Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy




Download 251,44 Kb.
bet29/36
Sana20.11.2023
Hajmi251,44 Kb.
#102040
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
95284-1

Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy


bosqichlari
Innovatsion jarayonlarni takomillashishi va rivojlanishida infratuzilmalarga birlashgan moliya-sanoat guruhlari, konsorsiumlar, strategik alyanslar hamda loyihaviy moliyalashtirish va venchurli biznes alohida rol o‘ynashi kerak.
Innovatsion loyihalarning samaradorligini oshirish uchun yirik kompaniyalar innovatsion axborotlarni kelib tushishining ko‘pgina vositali kanallaridan foydalanadilar, norasmiy tashkilotlarga keng murojaat qiladilar. Ammo juda ko‘p hollarda tadbirkorlar moliyaviy xavfsizlikni radikal yangiliklarning noaniqligi va tavakkalchi innovatorlarni mustaqilligidan afzal ko‘radilar.
Loyihaviy moliyalashtirish va innovatsion fondlar, ixtisoslashtirilgan moliya kompaniyalari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar, sug‘urta va lizing kompaniyalari yangilik kiritishlar institutsional tuzilmasining muhim shakli yuo‘ladilar. Ammo tijoart banklari, shu jumladan ixtisoslashgan investitsion va innovatsion banklar kerditlarning asosiy manbalari bo‘ladilar.
O‘sishning innovatsion omillarini safarbar qilishda venchurli biznesga alohida rol ajratiladi, u iinovatsiyalarni amalga oshirish shakli sifatida sarmoyalarni safarbar qilish usullari, manbalarni tuzilishi va moliyaviy mablag‘larni taqdim etish shartlari bo‘yicha ancha farqlanadi. Venchurli biznes prinsipial yangiliklarni ishlab chiqishga qaratilgan va qoidaga ko‘ra, pioner (birinchi) sohalardagi yuqori ishga doir faollik bilan bog‘langan. Microsoft va boshqa kabi yirik firmalar o‘zlarining qudratlari uchun xuddi venchurli biznesga qarzdordirlar. Kaliforniyadagi Silikon vodiysida yuqori texnologiyalarni ishlab chiqilishi va tatbiq etilishi birinchilarning misoli bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Fan va texnologiyalarning yorib o‘tuvchi yo‘nalishlaridagi yaqqol o‘ziga jalb qilishlik bunday kompaniyalarning moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy harakatlarni talab qilgan. Mamlakatli xususiyatlar venchurli biznesni rivojlanishining ikkita tendensiyalarida namoyon bo‘lganlar: uni Yaponiya, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida inkorellyatsiyalanganligi (o‘z tarkibga qo‘shib olganligi va AQShda institutlashtirilgangigi (qandaydir yangi ijtimoiy institutni ta’sis etganligi)da. 1980 yillarda OO‘Y, kakdemik fan, davlat va xayr-ehson fondlari, lizing va sug‘urta kompaniyalari bilan bog‘liq venchurli va innovatsion fondlar rivojlana boshlaganlar. Ammo AQSH venchurli sarmoyasining 90 %ga yaqini 2-3 yangi firmalarning birlashmasi tomonidan taqdim etilgan. Bu fan, texnika va biznesning mashhur “avangard turi”dagi korxonani tashkil qilishga qodir vakillarini jalb qilishga imkon bergan. Ammo bularning barchasi tadqiqotli
va venchurli loyihalardan moliyaviy qaytarilishni oshishiga yordam berolmagan. Birgalikdagi davlat, institutsional va korporativ harakatlar talab qilingan.
Keyingi o‘n yillar ichida sanoati rivojlangan mamolakatlarda investitsiyalarni moliyalashtirishning yangi shakli-loyihali moliyalashtirish tez rivojlana boshlagan. Dastavval investitsiyaon loyihalarni bank tomonidan uzoq muddatli kreditlash deb tushunilgan loyihaviy moliyalashtirish bugun kqpgina turli tumanliklarga ega.
Jahon amaliyotida qabul qilingan innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning asosiy tashkiliy shakllari 12.2-jadvalda berilgan.

Download 251,44 Kb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Download 251,44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy

Download 251,44 Kb.