|
Xitoy adabiyoti darslarida edvard de bononing "fikrlashning oltita shlyapasi" usulidan foydalanishning samarali yoBog'liq xitoy-adabiyoti-darslarida-edvard-de-bononing-fikrlashning-oltita-shlyapasi-usulidan-foydalanishning-samarali-yo-llariOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2021: 5.423
60
w
www.oriens.uz
December
2021
ko‘rinadigan o‘rinni egallaydi. Dunyo qanday paydo bo‘lgani va odamlar hayoti
qanday vujudga kelgani haqida turli miflarda turlicha hikoya qilinadi.
Bu miflar mazmunining bayoni va tahliliga o‘tishdan oldin shuni qayd etib
o‘tishni istar edikki, dunyo yaralishining mifologik versiyalari ularning soddaligi va
betakrorligi tufayli dunyo paydo bo‘lishining ko‘p sonli qadimgi adabiy
yodgorliklarda qayd etilgan naturfalsafiy sharhi paydo bo‘lganidan keyin ham xalq
orasida saqlanib qolgan. Masalan, xitoy naturfalsafasining qadimgi qarashlariga
muvofiq, dastavval olamda xaos stixiyasi – “xundun” hukm surgan, yer ham, osmon
ham, yorug‘lik ham, zulmat ham, kun ham, tun ham, yil fasllari ham mavjud
bo‘lmagan. Keyinchalik bu buyuk birlik parchalangan. Qarama-qarshi kuchlar
vujudga kelgan: “Yan” ieroglifi bilan ifodalanadigan yorug‘lik zarralari tepaga
ko‘tarilgan va shu tariqa osmon, quyosh, yoz, kun paydo bo‘lgan, “In” ieroglifi bilan
ifodalanadigan og‘ir zarralar esa pastga tushgan va natijada yer qattiq massasi
vujudga kelgan va u keyinchalik insoniyat beshigiga aylangan shu sabali aynan bir
mifda to‘xtalishdan oldin mifologiya to‘g‘risida umumiy bir tasavvurga ega bo‘lib
olishimiz kerak deb hisoblaymiz.
YaShIL ShLYaPA
kiygan talabalar guruhi kreativ guruh hisoblanib, mif
haqidagi g‘oyalarni o‘qishni tavsiya qilishning yengil yoki alternativ tomonlarini
ko‘rsatib berishga mo‘ljallangan – bu mifni o‘rganish orqali mushtariy xitoy
adabiyotini kelgusida chuqurroq o‘rganish uchun tamal toshi bo‘lib xizmat qilinishini
ta’kidlashadi.
KO‘K ShLYaPA
kiygan talabalar guruhi-jarayonni boshqarish o‘ylash
jarayonini nazorat qilish va tashkil qilish, shuningdek, qolgan shlyapalarni qo‘llash
uchun javobgardir.
Shlyapalar ma’lum rollarni ijro etish imkoniyatini beradi. Asosan, amaldagi
tafakkur, xatolarining ko‘pi uchun javobgar bo‘lgan, himoyalanuvchi ego bilan
chegaralanadi. Bu uslub diqqatni turli mavzularda o‘ylashga qaratishga yordam
beradi, uning yordamida talaba bir mavzudan ikkinchisiga osongina o‘tishi mumkin.
Qabul qilishning qiymati shundan iboratki, har qanday talaba har qanday vaziyatda
o‘z noroziligini bildirishi yoki aksincha, taklif qilingan hamma narsada rozi bo‘lishi
mumkin. Bundan tashqari talaba o‘z iste’dodini va his-tuyg‘ularini namoyon qilishi
mumkin. Bu usulning mohiyati odatdagi isbotlash jarayoni emas, balki fikrlarning
xar-xilligi va bir nazariya yoki ma’lumotlarga olti xil tomondan qarashdan iborat.
Albatta bu usulni qo‘llash uchun talabalarda tasavvur rivojlangan bo‘lishi kerak.
|
| |