Ma’lumotlarni fotogrammetrik tahlil qilish




Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/32
Sana17.01.2024
Hajmi1,23 Mb.
#139590
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Bog'liq
Xomidov Muzaffarning
download, Dasturlash asoslari, 6 5A21101-Adabiyotshunoslik(o\'zbek adabiyoti) Dastur, Web, Amaliyot hisoboti, Ahmadjonov Sherbek , 1, 10, 9 jadid, 2 4м elektron тижорат raqamli imzo, obektivka-namuna-uzb, Haydash cho’kma hosil qilish, ekstraksiya xromotografiya ajratis-fayllar.org (1), 2. Bеnzin sifatiga qo`yiladigan ekspluatatsion talablar Bеnzinla-fayllar.org, avto, 8-mashg`ulot
Ma’lumotlarni fotogrammetrik tahlil qilish
Ma’lumki, fotogrammetriyada yer yuzasini samolyot yoki kosmik
apparatlarga oʻrnatilgan fotoapparatlar yordamida olingan aerokosmik suratlardan


foydalanib plan, karta tuzishga e’tibor qaratilgan bo’lib, bunda yer modelini
yaratishga katta ahamiyat beriladi. Hosil qilingan modeldan haqiqiy
georeferenslangan yer koordinatalarini olish uchun nazorat nuqtalari yordamida
suratlarni referenslash kerak (qoʻl yordamida raqamlashtirish jarayoni bilan bir xil).
Nazorat nuqtalari yer syomkasi yoki GPS yordamida aniqlanadi.
Oʻlchovlar stereoplotter deb ataladigan qurilma yordamida bir-biriga qoplanib
hosil qilingan juft suratlardan olinadi. Bu qurilma yordamida model yasaladi va uch
oʻlchamli oʻlchovlar olinadi, tahrir qilinadi, yigʻiladi hamda ma’lumot va grafiklar
kartaga chiqariladi. Stereoplotterlarning rivojlanish bosqichlari 3 turga: analog
(optik), analitik va raqamli kabilarga boʻlinadi. Hozirgi kunda mexanik analog
stereoplotterlar kam ishlatiladi.
Eng koʻp ishlatiladigan qurilma turi analitik (analog va raqamli
stereoplotterlarning oʻzaro yigʻindisi) va raqamli (toʻlaligicha kompyuter tizimi
orqali ishlaydi) stereoplotterlardir. Ishonch bilan aytish mumkinki, hozirgi kunda
kompyuter texnologiyasi rivojlanishi bilan mexanik qurilmalar oʻrnini toʻlaligicha
raqamli stereoplotterlar egallab oladi. Stereomodellarni koʻrishning turli yoʻllari
mavjud va ulardan keng tarqalgani bu tekis ekranga ega boʻlgan oddiy stereoskop
va kompyuter ekranidagi qizil/yashil tasvirlarni yoki qutb nurlarini maxsus
koʻzoynaklar orqali koʻrishdir.
Uch oʻlchamli tekislikdagi tasvirlarni boshqarish uchun fotogrammetriya
tizimidagi kompyuterlar uch oʻlchamli kursorga ega boʻlgan sichqoncha va qoʻl
yordamida boshqariladigan qurilmalar bilan jihozlangan boʻladi. Bu esa, oʻz
navbatida, kursorlarning ham uch oʻlcham, ya’ni X, Y, Z boʻylab harakatlanish
imkoniyatini beradi. Uch oʻlchamli modellardan vektor obyektlarni olish turlari qoʻl
yordamida raqamlashtirish kabi avtomatik, yarim avtomatik va qoʻl yordamida
turlariga boʻlinadi. Birgina farq mazkur turda Z balandlik qiymati ham hisobga
olinishi lozim.


2-rasm. An’anaviy fotogrammetrik jarayon
2-rasm raqamli fotogrammetriyadagi an’anaviy ish jarayonini koʻrsatib
beradi. Bu yerda koʻrinib turganidek (ya’ni 3 xil rangda), raqamli fotogrammetriya
3 ta muhim qismga ega. Bu qismlar ma’lumot kiritish, ma’lumotni qayta ishlash
hamda karta va boshqa ma’lumotlarni nashr etishdir. Moʻljallash (oriyentatsiya) va
triangulatsiya bu fotogrammetriyada ma’lumotni qayta ishlashning asosiy
vazifalaridan biridir. Moʻljallash deganda biz aniq koʻrish uchun stereomodellarni
yaratish va bu modellardan keyin geografik obyektlarni tasvirlash uchun uch
oʻlchamli 
vektor koordinatalarni 
olish 
jarayonini 
tushunishimiz 
zarur.
Triangulatsiya bu katta maydonlar haqida aniq va oʻzgarmas axborot olish uchun bir
necha tasvirlarni umumiy bir modelga birlashtirish jarayonidir.
Raqamli fotogrammetriya ish jarayonining mahsuli turkumiga raqamli relyef
modeli (DEM – Digital Elevation Model), konturlar, ortotasvirlar, vektor birliklar
va albatta uch oʻlchamli koʻrinish (3D Scene) lar kiradi. Raqamli relyef modeli
(DEM) bu balandlik qiymatlarining toʻgʻri oʻqlaridir. DEM juft stereotasvirlarni
oʻzaro nazorat nuqtalari yordamida birlashtirishdan hosil qilinadi. DEM hosil
qilinganda maxsus algoritmlar yordamida konturlarni olish aniq boʻladi.
Ortotasvirlar bu DEM yordamida joyning past-balandliklaridagi oʻzgarishlarni


hisobga olib toʻgʻrilangan tasvirlardir. Bu tasvirlar hozirgi kunda kamxarajatliligi
tufayli koʻp ishlatilmoqda. Bunday turdagi tasvirlarni qoʻl yordamida tasvirlash
jarayonida aniq ma’lumot manbayi sifatida ham ishlatishimiz mumkin.
Vektor xususiyatlarni olish boʻlimi ustida uni rivojlantirish boʻyicha hozirgi
kunga qadar ishlar olib borilmoqda, chunki haligacha bu boʻlim toʻlaligicha
avtomatlashtirilmagan. Eng koʻp qoʻllaniladigan usul spektral tahlil va fazoviy
qoidalarni birlashtirish orqali xususiyatlarni olishdir. Oxirgi boʻlim, ya’ni uch
oʻlchamli (3D) koʻrinish esa hosil qilingan vektor xususiyatlar va DEM, ortotasvirlar
bilan bogʻlab birlashtirishdan paydo boʻladi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, fotogrammetriya bu samarali ma’lumot olish
texnikasidir. Ba’zida esa ma’lum obyektning topografik ma’lumotini olishning eng
yagona amaliy usuli ham boʻlishi mumkin. Noqulaylik taraflaridan biri bu ishning
qiyinligi va qurilmalarning qimmatligidir. Bu esa ulkan masshtabdagi joylarning
ma’lumot olish ishlarini chegaralab qoʻyadi.

Download 1,23 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlarni fotogrammetrik tahlil qilish

Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish