|
-jadval Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning tashkiliy shakllari
|
bet | 30/36 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 251,44 Kb. | | #102040 |
Bog'liq 95284-1 12.2-jadval Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning tashkiliy shakllari
Shakl
|
Ehtimol bo‘lgan sarmoyadorlar
|
Qarz mablag‘larini oluvchilar
|
Shaklardan foydalanishning afzalliklari
|
Bizning mamlakatimiz sharoitida shakldan foydalanishning
murakkabligi
|
Difitsitli moliyalashtirish
|
Xorijiy davlatlar
hukumatlari. Xalqaro
moliyaviy institutlar. O‘zbekiston Respublikasining korxonalari va
tashkilotlari
|
Hukumat
|
Innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solinishi va nazorat qilinishi
|
Moliyalashtirishning nomaqsadiy xarakteri tashqi va ichki davlat qarzlarini o‘sishi. Budjetning xarajat qismini ko‘paytirish
|
Aksiyadorlik (korporativ) moliyalashtirish
|
Tijorat banklari, institutsional sarmoyadorlar
|
Korporatsiyalar, korxonalar
|
Korporatsiya (korxonalarda investitsiyalardan foydalanishning variant belgisi)
|
Nomoddiy xarakteri haqiqiy loyihalarp bozorida emas, balki faqat qimmatbaho qog‘ozlar bozorida ishlash. Sarmoyador xatarining
yuqori darajasi
|
Loyihani moliyalashtirish
|
Hukumatlar, xalqaro
moliyaviy institutlar.
Tijorat banklari. Mamlakat korxonalari. Xorijiy sarmoyadorlar instutsional sarmoyadorlar
|
Investitsion loyiha. Innovatsion loyiha
|
Moliyalashtirishning maqsadli xarakteri. Xatarlarni taqsimlanishiDavlat- ishtirokchi moliyaviy muassasalarning kafolati. Nazoratning yuqori
darajasi
|
Investitsiyaon muhitga bog‘iqlik, kredit xaratlarining yuqori darajasi. Beqaror qonunchilik va soliq tartibi.
|
Xorijda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tartibi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda innovatsion jarayon sarmoyalarni ham xususiy va ham davlat manbalaridan oladi. AQSH va Yevropa mamlakatlarida ularning ulushi taxminan teng Yaponiyada xususiy investitsiyalarning ulushi 80%dan oshib ketadi. Moliyalashtirishning eng ixcham shakli- xatarli sarmoyalar – xususiy manbalarga asoslanadilar. Innovatsion jarayonlar uchun, shubhasiz, ITTIR ni innovatsion jarayondagi belgilab beruvchi bo‘g‘in sifatida moliyalashtirish eng katta ahamiyatga ega.
AQShda moliyaviy resurslar ham federal va munitsipal budjetlar orqali davlatdan (1998 yilda 49%) va ham xususiy firmalar va tashkilotlardan (o‘sha 1998 yilda 46,7% ni tashkil qilgan ) kelib tushadi. Universitetlar, kollejlar va xususiy- hukumat fondlari ITTKI ni moliyalashtirishda 5%dan ko‘proq ishtirok etganlar AQShda innovatsiyalarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlar tizimi uchun keyingi yillarda dasturli-maqsadli yondoshishni tarqalishi xosdir.
Bunda moliyaviy resurslar ham ustuvor texnologik (biotexnologiya, energetika, elektronika, sog‘liqni saqlash) va ham sohaviy yo‘nalishlar
(agrokosmik, harbiy sanoat va h.k.) jamlanadilar. Masalan, agronomik sanoatda ITTKI ning to‘rtdan uch qismidan ko‘prog‘i davlat assignovatsiyalarida bo‘ladilar. Yangi konstruksion materiallarni ishlab chiqarishdagi ilmiy tadqiqotlarning 35% ham davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
Yevropa mamlakatlar xuddi shunday tartibda ko‘p ilm iste’mol qiladigan ishlab chiqarishlar va yuqori texnologik mahsulotlarning ahamiyati o‘smoqda. ITTKI ni davlat tomonidan moliyalashtirish tizimida innovatsion jarayonni vositali qo‘llab-quvvatlashning ham to‘g‘ridan to‘g‘ri shakllari va ham samarali usullari (soliq imtiyozlari, imtiyozli hukumat krediti, amortizatsion hisobdan chiqarishlar) biriktiriladi.
Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning bunday turi Fransiya, Avstriya, Shvetsiya va h.k. da keng qo‘llaniladi. Xuddi davlatning qo‘lida moliyalashtirishning bunday manbalari innovatsion faoliyatni rivojlantirishning rag‘batiga aylanadi.
Yaponiyada ITTKIni moliyalashtirish manbalarining asosiy qismini xususiy kompaniyalar tashkil qiladilar. (1998 yilda 80%gacha). Bu yerda davlat xarajatlarining ulushi AQSH va Yevropa mamlakatlariga qaraganda ancha past, buning ustiga xususiy kompaniyalar va davlatning harakatlarini Yaponiya tashqi savdo va sanoat vazirligi (TSSV) tomonidavn belgilab berilgan umummilliy ustuvorlik bo‘yicha maxsus fondlar va dasturiy tadqiqotlar shaklida birlashtirilishi katta ahamiyatga ega. Ustuvor ilmiy yo‘nalishlardagi investitsiyalarni o‘sish sur’atlari bo‘yicha Yaponiya jahonda birinchi o‘rinni egallaydi. Bunday tashqari, Yaponiyada xususiy firmalarga ilmiy laboratoriyalar va tajriba korxonalarining uskunalari, hamda davlat muassasalari, universitetlarining tadqiqotlari natijalarini, shu jumladan ilmiy-texnik axborotlarni topshirish amaliyoti qo‘llanilmoqda. Buning ustiga eng yangi texnologiyalar bazasida yangi mahsulotni ishlab chiqaruvchi xususiy firmalarga asosiy innovatsyailarni shlab chiqarishda 3 yildan 5 yilgacha katta (50%gacha) soliq imtiyozlari beriladi. Yaponiyada amortizayion ajratlamalar meyorlarini tabaqalashtirish keng qo‘llaniladi.
Xatarli moliyalashtirish nafaqat an’anaviy xo‘jalik yuritish doiralarini ikki tomonga suradi, balki innovatsion faoliyatni takomillashtirishga imkon beruvchi va umuman iqtisodiy tizimni faoliyat yuritishi samaradorligini oshiruvchi investitsion mexanizmning yangi turini yaratadi.
Xatarli biznes uchun moliyaviy mablag‘larni taqdim etish tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlaridan tkbdan farq qiladi. Innovatsion venchurli biznes moliyalashtirilayotgan loyihani barbod bo‘lishi imkoniga yo‘l qo‘yadi. Birinchi yillar loyiha tadbirkori sarflangan xarajatlar uchun moliyachilar oldida javobgarlikka ega emas va ular bo‘yicha foizlarni to‘lamaydi. Xatarli saromoyalar sarmoyadorlari birinchi besh yilda yangi tashkil qilingan firmaning aksiyalarini xarid qilish bilan chegaralanadilar. Agar mulk aksiyalar bilan berilgan bo‘lsa, aksiyadorlar ularni start davri tugagunga qadar birjada sotish huquqiga ega emaslar. Agar innovatsion firma foyda bera boshlasa, unda u xatarli sarmoyalar kirituvchilarni mukofotlashning asosiy manbai bo‘ladi. Ko‘pincha venchurli sarmoyador innovatsion korxonaning mulk egasi bo‘ladi. Xuddi kapital kiritmalarga yuqori, ko‘picha yillik 25-30 %ni tashkil qiluvchi, foyda olishning
oydinligi venchurli biznesni, yuqori xatarga qaramasdan, g‘oyata o‘ziga jalb qiluvchi tadbir qiladi.
Venchurli biznesning Venchurli biznesning samaradorligini oshirish uchun keyingi yillarda sanoati rivojlangan mamlakatlarda xatarli investitsiyalarni har tomonlama rivojlanishi sodir bo‘lmoqda va qenchurli kompaniyalarning tashkiliy tuzilmasi o‘zgarmoqda. Masalan, investitsiyalarning innovatsion yo‘naltirilishi firmani ko‘p sohali va sohalararo yo‘nalishga g‘ayratlantiradi. Bunda yangi bozor uyachalarini, qo‘shni ishlab chiqarishlarni vujudga kelishi mumkin, ishlab chiqarilayotgan texnologiya samaraliroq bo‘ladi, amalda investitsiyalarni har tomonlama rivojlanishi va innovatsion yo‘naltirilganliginamoyish qiluvchi kichik innovatsion firmalar yirik firmadan kurtak ochib chiqadilar. Masalan, agar 1970 yillarning boshida General Electric firmasida faqat 10 mustaqil innovatsion yo‘nalishdagi korxonalar tashkil qilingan bo‘lsa, 1980 yillarning oxiriga kelib bosh kompaniya qoshida endi 200 tashqi venchurli ilmiy bo‘linmalar mavjud bo‘lgan. General Motors, xerox, IBM va h.k. kabi sanoat ggantlari qoshida ham venchurli sarmoyalar firmalari keng rivojlanmoqda.
