SQL serverlarga va tarmoqda ishlashga qulay boʻlishi
uchun ichki
oʻrnatilgan SQL ta’minoti;
geografik obyektlarni multimedia vositalari bilan birlashtiruvchi
Application Linking tizimi;
raqamlashtirishda qoʻllaniladigan barcha digitayzerlar bilan birga ishlash
imkoniyati;
rastr va vektor tasvirlar bilan
ishlash imkoniyati;
bir qismi rastr va bir qismi vektordan tashkil topgan va soni 250 tagacha
boʻlgan qatlamlar bilan ishlash imkoniyatlari.
AtlasGIS tizimida “What You See Is What You Map” tamoyili qoʻllanilgan,
ya’ni “Nimani koʻrsang, oʻshani kartaga tushirasan” qabilida. AtlasGISning boshqa
GAT dasturlaridan farqi shundaki, u maxsus makrotil yordamida emas, balki keng
tarqalgan MS Visual Basic va S tillari yordamida dasturlanadi. Bu esa, oʻz
navbatida, dasturdan foydalanuvchilarga qoʻshimcha algoritmlarni yaratish
imkonini beradi.
Bu tizimning kamchiligi uning qimmatligidir.
Boshqa dasturlarda keng
tarqalgan DXF-formatni AtlasGIS tushunadigan formatga oʻzgartiradigan alohida
konvertir mavjud boʻlib, u qoʻshimcha ravishda sotiladi. Vaholanki,
bunday
konvertirlash boshqa dasturlar doirasiga kiritilgan.