Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2021: 5.423
56
w
www.oriens.uz
December
2021
adabiyoti fanining dasturda belgilangan mavzularidan biri bo‘lgan “Qadimgi xitoy
afsonalari” mavzusini “Fikrlashning oltita shlyapasi” usuli yordamida o‘qitishning
o‘ziga xos xususiyatlari xaqida to‘xtalib o‘tamiz.
ADABIYOTLAR VA METODLAR
“Fikrlashning oltita shlyapasi” usuli birinchi
marta ingliz psixologi va
yozuvchisi Edvard de Bono tomonidan tavsiya qilingan. Bu usul paralel fikrlashni
rivojlantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi, muammoni turli tomondan ko‘rsatishga
yordam beradi va
maqbul yechimlarni aniqlaydi, vaziyatni har xil nuqtai nazardan
ko‘rib chiqishga imkon beradi.
1
Talabalar uchun tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasining
asoschilari
ta’lim jarayoniga “Olti bosh kiyim” metodini “Fikrlashning oltita shlyapasi” deb
moslashtirishgan. Bu usul muammoni (yangi ma’lumotlar, matn) o‘rganishni oqilona
tashkil etishga va baholash va idrokning turli jihatlarini aniqlashga yordam beradigan
birgalikdagi (guruhli) kognitiv faoliyat usulidir.