Keyingi yillarda venchurli sarmoyalarning tuzilishi murakkablashgan. An’anaviy bo‘lib qolgan shakllar bilan bir qatorda yangilari paydo bo‘lmoqda. Kichik innovatsion firmadan boshlab va ilmiy- texnik konsorsium bilan tugallanib, aralash xususiy–davlat moliyalashtirilishida ishlovchi, ularning barchasi, bir tomondan o‘zining faoliyatida har tomonlama rivojlangan va ko‘p ilm iste’mol qiluvchi ishlab chiqarishlarga, boshqa tomondan tadqiqot qiluvchi firma va venchurli moliyalashtirish fondiga suyanadi. Yangi korxonani tashkil qilishda besh yil ichida investitsiyalarning dastlabki hajmiga nisbatan sarmoyalarni o‘n marta ko‘payishi rentabellikning pay darajasi hisoblanadi.
Eng yangi ko‘p ilm iste’mol qiluvchi sohalardagi tatbiq etuvchi firmalar misoli yo‘q tijorat xavfiga duchor bo‘ladilar. Faqat investitsiya kiritilayotgan yirik texnik loyihalarning o‘ndan bir qismi yetarlicha rentabelli bo‘ladi. Venchurli fond, shunday qilib, umumiy biznes tarkibidagi o‘zining innovatsion sherigini ehtiyot qilgan holda, bu xatarni o‘ziga qabul qiladi.
Innovatsion fondlar ko‘psonli tatbiq etuvchi firmalar bilan, ayniqsa ularning yashash davrlarining eng qiyin, boshlang‘ich bosqichida mahkam bog‘langan o‘ziga xos aqliy diversifikatlar (har tomonlama rivojlantiruvchilarga) aylanadilar.
Innovatsion fondlar akademik fan, hammadan avval universitetlar bilan yaqindan hamkorlikka muhim ahamiyat beradilar. Universitetlar laboratoriyalarida yuqori rentabelli texnik loyihalar ishlab chiqariladi, ular venchurli moliyalashtirish uchun ayniqsa o‘ziga jalb qiluvchi bo‘ladilar. Innovatsion banklar judayam faollar, ular odatda istiqbolli g‘oyalarni o‘zlari qidiradilar, eng foydali, o‘zini tez qoplovchi texnik loyihalar ijrochilari bilan xo‘jalik aloqalarini yo‘lga qo‘yadilar.
Eng istiqbolllli innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlar xususiy kasbiy boshqariladigan innovatsion venchurli fondlarga murojaat qiladilar. Qoidaga ko‘ra, byurokratik himoya va ko‘p bosqichli bo‘ysunishdan xoli bu fondlar, innovatsion tadbirkorga kerakli boshlang‘ich sarmoyalarni, shu jumladan start oldi xarajatlarni beradilar.
Yaponiyada innovatsion tadbirkorlik biroz boshqacha shakllanadi.Bu mamlakatning hukumati an’anaviy ravishda sanoat ITTKI moliyalashtirishga katta mablag‘lar ajratmaydi: ITTKIga xarajatlarning 25% ga yaqini davlat ulushiga to‘g‘ri keladi. U milliy bozor ITIChning ustuvor yo‘nalishlarini himoyalash bo‘yicha proteksion (himoya qiluvchi) choralarini qo‘llaydi. Faqat milliy yapon fani va iqtisodiyoti rivojlanishining uzoq muddatli bashorati davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashning asos bo‘ladi. Yillar o‘tishi bilanustuvorliklarning majmuasi o‘zgaradi, ammo prinsipial ishlab chiqarishlarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash tamoyili qoladi.
Davlat xususiy samoyalarga nisbatan o‘zining innovatsion siyosatini faol amalga oshiradi. Masalan, tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishi belgilangandan keyin TSSV tegishli ishlab chiqarish sohasiga ega barcha yirik sanoat korporatsiyalariga dasutarlar va yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tanlovda ishtirok etishni taklif qiladi. Bunda vazirlik loyio‘a, nou-xau haqidagi ilmiy va ilmiy-texnik axborotlarni taqdim etadi, tadqiqotlarga yirik universitelar va boshqa ilmiy jamoalarni jalb qiladi, laboratoriya va boshqa ilmiy uskunalarni beradi.
Dasturlarni moliyalashtirish bo‘yicha xarajatlarni ishtirochi –korporatsiyalar amalga oshiridilar. Davlat sotish bozorlarni kafolatlamaydi. Xususiy sarmoyadorning zimmasiga nafaqat amaliy innovatsion faoliyatni, balki mahsulotning an’anaviy yuqori sifati va narxlarning yetarlicha past darajasini saqlab qolishda yangi bozorlarni shakllantirish vazifasi ham tushadi.
Davlat har xil to‘g‘ridan to‘g‘ri va vositali choralar bilan xususiy sarmoyalarni zamonaviy innovatsion strategiyaning o‘zaniga yo‘naltiradi. Masalan, eng yirik davlat moliya institutlaridan biri-Yapon taraqqiyot banki ustuvor sohalarni modernizatsiyalash va yangilashga uzoq muddatli qarzlarni taqdim etadi. Bank bu kredit uchun to‘lovni ushbu mijozlardan odatdagi qarzdorlarga nisbatan ancha kam oladi. Buning ustiga muddati Yaponiyadagi oddiy kreditlash kabi 10 yil sarmoyalar jahon bozoridag‘3-8 yil. Bundan tashqari, amerikalik, yevropalik kompaniyalarga nisbatan yapon firmalarining birlashishga vazmin munosabati va yapon sarmoyalarining kamtarona ko‘lailari Yaponiyada innovatsion faoliyatni tashkil qilish va moliyalashtirishning xususiyatlarini asoslab beruvchi muhim omillardan bo‘ladi.
Tadqiqot qilish assotsiatsiyalari - texnik ishlab chiqarishning eng istiqbolli shakllaridan biridir. Bir necha kompaniyalar tomonidan ulushli asosda tashkil qilingan bo‘lib, ular nafaqat ko‘p sarmoya iste’mol qiluvchi ilmiy-texnik loyihalarni, balki yuqori investitsion xatarning ular bilan bog‘liq innovatsion yo‘naltirilganlikni ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlashga imkon beradi. Ko‘p ilm iste’mol qiluvchi va yuqori texnologik mahsulotni ishlab chiqarish uchun moliyaviy xatarni ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash imkoniyati katta ahamiyatga ega.
Tadqiqot qilish assotsiatsiyalaridagi innovatsiyalarni tashkil qilish va moliyalashtirishning aniq mexanizmlari, shubhasiz o‘zgarganlar. Masalan, hozirgi vaqtda assotsiatsiyalarning ikki turi faoliyat yuritmoqda: harakatlar va resurslarni belgilangan loyiha ostida birlashtiruvchi, ammo mustaqil ilmiy va moliyaviy bo‘linmalarga ega bo‘lganlar va ishtirokchi firmalar doiralarida va
moliyalashtirining belgilangan hajmida umumiy ilmiy-texnik bo‘linmani tashkil qiluvchi, ikkinich turdagi assotsiatsiyalar. Tadqiqot qiluvchi assotsiatsiyalar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning har xil shakllaridan foydalanadilar. Bunda asosiy fondlarga soliq 25 %ga kamaytiriladi.
Yaponiya sanoat kompaniyalarida innovatsion faoliyat ichki korporativ bo‘linmalarda loyihaviy vaqtincha guruhlar shaklida va ichki venchurlar ko‘rinishida to‘liqroq amalga oshiriladi. Ko‘pincha ichki venchurli bo‘linmalar korporatsiyaning mavjud bo‘lgan bo‘linmalar bazasida tashkil qilinadilar. Ichki venchurli vazifalarning yig‘indisi va mustaqillikning darajasi bo‘yicha vazifasi bo‘linmalar-kompaniyaning mahsulotli bo‘linmalariga o‘xshashlar. Ammo agar keyingilar mavjud ishlab chiqarishlarning joriy rentabelligini qo‘llab-quvvatlash uchun javobgarlikka ega bo‘lsalar, ichki venchurning mustaqilroq tashkilotlari loyihani ishlab chiqish davrida foyda olinishi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar va korporatsiya tomonidan yangi ishlab chiqarishni rentabelligiga erishgunga qadar subsidiyalarni to‘liq oladilar.
Agar vaqtinchali loyihaviy guruhlar asosan yangilik kiritishlarning operativ ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lsalar, ichki venchurlardan mavjud ishlab chiqarish va moliya bozorilariga kiritilmaydigan prinsipial yangilik kiritishlar va innovatsion loyihalar ishlab chiqarishlar va tijoratlashtirish uchun foydalaniladi.
Vaqtinchalik loyihaviy guruhlar sotish faoliyat bilan mustaqil shug‘ullanmaydilar va ishlab chiqarish quvvatlariga ega emaslar. Ichki venchurlar butun innovatsion davra: ishlab chiqish, tatbiq etish, ishlab chiqarish, marketing, sotish va sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish imkoniyatiga egalar. Ko‘pincha bir necha yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amlag oshirgandan keyin ichki venchuryuridik shaxs mavqeini oladi va qiz fimasi bo‘lib qoladi. Ham kichik innovatsion biznesning afzalliklari, va ham u qiz firmasi bo‘lib qolgan holda ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tadbirkorlik xatarlarining kerakli barqarorlashuvi va har tomonlama rivojlanishi xuddi ichki venchurga xosdir. Kichik innovatsion firmalar va venchurli bo‘linmalarda faoliyatning muvaffaqiyati butun xodimlarning harakatiga bog‘liqdir. AQShda, firma ichidagi venchurlar, tashqi venchurlarga nisbatan ancha kam mustaqillikka ega bo‘lgan holda korporatsiyalarni qo‘llab- quvvatlashlari, korporatsiyalar resurslarini, ilmiy-texnik axborotlar va nou-xaularni, bozor haqidagi axborotlarni keng olish, marketing va sotishning korporativ tizimidan foydalanish imkoniyatlaridan foydalanadilar.
Innovatsion faoliyatni loyihaviy moliyalashtirish.
Zamonaviy, shu jumladan xalqaro moliyaviy faoliyatda loyihaviy moliyalashtirish kabi istiqbolli va dinamik yo‘nalish borgan sari ko‘proq rivojlanish olmoqda. Bu innovatsion faoliyatda moliyaviy va bank ishtirokining turi sanoatning ko‘p resurslar va sarmoyalar iste’mol qiluvchi sohalari ishlab chiqarish apparatini modernizatsiyalash, takomillashtirish va yangilashga ayniqsa muhtoj mamlakatlar va mintaqaoar uchun ayniqsa dolzarbdir.
Hozirga qadar rivojlangan mamlakatlarda moliyalashtirishda elektr energiyasi, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq investitsion loyhalar katta ommaviylikka ega bo‘lganlar. Endi loyihaviy moliyalashtirish ham sanoatning infratuzilmasini va qayta ishlab chiqaruvchi sohalari bilan bog‘liq va ham ilmiy-
texnik yangiliklar va ilg‘or texnologiyalarga qaratilgan sanoat obektlarining ko‘pchiligiga keng tarqalgan. Keyingi yo‘nalish yuqori texnologik, ko‘p ilm iste’mol qiluvchi ishlab chiqarishlarga investitsiyalar kiritishning kam sonli tajribasida paydo bo‘lgan.
Loyihaviy moliyalashtirish an’anaviy ravishda investitsion loyihalarga mo‘ljallanganligiga qaramasdan, hozirgi vaqtda bu usullar noyob novatorlik yondoshishlar va tubdan yangi ishlab chiqarishlar sohasiga tez kirib bormoqda. Bunda, shubhasiz, loyihaviy va moliyaviy xatarlar, demak loyihalarni ekspertli baholashga talablar ham o‘sadi. Bu masalalarni ham uslubiy va ham amaliy va tashkiliy jihatdan hal qilish zarur. Nafaqat kreditorlarni, balki mahsulotning yaroqligini baholash va xatarni bartarf qilishga qodir mustaqil maslahatchilarni topish qiyin. Ishonchli ta’sischilar, samoyadorlar, kafolatchilar, pudratchilar va operatorlardan tashkil topgan loyihaviy jamoani tanlab olish undan ham qiyin. Shunga qaramasdan xuddi innovatsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish bugun eng katta qiziqishni uyg‘otadi.
Loyihaviy moliyalashtirish kamida innovatsion faoliyatni tashkil qilish va moliyalashtirish haqidagi uchta prinsipial qoidalarni ishonchli ravishda namoyish qiladi.
Birinchisi-sanoati rivojlangan mamlakatlar misolida shu narsa ko‘rinadiki, innovatsion jarayonlarning asosiy qismini har xil darajada va ko‘lamdagi xususiy kompaniyalarning kuchlari bilan malga oshirish mumkin. Shubhasiz, innovatsion jarayonlar bu yerda maqsadning o‘zi emas, balki tadbirkorlik muvaffaqiyatiga erishish vositasi sifatida bo‘ladilar. Innovatsion biznes har xil tashkiliy fondlarda akademik “sof fan” va xususiy sarmoya manfaatlari o‘rtasida vositachi bo‘ladi, chunki innovatsion jarayon daromadli sifatida ko‘rib chiqiladi.
Ikkinchisi- davlatning innovatsion siyosati nafaqat innovatsion jarayonga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishda, balki innovatsiyalar uchun innovatsiyalarni davlat tomonidan vositali qo‘llab-quvvatlanishining har xil moliyaviy qonunchilik, soliq, sotsial va boshqa usullari bilan bir qatorda qulay iqtisodiy muhitni yaratilishida namoyon bo‘lishi mumkin. Davlat o‘zbek iqtisodiyotining hozirgi holatida innovatsion siyosatning asosiy yukini o‘ziga ololmaydi, ammo innovatsion biznesni qo‘llab-quvvatlovchi tadbirlarning to‘liq turli tumanligini ta’minlashi mumkin.
Va nihoyat, uchinchisi - inovatsion faoliyatning egiluvchanligi, ko‘p variantliligi va muqobilliligi davlat va xususiy tadbirkorlik, xususiy va xorijiy sarmoyadorlar hamkorligining ko‘p sonli shakllarini vujudga kelishiga juda yaxshi yordam beradi. Loyihaviy moliyalashtirishning kengroq amaliyoti va innovatsion faoliyatni rivojlanishi agar davlat siyosiy, makroiqtisodiy va yirik ekologik xatarlardan kafolatchi bo‘lgan holda o‘ziga munosib o‘rinni topishlari mumkin. O‘zbekistonda innovatsion biznesni rivojlanishi uchun dastlabki sharoitlar yaratilgan.
Agar venchurli sarmoyalardan ilmiy faoliyatni uning har qanday bosqichida moliyalashtirishni tashkil qilish uchun foydalanish mumkin bo‘lsa, unda loyihaviy moliyalashtirishning tashkilotchisi bunday xatarga bora olmaydi. Shuning uchun loyihaviy moliyalashtirish holida bozor sharoitida loyihani amalga oshirishdan pul
mablag‘larining oqimi krelditni qaytarishning yagona manbai bo‘ladi. Innovatsion va venchurli biznes va loyihaviy moliyalashtirish o‘rtasidagi katta farq shundan iboratki, loyihaviy moliyalashtirish tijorat talabi shakllantirib bo‘lingan mahsulotlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Jahon amaliyotida loyihaviy moliyalashtirish ostida ko‘pincha moliyalashtirishni tashkil qilishning shunday turi nazarda tutiladiki, unda loyihani sotishdan olingan daromadlar qarz majburiyatlarini to‘lashning yagona manbai bo‘ladi. Shunga qaramay har xil mamlakatlarda “loyihaviy moliyalashtirish” atamasi har xil talqin qilinadi. Masalan, AQShda uning ostida moliyalashtirishni shunday tashkil qilish tushuniladiki, unda investitsion loyihalarning katta qismi ta’sischining shaxsiy mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi, loyihani sotishda daromad qarz majburiyatlarini to‘lashning yagona manbalaridan bo‘ladi.
Yevropada bu atama loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarni taqdim etishning har xil variantlari va yo‘llariga nisbatan qo‘llaniladi. Keyingi vaqtda “loyihaviy moliyalashtirish” atamasi ham banklar tomonidan taqdim etiladigan kreditlarga va ham vositali budjetli qo‘llab- quvvatlashga, har xil davlat tashkilotlari, investitsion fondlar, sug‘urta kompaniyalari va boshqa manfaatdor sarmoyadorlarning qo‘llab-quvvatlashiga asoslangan moliyaviy va tijorat operatsiyalari tizimiga nisbatan qo‘llaniladi.
Loyihaviy moliyalashtirishni tashkil qilishga asosiy talablar ta’sischilar va ularning sheriklarining nufuzli tarkibi, loyihaning malakali tahlili, omilkorona tuzilgan texnik-iqtisodiy asoslanish, loyiha tadbirlarining bank bilan oldindan kelishib olish, loyihani yetarlicha kapitallashtirilishi, uni texnik-texnologik amalga oshirilishi va yuqori foydalanish ta’riflarida iborat. Loyiha va hukumat muassasalarini aniq taqsimlanishi, loyihaviy moliyalashtirish obyektini atroflicha bilishni muhim deb hisoblash kerak.
Loyihaviy yondoshish talablariga mosroq keluvchi sohalarga qazib chiqaruvchi sohalar va energetika, neft- gaz xomashyoni qayta ishlash, energiyaning muqobil manbalari, mashinasozlik, asbobsozlikning belgilangan turlari, qurilish materiallarining ba’zi bir turlari hamda istiqbolli kimyoviy mahsulotlarni kiritish mumkin. Shu jumladan, “sof” loyihaviy moliyalashtirish na moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini va na qo‘shimcha kafolatlarni talab qiladi va xatarning har xil turlarining ma’qul darajasiga asoslangan.
Agar pul mablag‘larining birlamchi manbai (loyiha) talablarga adekvat bo‘lmasa, unda kafolatchining aktivlari yoki budjet subsidiyalari qarzni to‘lashning ikkilamchi manbai bo‘lib xizmat qilishlari mumkin. Misol sifatida qazib chiqaruvchi sohalarning ko‘p ilm iste’mol qiladigan ishlab chiqarishlari, yuqori texnologiyalar, telekommunikatsiyalar tizimlari, kompyuter tarmoqlarini ishlab chiqish dorivor moddalar va nozik organik sintezning boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarishni keltirish mumkin. Loyihaviy moliyalashtirishning ko‘pgina operatsiyalari “sof” sxemadan farq qiladilar. Bu nostandart xavflarning o‘rnini qoplash va sotishdan tashqari tushumlar, yuqoriroq foizli stavkani taqdim etish va amortizatsion ajratmalar, soliq imtiyozlari hisobiga tushumlar va ko‘pgina boshqa narsalar bo‘lishlari mumkin.
Loyihaviy moliyalashtirishni tashkil qilishda hukumat idoralari va xalqaro tashkilotlarning kafolatlarini olish alohida rol o‘ynaydi. Ammo loyihaviy moliyalashtirishga, qoidaga ko‘ra, pul mablag‘larining beqaror oqimi generatsiyalanadigan, ularning aktivlari esa qarzni to‘lashning ishonchli ikkilamchi manbai bo‘lib xizmat qiladigan obyektlar kiritiladi. Xatarlar loyihaning tashkilotchilari, kreditorlari va kafolatchilari o‘rtasida taqsimlanishi uchun ko‘pgina loyihalarni turkumlashtirishga imkon beruvchi loyihaviy xatarlarni diversifikatsiyalash loyihaviy moliyalashtirishning imkoniyatlarini kengaytirishning muhim tamoyili bo‘ladi.
Innovatsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishning bir necha turlari mavjud. Loyihaning o‘zining, uning ishtirokchilarining kredit qobiliyati, ularning kreditni uchinchi shaxslar tomonidan to‘lash kafolatlari hisobga olinmagandagi yashash qobiliyatiga asoslangan molyailashtirish asosiy bo‘ladi. Loyihani amalga oshirish natijasida generatsiyalanadigan aul oqimlari qarzni to‘lashning manbai bo‘luvchi investitsiyalarni moliyalashtirishni uchinchi tur deb hisoblash mumkin. Moliyalashtirishning shunday turi uchinchi deb hisoblanadiki, bunda ham loyihani amalga oshirish natijasida generatsiyalanadigan naqd mablag‘lar oqimlari va ham korxona aktivlari kreditni ta’minlanishi bo‘lib xizmat qiladilar.
Korxonaning o‘zining iqtisodiy va texnik yashash qobiliyati kreditni ta’minlashi loyihaviy molilashtirishning to‘rtinchi turi bo‘ladi.
Innovatsion loyihalar o‘z xususiyatalriga ega. Loyihali moliyalashtirish usullari va yirik kapital kiritmalarni baholash va ilmiy-texnik loyihalarni tanlab olish uchun talab qilinadigan moliyaviy tahlil tadbirlari qo‘llanilayotgan tadbirlarni adekvatligi va bir xildaligi o‘aqidagi farazlarga olib kelishi mumkin deb hisoblaydi G.N.Bicc. Ammo bu ikki loyihalar o‘rtasida muhim farqlar mavjud. Yangi sanoat obyektlari qurilishiga kapital kiritmalar haqidagi mavjud moliyaviy axborotlar hatto eng oddiy ilmiy-texnik loyihalarning ko‘pchiligi uchunligiga qaraganda, ayniqsa boshlang‘ich bosqichlarda ancha ishonchliroqdir.
Innovatsion loyihalar ancha katta noaniqlik bilan farqlanib turib, shundayafzallikka ega, ular ishlab chiqarishning ancha erta bosqichlaridayoq kichik moliyaviy yo‘qotishlarda to‘xtatilishlari mumkin. Ilmiy-texnik loyihalarni tanlab olishda axborotlarning investitsiyalarga nisbatan cheklanganlik omili o‘ziga e’tiborni qaratadi.
Ilmiy-texnik loyihalarda axborotlarni adekvant emasligicha ancha ko‘p duch kelishi mumkin. Mustaqil ekspertlarning fikrlarini korrelyatsiyalash g‘oyatda murakkabdir. Shunday hollarda ma’lumki, ekspertizaning birinchi bosqichida qaytarilgan innovatsion loyihalar keyin ishlab chiqaruvchilarga misli ko‘rilmagan muvaffaqiyat keltirganlar (masalan, British Airlines, “Mitsubisi”, Appel va ko‘pincha boshqa kompaniyalarga).
