Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"




Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/32
Sana17.01.2024
Hajmi1,23 Mb.
#139590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Xomidov Muzaffarning
download, Dasturlash asoslari, 6 5A21101-Adabiyotshunoslik(o\'zbek adabiyoti) Dastur, Web, Amaliyot hisoboti, Ahmadjonov Sherbek , 1, 10, 9 jadid, 2 4м elektron тижорат raqamli imzo, obektivka-namuna-uzb, Haydash cho’kma hosil qilish, ekstraksiya xromotografiya ajratis-fayllar.org (1), 2. Bеnzin sifatiga qo`yiladigan ekspluatatsion talablar Bеnzinla-fayllar.org, avto, 8-mashg`ulot
2. Gorizontal datum
Datumning yana bir boshqa ta’rifi – bu referens-ellipsoidni mahalliy
geografik koordinatalarga transformatsiyalash va koʻchirish uchun xizmat qiladigan
parametrlar toʻplamidir.
Datum tushunchasi geodeziya va kartografiyada geoid shaklni berilgan yoki
oʻrganilayotgan joyning geoid shakliga iloji boricha yaqinlashtirish uchun
qoʻllaniladi. Bunda datum parametrlari referens-ellipsoidni X,Y,Z oʻqlar orqali
koʻchirish hamda dekart koordinata sistemasi tekisligida oʻqlarni rX, rY, rZ


burchaklar ostida burib beriladi. Bunda albatta referens-ellipsoidning parametrlari
hisoblangan а va f ni, ya’ni a – katta yarim oʻq va f – ellipsoid siqilishini bilish zarur.
Datumga siz GPS priyomnik(qabul qilgich) yoki GNSS bilan ishlaganda va mahalliy
koordinata sistemasida ishlamoqchi boʻlganingizda duch kelasiz.
Shuni nazarda tutish kerakki, datum aniqlanayotgan joyning yerdagi
joylashuvini maksimum yaqinlashtirish uchun ishlatiladi. Agar siz WGS-84 da
berilgan koordinata asosida joylashtirmoqchi boʻlsangiz, u holda mahalliy
koordinata asosida yaratilgan kartalaringizga aniq ustma-ust tushmasligi mumkin,
balki farqi bilan (bir necha metrdan bir necha yuz metrgacha) tushadi.
Oʻlchamlari aniqlangan va yer sirtida ma’lum holatda oriyentirlangan
(joylashtirilgan) ellipsoidga referens-ellipsoid deyiladi. Bunday ellipsoidning sirti
geoid sirti bilan faqat yerning qaysidir qismida mukammal darajada mos keladi,
shuning uchun ham alohida davlat yoki hududlar uchun ishlab chiqilgan referens-
ellipsoid shakli oʻsha joy uchun aynan mos keladigan sirt hisoblanadi. Mamlakat
hududida yagona koordinatalar sistemasini joriy etish va geodezik oʻlchashlarni
amalga oshirish uchun referens-ellipsoidlar qonun bilan rasmiylashtirilgan holda
qabul qilinadi.
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) mamlakatlarida va Oʻzbekistonda
geodezik oʻlchashlarga asos sifatida Krasovskiy referens-ellipsoidi qabul qilingan.
2-rasm. Ellipsoid
Quyida xalqaro va ma’lum bir hududlar uchun qoʻllaniladigan datumlar
toʻgʻrisida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.
WGS-84 (World Geodetic System, 1984) umumjahon datumi boʻlib, u
geomarkazlashgan ellipsoidga asoslangan va parametrlari sun’iy yoʻldoshlar orqali
aniq hisoblangan. Ushbu datum GPS va GNSS tizimlarida hamda AQSH hududi
uchun asos boʻlib qoʻllaniladi. Ushbu datum boshqa nom bilan geomarkazlashgan


datum deb ham yuritiladi va hozirgi kunda u geomarkazlashgan yagona datum
hisoblanadi.
Pulkovo-42 (SK-42, Koordinata sistemasi, 1942) mahalliy datum turkumiga
kiradi va Krasovskiy ellipsoidiga (1940) asoslangan boʻlib, MDH hududida,
jumladan Oʻzbekistonda ham qoʻllaniladi.
PZ-90 (Yer parametrlari, 1990). Mazkur datum ham umumjahon yoki global
datum turiga kiradi. Chunki hozirgi GNSS turkumida chiqarilayotgan tizimlar
Rossiyaning GLONASS tizimida ham ishlaydi. Ushbu tizim asosan Rossiya
Federatsiyasi hududida qoʻllaniladi.
NAD-27 (North American Datum, 1927) va NAD-83 (North American
Datum, 1983) Shimoliy Amerika qit’asi uchun asos boʻlib xizmat qiladigan mahalliy
datumlar hisoblanadi.
Yuqoridagilardan tashqari, Hindiston, Yaponiya, Yevropa hududlari uchun
moʻljallangan datum mavjud boʻlib, oʻz navbatida, ular ham turli referens-
ellipsoidlarga asoslanadi.
3-rasm. Mahalliy va umumjahon datumlari orasidagi farq
Yuqoridagi rasmdan koʻrinib turibdiki, mahalliy datum Yerning shakliga
ma’lum bir joylarda mos keladi, lekin uning markazi Yerning markazi bilan mos
kelmaydi. WGS-84 datumi markazi esa aynan Yerning haqiqiy shaklining markazi
bilan mos keladi.
Geodezik tizim yoki geodezik ma’lumotlar geodeziya va kartografiyada
hamda sun’iy yoʻldoshlar navigatsiya tizimida obyektlarning yerdagi haqiqiy


joylashuvini moslash uchun zarur boʻladi. Bunday tizimlarning zarurligi Yer
shaklining nomukammal ellipsoid ekanligidan kelib chiqadi.
Mutaxassislar orasida Datum tushunchasi ma’lum geodezik tizimni aniqlash
uchun qoʻllaniladigan qiymatlar yigʻindisi sifatida qaraladi. Oʻz navbatida, turli
hududlar uchun aniq bir moslashgan datumlar qoʻllaniladi. Datumlar orasida
koordinatalarning bir-biridan farqlanishi, ya’ni berilgan nuqtaning yer yuzasida turli
joylashishi farqi datum siljishi (Datum shift) deb ataladi. Quyidagi rasmda ma’lum
bir obyektning turli datumlarda yer yuzasida joylashishi koʻrsatilgan.
4- rasm. Turli datumlarning markazlashgan datumga nisbatan siljishi
Berilgan ikki datum orasidagi datum siljishi bir joydan boshqa bir joyga
nisbatan va bir mamlakat yoki hududga nisbatan oʻzgaradi va bu oʻzgarish Yerning
markazi – 0 (nol) dan bir necha yuzlab metrgacha, ba’zida esa kilometrlargacha
boʻlishi mumkin. Datumlar Yerning shakliga maksimal yaqinlashish uchun oʻz
hududiga qarab turli birliklar va qiymatlarni qoʻllaydi. Quyidagi jadvalda
geomarkazlashgan datumlar va ularning qiymatlari berilgan.
1-jadval


Demak, yuqoridagi fikr va mulohazalar asosida datumni referens-ellipsoid
emas, balki yerdagi obyektlarning joylashuvini hisoblash jamlanmasi yoki modeli
sifatida qarashimiz zarur boʻladi. Bunday datum mutaxassislar tilida gorizontal
datum deyiladi. Gorizontal datum turiga qarab yerdagi obyektning joylashuv
koordinatasi turlicha boʻladi. Hozirda dunyoda bir necha yuzlab mahalliy datumlar
mavjud va ular oʻsha joy uchun qulay boʻlgan tizimlarga referenslanadi.
Ma’lumki, dunyo boʻyicha xalqaro hisoblangan datum WGS-84 asosan GPS
tizimi uchun ishlab chiqilgan boʻlib, undan olingan koordinatani mahalliy referens-
ellipsoidga asoslangan koordinata sistemasiga moslashtirish zarur, aks holda bir
necha metrdan hatto yuzlab metrgacha farq qilishi mumkin. Bunday farqni bartaraf
etish uchun koordinata sistemalari transformatsiya qilib oʻzgartiriladi.

Download 1,23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"

Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish