|
Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati
|
bet | 28/36 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 251,44 Kb. | | #102040 |
Bog'liq 95284-112.1-rasm. “Innovatsiyalarni boshqarish” va “innovatsion boshqarish” tushunchalarining o‘zaro farqlanishi10.
Bu yerda innovatsion loyihalar, innovatsion boshqaruv qarorlari, yangiliklarni qo‘llashning samaradorligi baholanadi.
10Mualliflar ishlanmalari asosida tuzilgan.
Innovatsion jarayon (IJ) davriy xarakterga ega. IJ ni ifodalovchi faoliyat inson mehnatini taqsimlanishi natijasida ajralib chiqqan, bir birlaridan farqlanuvchi alohidagi vazifaviy, tashkiliy birliklarga bo‘linadi. IJ ning iqtisodiy va texnologik ta’siri faqat yangi mahsulotlar yoki texnologiyalarda qisman ro‘yobga chiqadi.
U ancha ko‘proq yangi texnikani vujudga kelishining shart – sharoiti sifatida iqtisodiy va ilmiy – texnik salohiyati ko‘payishida namoyon bo‘ladi, ya’ni innovatsion tizim va uning tarkibiy elementlarining texnologik darajasi oshadi, shuning bilan innovatsiyalarga moyillik ham oshadi.
Innovatsion jarayonni umumiy ko‘rinishda zanjirga ko‘rinishida yozish mumkin:
bu yerda FT va AT – fundamental va amaliy tadqiqotlar; I – ishlama; L – loyihalashtirish; Q – qurilish; O‘ – o‘zlashtirish; SICH. – sanoat ishlab chiqarish; M – marketing; Sot. – sotish.
Bu zanjirchani tahlil qilish uchun uning har xil elementlari o‘rtasidagi teskari aloqa omillaridan abstraklashish (predmetlar va ular o‘rtasidagi munosabatlarning bir qator xususiyatlaridan ularning muhim alomatlarini ajratish maqsadida hayolan chalg‘imoq), FT – O‘ davrasi uzunligini (u 10 yildan ko‘proq davom etishi mumkin) va pallalardan har biri (FT – AT; L - Q)ning nisbiy mustaqilligini hisobga olish zarur. Ilmiy faoliyat tushunchasi bilan bog‘liq fundamental (nazariy) tadqiqot har qanday innovatsion jarayonning boshlang‘ich bosqichi bo‘ladi. Albatta, davraning har bir alohida elementi fundamental tadqiqot bilan bog‘liq ilmiy faoliyat bilan to‘ldirilganyu Shu narsa xarakterliki, FT dan SICH gacha yangi mu’lumotlarning miqdori kamayib boradi. Bunda tadqiqot faoliyati borgan sari ko‘nikmalar, tajribalar va standartli usullar bilan almashib boradi.
Agar FT ning yakuniy natijasi haqida gap ketsa, unda faqat savol nazariyasi sohasidagi yangi, ajoyib, isbotlangan ma’lumotlar va axborotlarni olish va qayta ishlashga qaratilgan tadqiqot faoliyatini ajratish kerak. Nazariy tadqiqot bevosita aniq amaliy vazifalarni yechish bilan bog‘lanmagan, ammo xuddi uning o‘zi innovatsion jarayonning poydevoridir. Shuning bilan birga nazariy tadqiqotlarning zarurligi amaliyotning ehtiyojlari va predmet haqidagi oldingi bilimlarning sintezi bilan asoslanishi mumkin.
Fundamental tadqiqotlar, qoidaga ko‘ra, amaliy tadqiqotlarda ro‘yobga chiqadilar, ammo bu narsa darhol sodir bo‘lmaydi. Faqat ba’zi bir tadqiqotlar AT – I – L va h.k. ro‘yobga chiqadilar. Fundamental tadqiqotlar mavzularining taxminan 90 % salbiy natijaga ega bo‘lishi mumkin. Ijobiy natijaga ega qolgan 10 % dan hammasi ham amaliyotda qo‘llanilmaydi. Axir fundamental tadqiqotning maqsadi – jarayon (masala nazariyasi)ni anglash va rivojlantirishdir.
Amaliy tadqiqotlar (AT) butunlay boshqa maqsadga qaratilganliklarga egalar. Bu “bilimlarni moddiy holat” ga keltirish, ularni ishlab chiqarish jarayonida o‘zgartirish, yangi mahsulot, texnologik chizmalar va h.k. topshirishdir.
Ishlamalar natijasida yangi mashinalar (uskunalar)ning konstruksiyasi yaratiladi va jarayon loyihalashtirish (L), ko‘rish, o‘zlashtirish (O‘) va sanoat ishlab chiqarishi (SICH) pallalariga o‘tadi. M va Sot pallalari to‘g‘ridan – to‘g‘ri innovatsion jarayon natijalarini tijoratli sotish bilan bog‘liqdir.
Innovatsion menejmentning maqsadlari. Korxona innovatsion menejmentning maqsadlari firmaning vazifasi, uning falsafasi, an’analari va tashkilotning hayotiy davrasi bilan bog‘liq.
Zamonaviy iqtisod xo‘jalik faoliyatining subyekti – bu korxona, kompaniya, firma, korporatsiya, ya’ni faoliyatning har xil turlari, sheriklar, mulkni erkin tanlovchi va davlat oldida belgilangan majburiyatlarga ega yuridik shaxsdir.
Firma strategik va operativ mustaqillikka ega, ishlab chiqarish hajmlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning turlari texnologik va tashkiliy tuzilmani belgilaydi, bozordagi hulq va joylashish masalalarini hal qiladi.
U maqsadlar tuzimiga ega, ular firma rivojlanishining tashqi muhiti va ichki ehtiyojlarining ta’siri bilan belgilanadi. Firmaning tashqi muhit ta’siridan kelib chiqqan strategik maqsadlari tizimi 2 – rasmda namoyish qilinadi.
Korxona innovatsion faoliyatining uning ichki ehtiyojlari nuqtai nazaridan maqsadlari barcha ishlab chiqarish tizimlarini yangilash hisobiga ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, ilmiy, ilmiy – texnik, aqliy va iqtisodiy salohiyatlardan samarali foydalanish asosida korxona raqobat afzalliklarini ko‘tarishdan iboratdir.
Sotsial maqsadlar xodimlar ish haqini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va sotsial himoyalashni oshirishga qaratilgandir.
Innovatsion maqsadlar salohiyatini yangiliklarni ishlab chiqish, patentlashtirish va litsenziyalashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazish, nou – xaular, yangi sanoat namunalari, tovar belgilari va h.k. xarid qilish bilan bog‘liqdir.
Firmaning yangiliklarini tijoratlashtirish sohasidagi maqsadlari keyinchalik segmentini kengaytirish va yangi bozorlarga bostirib kirish bilan bozorda mustahkam holatni egallash uchun faol marketing tadqiqotlarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
Innovatsion menejmentning ustuvor maqsadlari innovatsion faoliyatni faollashtirish asosida tashkilotni o‘sishi va rivojlanishi, yangi tovarlar va yangi texnologiyalarni bozor tomoniga faol harakatlantirish iqtisodiy taraqqiy etish va yangi bozorlarga bostirib kirishni faol o‘sishi uchun ishlab chiqarishni yanada ixtisoslashtirish va har tomonlama rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanishdan iboratdir.
Tashkilotning taktik maqsadlari yangiliklarini ishlab chiqish, tadbiq etish va o‘zlashtirish, korxonaga investitsiyalar kiritishni va moliyalashtirish, ixtisosni o‘zgartirishga o‘qitish, xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash, ITTKI va yangiliklarning ilmiy bazasi, boshqaruvning ususllari va vazifalari, yo‘llari va uslublarini takomillashtirishdan iboratdir.
Tashkilotning tarkibiy maqsadlari korxona tizimchalari: ishlab chiqarishlar, ITTKI, xodimlar, moliyalar, marketing va menejmentni muvofiq faoliyat yuritishi bilan bog‘liqdir.
Innovatsion menejment maqsadlarini umumiy tasniflash quyidagi asosiy mezonlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
darajasi (strategik va taktik);
muhit turlari (tashqi va ichki);
mazmuni (iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ilmiy, texnik, tashkiliy va h.k.);
ustuvorligi (ustuvor, doimiy, an’anaviy, bir martali);
harakatlanish muddati (uzoq muddatli, o‘rtacha muddatli, qisqa muddatli);
vazifaviy tuzilmalari (ishlab chiqarish, ITTKI, xodimlar, moliyalar, marketing, menejment);
tashkilotning mavjud bo‘lish davrasining bosqichlari (vujudga kelish, o‘sish, balog‘atga yetish, pasayish va mavjud bo‘lish davrasini tugallanishi).
Katta tashkilotlarda, qoidaga ko‘ra, maqsadlar daraxtini mavjudligini kuzatish mumkin. Bu holda maqsadlarning iyerarxiyasi muhimdir, chunki pastda turuvchi bo‘g‘in maqsadlari yuqorida turuvchining maqsadlariga bo‘ysunadilar.
