FAZOVIY MA’LUMOTLAR VA ULARNING TURLARI




Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/32
Sana17.01.2024
Hajmi1,23 Mb.
#139590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
Xomidov Muzaffarning
download, Dasturlash asoslari, 6 5A21101-Adabiyotshunoslik(o\'zbek adabiyoti) Dastur, Web, Amaliyot hisoboti, Ahmadjonov Sherbek , 1, 10, 9 jadid, 2 4м elektron тижорат raqamli imzo, obektivka-namuna-uzb, Haydash cho’kma hosil qilish, ekstraksiya xromotografiya ajratis-fayllar.org (1), 2. Bеnzin sifatiga qo`yiladigan ekspluatatsion talablar Bеnzinla-fayllar.org, avto, 8-mashg`ulot
FAZOVIY MA’LUMOTLAR VA ULARNING TURLARI
Geoaxborot tizimida ma’lumotlar tushunchasi
Qadimdan kishilar geografik ma’lumotlarni turli xil usullar bilan koʻrsatib
kelishgan va zamon oʻtishi bilan geografik ma’lumotlarni tasvrilash usullari ham
takomillashib borgan. Geografik ma’lumotlarni tasvirlash usullaridan birinchilari bu
joy toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kartada tasvirlash boʻlgan. Keyinchalik esa
kartalarga shartli belgilar va koordinatalarni kirita boshlashgan. Agar dastlabki
kartalar qoʻl yordamida chizilgan va kiritilgan hamda shartli belgilar oʻsha oʻzlari
yashab turgan jamiyat miqyosida foydalanishga moʻljallangan boʻlsa, keyinchalik
qoʻlda emas, balki bosma uskunalarda va shartli belgilar ham oʻzaro kelishilgan
holda umumjahon miqyosida qoʻllanila boshlangan.
Shu oʻrinda ma’lumot va axborot tushunchalariga ham toʻxtalib oʻtishimiz
zarur, chunki bu ikki tushuncha bir-biriga yaqin boʻlganligi va koʻpincha birga
qoʻllanilganligi sababli chalkashlikka olib kelishi mumkin.
Ma’lumot – bu qayta ishlanmagan, tizimlashtirilmagan xom faktlar
yigʻindisidir. Ma’lumot sifat va son qiymatlarida boʻlishi mumkin hamda oʻlchov
natijalari asosida hosil qilinadi. Geoaxborot tizimidagi dasturlarda ma’lumot
jadvalda keltirilishi mumkin. Ma’lumot qayta ishlanib, tahlil etilganidan soʻng u
axborotga aylanadi. Ma’lumotni oʻqiganda biz faqat sonlarni koʻrsak, axborotda
ma’lumotlar tartibli koʻrinishga keltiriladi va aynan shu ma’lumotni koʻrmasak-da,
ular asosida qayta ishlangan natijani koʻrishimiz mumkin boʻladi. Tushunarli
boʻlishi uchun soddaroq misol sifatida talabalarning imtihon natijalarini
keltirishimiz mumkin. Agar har bir talabaning imtihon natijasi ma’lumot hisoblansa,
u holda auditoriyadagi yoki umuman institutdagi talabalarning oʻrtacha bahosi,
oʻzlashtirish koʻrsatkichi axborot deb ataladi.
Quyida ma’lumot va axborot oʻrtasidagi farqlar keltirilgan:
 ma’lumotni kompyuter tizimiga kiritish uchun qoʻllaymiz, oʻsha ma’lumot
qayta ishlangandan keyin axborotni natija sifatida undan olamiz;
 ma’lumot qayta ishlanmagan faktlar, sonlardir, axborot esa qayta ishlangan
ma’lumotlardir;
 ma’lumot axborotga bogʻliq emas, ammo axborot unga bogʻliq;
 ma’lumot oʻziga xos emas, axborot esa oʻziga xosdir;
 ma’lumot hech qanday ma’no bildirmaydi, axborot esa mantiqiy ma’no
bildirishi kerak;


 ma’lumot xomaki material hisoblansa, axborot tayyor mahsulotdir.
1-rasm. Qayta ishlanmagan ma’lumot − kosmik surat (a) va qayta ishlangan
ma’lumot, ya’ni axborot (b)

Download 1,23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



FAZOVIY MA’LUMOTLAR VA ULARNING TURLARI

Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish