|
Xitoy adabiyoti darslarida edvard de bononing "fikrlashning oltita shlyapasi" usulidan foydalanishning samarali yoBog'liq xitoy-adabiyoti-darslarida-edvard-de-bononing-fikrlashning-oltita-shlyapasi-usulidan-foydalanishning-samarali-yo-llari
VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2021: 5.423
58
w
www.oriens.uz
December
2021
Qadimgi xitoy mifologiyasini o‘qitishda yuqoridagi usuldan samarali
foydalanish talabalarda nafaqat bilimni, balki ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
va mustaqil fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi.
Talabalar bilan shu mavzuni an’anaviy shaklda emas, balki “Fikrlashning oltita
shlyapasi” usulini qo‘llagan xolda olib borsak, albatta talabalar mustaqil fikrlashga
undalanadilar.
Misol tariqasida qadimgi xitoy afsonalari mavzusi o‘tilayotgan auditoriyadagi
talabalarni 6 ta guruhga ajratamiz va ramziy ravishda ularga yuqorida keltirilgan
rangli shlyapalardan kiydiramiz.
Birinchi guruh OQ ShLYaPA KIYGAN GURUH TALABALARI - Mavzu
doirasida nafaqat umumiy ma’lumot berib o‘tishadi, balki afsonaning turli xalqlarda
turlicha talqin qilinganligiga e’tibor qaratishadi:
Afsona nima? Afsona- qadimgi zamon odamlari bevosita duch kelgan tabiat va
jamiyat hodisalaridan o‘ylab chiqarilgan, uni san’atga oid qilib tushuntirilgan va
tasvirlangan jamoaviy og‘zaki ijodiyot mahsuli, deb tushuntirishimiz mumkin.
2
Afsona qanday paydo bo‘lgan? Qadimgi zamonda past saviyadagi ishlab
chiqarish kuchlari kishilarning bilim darajasini chegaralab qo‘ygandi. Ular tabiat
bilan kurashish jarayonida tabiat qonunlarini tushunishi va ularni egallashi mumkin
bo‘lmaganligi sababli, tabiat kuchlari oldida anchayin ojiz holatga tushib qolishgan.
Shuning uchun ular tabiatga bas kela oladigan, unga o‘z hukmini o‘tkaza oladigan bir
buyuk kuchni tasavvur qildi. Bu kuch “Iloh” edi. ular bu kuchni teng kelib
bo‘lmaydigan, tabiatning har xil o‘zgarish va hodisalarni boshqaradigan hamda uni
o‘z izmiga sola oladigan qudrat deb qaraganligi sabab, ularning nazaridagi bu tabiat
kuchlari tasavvur orqali obrazlashtirildi va insoniy xususiyatlarga ega qilindi.
Shundan so‘ng ishlab chiqarish mehnatlari jarayonida qadimgi kishilar o‘z
qahramonlarining obraziga asoslanib “Iloh” to‘g‘risida og‘izdan og‘izga o‘tib
keladigan badiiy tus berligan hikoyalarni ijod qild. Aynan mana shu omillar
afsonalarning paydo bo‘lish manbasi hisoblanad.
3
Qadimgi afsonalar romantik adabiyotning paydo bo‘lishiga muhim manba bo‘lib
xizmat qiladi va keyingi davr adabiyotiga bo‘lgan ta’siri juda ulkan bo‘ladi. Realizm
uning ijodiyot asosi bo‘lsa, romontizm uning ijodiyot usulidir. Afsonalardagi
romantik rux, mardlik bilan yo‘g‘irilgan tasavvur keyingi davrlardagi yozuvchi va
2
Хитой адабиёти (Қадимги ва ўрта асрлар) / Ж.Зиямуҳамедов, О.Очилов.дарслик Т:2021 йил
3
Хитой адабиёти (Қадимги ва ўрта асрлар) / Ж.Зиямуҳамедов, О.Очилов.дарслик Т:2021 йил 13-14 бетлар
|
| |