Innovatsion loyihalar nafaqat ko‘p mezonliligi va noaniqlikning katta darajasi bilan, balki sifatli bahosi bilan ham past ajralib turadilar. Xuddi shuning uchun muvaffaqiyatning integral mezonlari va qo‘llangan harakatlarning olingan natijalarga muvofiq mosligini belgilashning maxsus tadbiri zarur. Innovatsion loyihani tanlashning eng muhim mezonlari 2-rasmda berilgan.
Shubhasiz, mezonlarning ko‘proq miqdorlarini qanoatlantiradigan loyiha muvaffaqiyatliroq bo‘ladi. Albatta, taklif qilingan innovatsion loyihalardan variantni tanlab olish g‘oyatda qiyin. Shuning uchun loyihaviy xatarlarni kamaytirish va loyihaning muvaffaqiyatliligi parametrlarini muvofiqlashtirish uchun portfelli yondoshish keng qo‘llaniladi.
Innovatsiyalar portfeli yirik va kichik, muddatlari bo‘yicha uzoq va qisqa, belgilanishi va amalga oshirilishi tamoyillari bo‘yicha har xil bo‘lgan turli tuman loyihalarga ega bo‘lishi kerak. Bu innovatsiyani moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yuqori natijaviyligi bilan bir vaqtda muvofiq tatbiq etish, hamda firma raqobatining muvaffaqiyatli strategiyasi uchun zarurdir. Portfelning mazmuni yetarlicha tez tez tavtish qilinishi, qayta ko‘rib chiqilishi va yangilanishi kerak.
Katta portfelga xatarning yuqori darajasi bilan ta’riflanadigan ustuvor yangilik kirtishlari bo‘yicha loyihalarni kiritish mumkin bo‘ladi, chunki bu holda cheklashlar portfelning umumiy xatari yo‘l qo‘yiladigan chegarasidan oshib ketmasligidan iboratdir. Mana shuning uchun bunday portfelning tarkibiga eskilikka xos innovatsiyalar bilan bir qatorda yangilikning yuqori darajasiga, ammo past rentabellikka ega loyihani va aksinchasini kiritish mumkin.
Kichik va mayda loyihalardan tashkil topgan loyiha har bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Har bir loyiha muvaffaqiyat holida sotishlarning nisbatan kamtarona hajmi va foydaning katta bo‘lmagan miqdori bilan ta’riflansa ham, u yirikroq loyihalarga qaraganda, foydaning yuqori meyori bilan generatsiyalanishi mumkin. Buning ustiga kichik loyihalar ancha kam resurslarni talab qiladilar. Kichik loyihalarni ishlab chiqish sur’atlarini bashoratlash osonroq. Shunday qilib, kichik loyihalarning portfeli, tezroq, yetarlicha foydali innovatsiyalarning bir tekisdagi oqimin shakllantiradilar. Ammo, kichik loyihalar bir qator kamchiliklar bilan ham ajralib turadilar: ular beqaror tashqi muhitga ta’sirchandirlar, ishlab chiqarish fondlari va texnologiyalar sifatiga yuqoriroq talablarni ilgari suradilar, xatarlarni rivojlanishi imkoniyatlarini toraytiradilar.
Har qanday loyihaning yakuniy muvaffaqiyati nafaqat uning o‘lchamiga, balki inovatsion va moliyaviy menejerning loyihalarni rejalashtirish va boshqarish bo‘yicha malakasiga bog‘liqdir.
Inovatsion loyihalarni sinchiklab va ko‘p tomonlama tahlil qilish va tanlab olish portfelining tarkibini muvofiqlashtirishga imkon beradi. Yechimni ishlab chiqish uchun yagona algoritm mavjud emas. Har bir aniq holda mezonlarning o‘z guruhi ustun kelishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, innovatsion loyihalarni tahlil qilish tizimi qo‘llanilayotgan uslubiyotining ko‘pligi bilan ajralib turadi: bu moliyaviy, investitsion va texnik-iqtisodiy tahlil usullari, metematik-statistik modellar, ekspert baholari tizimi, mahsulotning ilmiy-texnik darajasi va sifati tahlilidir. Ilmiy-texnik yangiliklarni bashoratlash va tizimli tahlili bilan ko‘pgina mamlakatimiz va xorijiy olimlar shug‘ullanganlar.
|
| |