Xitoy adabiyoti darslarida edvard de bononing "fikrlashning oltita shlyapasi" usulidan foydalanishning samarali yo




Download 470,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana29.05.2024
Hajmi470,38 Kb.
#256614
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xitoy-adabiyoti-darslarida-edvard-de-bononing-fikrlashning-oltita-shlyapasi-usulidan-foydalanishning-samarali-yo-llari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
SJIF 2021: 5.423 
59 
w
www.oriens.uz
December 
2021
 
shoirlarning tasavvur kuchini uyg‘otib, ularni ko‘plab abadiy detallar, badiiy 
oyurazlar bilan ta’minlanadi. 
4
Yana shuni ham hisobga olish lozimki, xitoy miflari va afsonalari asrlar 
mobaynida og‘izdan-og‘izga o‘tish jarayonida sezilarli darajada o‘zgargan. Bunga, 
jumladan, Si-van-mu
5
西王母
, haqidagi mif misol bo‘lishi mumkin. 
Qadimgi Xitoy mifologiyasida bu boqiylik sirini saqlovchi ayol Xudosidir. 
Qadimgi miflarda u g‘arbda joylashgan o‘liklar yurtining qudratli hukmdori, samoviy 
jazolar, kasalliklar, vabo, shuningdek, odamlarga yuboriladigan tabiiy ofatlarning 
bekasi sifatida tasvirlangan.
“Shanxayszin” – “Tog‘lar va dengizlar kitobi” yodgorligida Si-van-mu “qoplon 
dumi va yo‘lbars tishlariga ega bo‘lgan” yovuz va berahm mavjudot sifatida 
tasvirlangan va unga oziq-ovqatlarni uch oyoqli ko‘k (yoki yashil) muqaddas qushlar 
tomonidan keltirilishi aks ettirilgan. 
Qadimgi faylasuf Xuaynan-szi (miloddan avvalgi II asr) tavsifida Si-van-mu
aksincha, umr boqiylik siridan xabardor yaxshi ruh “Shen” timsoli sifatida namoyon 
bo‘ladi. Nihoyat, mashhur muarrix va olim Ban Gu (milodiy I asr) qalamiga mansub 
deb hisoblanadigan “U Xan haqidagi afsonalar”da Si-van-mu go‘zal malikaga 
aylanadi. 
Shu tariqa oq shlayapa kiygan talabalar guruhi Si-van-mu afsonasini nima 
sababdan o‘rganishlari kerakligi haqida aytib o‘tishadi. 
QIZIL ShLYaPA
kiygan guruh talabalari – ularda bu afsonani eshitishi bilan 
qanday xissiyotlar uyg‘ongani haqida fikr bildirishadi – ushbu mifni tinglash orqali 
Si-van-mu obrazida ular turli xis tuyg‘ularga berilganliklarini aytib o‘tishadi.
QORA ShLYaPA kiygan guruh talabalari – o‘z qarshi fikrlarini bildiradilar.
“Shanxayszin” – “Tog‘lar va dengizlar kitobi” yodgorligida Si-van-mu “qoplon dumi 
va yo‘lbars tishlariga ega bo‘lgan” yovuz va berahm mavjudot sifatida aks ettirilgan., 
bunday “yovrilishlar” qadimgi xitoy mifologiyasining boshqa qahramonlari, xususan 
Nyuyvaga ham xos. Maxluqlar insoniy qiyofa kasb etishida aynan miflarni o‘z 
ijtimoiy-tarixiy vazifalari, axloqiy-ma’naviy qarashlariga zid bo‘lganligi uchun ham 
uni o‘rganishimiz shart emas. 
SARIQ ShLYaPA
kiygan guruh pozitiv fikrlovchi guruh a’zolaridir- Xitoy 
mifologiyasida olamning va yerda hayotning kelib chiqishi mavzusi ko‘zga 
4
Хитой адабиёти (Қадимги ва ўрта асрлар) / Ж.Зиямуҳамедов, О.Очилов.дарслик Т:2021 йил 15-16 бетлар
5
Си-ван-му (айнан“Ғарб маликаси – онаси”, баъзан Цзинь-му – “Олтин она”) – дао ривоятларига кўра, 
Куньлунь тоғларидаги сеҳрли ғорларда яшайдиган ғарб мамлакатларининг афсонавий париси. 



Download 470,38 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 470,38 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xitoy adabiyoti darslarida edvard de bononing "fikrlashning oltita shlyapasi" usulidan foydalanishning samarali yo

Download 470,38 Kb.
Pdf ko'rish