Mamlakatimiz korxonalaridagi ko‘p yillar davomida mavjud bo‘lgan rejalashtirish amaliyotining tahlili uni korxona rejasini ishlab chiqishga
emas, balki shakllantirib bo‘lingan rejaviy vazifani bajarishga qaratilganligini ko‘rsatadi. Bu avvallari sanoat korxonalari faoliyat yuritgan obyektiv sabablar, hamda iqtisodiyotni rivojlanishining oldingi bosqichida korxonalar oldida turgan vazifalar bilan izohlanadi. Chamasi bunday amaliyot xo‘jalik yuritishning hozirgi sharoitlariga mos kelmasa kerak.11
Hozirgi paytdagi korxona iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan murakkab holat avval amalda bo‘lgan boshqaruvning ma’muriy buyruqbozlik tizimi bilan bog‘liqdir. U resurslarni ishlab chiqarishning haqiqiy ehtiyojlarini hisobga olmasdan markazlashtirilgan holda rejalashtirish va taqsimlash, davlat budjeti hisobidan ishlab chiqarish investitsiyalarini tekinga moliyalashtirish, ishlab chiqaruvchilarning yakka hokimligi, mulkchilikning davlat shaklidan farqlanuvchisining yo‘qligi va xo‘jalik yuritishning bir turdagi shaklarini ko‘zda tutadi. Yana quyidagilar mavjud bo‘lgan: boshqaruvning ko‘p bosqichi tuzilmasi va faoliyatning yakuniy natijalaridan olingan daromadlar va investitsiyalar bog‘liqligini yo‘qligidan kelib chiqqan muassasaviy uzilish va ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining ajralib qolishi.
Yuqorida sanab o‘tilgan sabablar, hamda xo‘jalik aloqalarining uyg‘unligini buzilishi bilan bog‘liq bir qator boshqalar qayta ishlab chiqarishning har xil sohalari va xo‘jalik sohalarida mutanosibsizlikni keltirib chiqargan, defitsitni chuqurlashuvi va ishlab chiqarish intizomini pasayishi mamlakatdagi iqtisodiy tanazzul va iste’mol bozori va pul muomalasidagi holatni keskinlashuviga sabab bo‘lgan innovatsion sohada tanazzul paydo bo‘lishiga ko‘maklashganlar.
Ko‘rsatib o‘tilgan muammolar va murakkabliklar vujudga kelgan sharoitlarga adekvat startegiyani, korxonani rivojlanishini shakllantirishga imkon beruvchi haqiqiy rejalashtirishga ehtiyojni kuchaytiradi.
Strategik innovatsion rejalashtirish bozor turidagi iqtisodiyot sharoitida korxonadagi rejalashtirishning umumiy tizimidagi tizimga bo‘ladi. Korxonadagi strategik innovatsion rejalashtirishning obyekti innovatsion faoliyatdan iborat bo‘ladi, uni ko‘rib chiqa turib, quyidagilarni aytish mumkin:
Hozirgi sharoitlarda korxonadagi innovatsion faoliyat strategiyasi innovatsion strategiyalarni korxonani rivojlanishining asosiy maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqqan holda, Resursli ta’minlash va xatar omilini hisobga olish, Tashqi muhitning holati va shaxsiy innovatsion imkoniyatlarni oldindan bashoratlash va mustaqil ishlab chiqishning obyektiv zaruriyati pishib yetilgan;
ehtimol bo‘lgan katta foydani olish maqsadlarida yangi raqobatbardosh mahsulotni yaratish va uni texnika va texnologiyalarning zamonaviy darajasida ishlab chiqarish sohasidagi ilmiy – texnik siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish innovatsion faoliyatning asosiy mazmuni bo‘lib qolgan;
innovatsion strategiyani amalga oshirishda ITTKI ning strategik ahamiyati o‘sadi, va shuning bilan bir vaqtda ularni amalga oshirishdagi xatar darajasi oshadi;
11“Теп 3: Управление инновациями: Стратегический подход: Гибкая корпоративные стратегии выживания и лидерства в новой экономике (на спирали)”. Котельников В.Ю. М.: Эксмо, 2007.
innovatsion faoliyat korxonadagi faoliyatning qolgan barcha turlari va hammadan avval, ishlab chiqarish va marketing bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Investitsiyalarni moliyalashtirishning eng keng tarqalgan shakllaridan biri aksiyalar va obligatsiyalarni bosib chiqarish yo‘li bilan moliyaviy resurslarni olish, ya’ni ulushli yoki qarzli turdagi emissiya (bosib chiqarish)dir.
|
| |