Geoaxborot tizimining ilmiy
asoslari
183
Access - 2010 yordamida uning ma’lumotlariga qo‘shish,
olib tashlash yoki
tahrirlash mumkin.
Parol yordamida ma’lumotlar bazasini himoyalash.
1. Ma’lumotlar bazasini yopish. Ma’lumotlar bazasining ortiqcha nusxasi
tayyorlanadi va ishonchli joyda saqlanadi.
2. “Fayl” menyusidan “Oching” buyrug‘i tanlanadi.
3. Strelka “Oching” tugmasidan o‘ngga
buriladi, “Monopol” varianti
tanlanib ma’lumotlar bazasi ochiladi.
4. “Servis” menyusida “Himoya” va “Ma’lumotlar bazasi parolini bering”
kichik buyrug`i tanlanadi.
5. «Parol» hoshiyasiga parol registrni hisobga olgan holda kiritiladi.
6. «Tasdiqlash» hoshiyasiga parolni yana
bir marta kiritish bilan uni
tasdiqlanadi, shundan so‘ng «OK» tugmasi bosiladi.
7. Parol qo‘yiladi. Ma’lumotlar bazasini foydalanuvchi tomonidan
navbatdagi ochishda dialog oynasi kiritiladi va unga parol yoziladi.
Agar parol yo‘qotib qo‘yilsa, uni tiklash mumkin bo‘lmaydi va
ma’lumotlar bazasi ochilmaydi.
Ma’lumotlar bazasi parolini olib tashlash tartibi:
1. «Fayl» menyusida «Oching» buyrug`i tanlanadi.
2. Strelka «Oching» tugmasidan o‘ngga buriladi, «Monopol» buyrug`i
tanlanadi va ma’lumotlar bazasi ochiladi.
3. «Parolni kiritish zarur» dialog oynasiga ma’lumotlar
bazasi paroli
kiritiladi va «OK» tugmasi bosiladi. Parollar registr belgilarini hisobga oladi.
4. «Servis» menyusida «Himoya» va «Ma’lumotlar bazasi parolini olib
tashlang» buyruqlari tanlanadi. Bu buyruqlardan faqatgina ma’lumotlar bazasiga
oldin parol belgilangan taqdirdagina foydalaniladi.
5. «Ma’lumotlar bazasi parolini olib tashlang»
dialog oynasiga mavjud
parol kiritiladi.
6. «OK» tugmasi bosiladi.
«Yeravtobank» dasturi uchun hujjatlar ro‘yxati (namunaviy ko‘rinishda):