|
Xitoy adabiyoti darslarida edvard de bononing "fikrlashning oltita shlyapasi" usulidan foydalanishning samarali yoBog'liq xitoy-adabiyoti-darslarida-edvard-de-bononing-fikrlashning-oltita-shlyapasi-usulidan-foydalanishning-samarali-yo-llariOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2021: 5.423
61
w
www.oriens.uz
December
2021
“Fikrlashning oltita shlyapasi” usuli talabalar uchun dolzarbdir, chunki yangi
darajadagi fikrlash, mantiqiy xotira, tanglangan barqaror e’tiborni shakllantirish
samarali bo‘ladi.
Oltita fikrlash shlyapasi – bu savol yoki fikrlarni xar xil tomondan o‘rganishga
imkon beradigan miyaga xujumning usullaridan biridir. Agar xitoy adabiyoti fanidan
talaba yoki guruh shlyapa kiyishga harakat qilsa, ular o‘z nuqtai nazaridan emas,
balki shlyapaning nuqtai nazaridan o‘ylay boshlashlari kerak bo‘ladi. Talabalar nima
haqida fikr yuritayotganliklarini bilsalar, matnni yaxshi o‘zlashtirsalar, faoliyat juda
samarali, qiziqarli va foydali bo‘ladi. Adabiyot darslarida “Oltita fiklaydigan
shlyapa” dan foydalanish adabiyot va boshqa san’at turlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni
to‘g‘ri topish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yordam beradi.
Badiiy tizimlar tili, turli manbaalar ko‘payib bormoqda, buning natijasida muallifning
pozisiyasini tushunish to‘g‘ri fikr bildirish, uni qabul qilish va o‘zini mustaqil fikrini
to‘g‘ri izohlash hozirgi kunda dolzarb masalalardan biriga aylangan.
XULOSA
Shunday qilib, “Fikrlashning oltita shlyapasi” usulidan foydalanish nafaqat
ma’lum bilimlarni talabalarga yetkazish, balki ularni xitoy adabiyoti fanidan bilim,
ko‘nikma va malakalarni egallashga o‘rgatish imkonini beradi. Talabalar ulardan
yangi tezkor bilim vazifalarni hal qilishda foydalanish, o‘zini o‘zi qadrlashi, fikr
yuritishi, o‘z manfaatlarini boshqalarning manfaatlari bilan bog‘lay olishi kerak.
Xulosa qilib aytganda “Fikirlashning oltita shlyapasi usuli” yordamida Xitoy
adabiyoti darslarida auditoriyada o‘tirgan talabalarda o‘tilayotgan mavzu bo‘yicha 6
ta rakursdan qarash fikr bildirish va uni rivojlantirish amalga oshiriladi.
|
| |