq hodisadir.
... Mazkur izohdan kelib chiqadiki, “innovatsiya faoliyati” – bu faoliyat turi ham, sohasi ham bo‘lmay, balki uning tavsifidir. Innovatsiya sohasi mavjud bo‘lmaydi, chunki har qanday faoliyat va har qanday soha, agar unga yuqori talabliligi bilan ajralib turuvchi natijaga (masalan, ijtimoiy, bozor, mudofaa kabi) erishishi uchun yangiliklar (masalan, bilimlar, texnologiyalar, qo‘llanmalar, yondoshuvlar kabilar) joriy etilsa, innovatsiyali bo‘lishi mumkin”.
Bundan ko‘rinadiki, innovatsiyani ijtimoiy hayotning har bir soha va yo‘nalishiga nisbatan tatbiq etish mumkin bo‘lib, bunda mazkur soha yoki yo‘nalish faoliyatining mazmuni sifat jihatidan o‘zgaradi va yangicha tavsif kasb etadi.
Innovatsiya tushunchasi ijtimoiy hayotning turli sohalarida turlicha mazmunni ifodalaydi:
iqtisodiy innovatsiyalar – texnika, texnologiya, mehnatni tashkil etish va boshqaruv sohalaridagi fan va ilg‘or tajriba yutuqlaridan foydalanishga asoslangan yangiliklar, shuningdek, bu yangiliklarning qo‘llanishi.
kadrlarga oid innovatsiyalar – tashkilot xodimlari, uning ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yangiliklar, kadrlarning tarkibiy tuzilmaning samarali amal qilishi vazifalarini hal qilish darajasi va qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan kadrlarga oid yangiliklarni joriy etish bo‘yicha maqsadga muvofiq faoliyat.
madaniy innovatsiyalar – madaniyatni muayyan tipining dinamik rivojlanishini, madaniyatning yangi shakllarining yaratilishini ta’minlovchi original madaniy mahsulotlarni shakllantirish mexanizmi.
ijtimoiy innovatsiyalar–jamiyat taraqqiyotining oldingi bosqichlarida mavjud bo‘lmagan, tabiiy tarzda vujudga kelgan yoki boshqaruv subyektlari tashabbusi bo‘yicha joriy etilgan jamiyat ijtimoiy hayotidagi hodisalar.
Ilmiy adabiyot va manbalarda innovatsiyalarni turli belgilariga ko‘ra turkumlashga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, G.Xasanova innovatsiyalarning quyidagi tasnifini keltiradi (12.1-jadval).
|
| |