GEOFAZOVIY TAHLIL
Geofazoviy ma’lumotlar tahlili
GATda ma’lumotni geofazoviy ma’lumot
deb atasak, birmuncha toʻgʻri
boʻladi. Chunki bu tizimda asosan har bir nuqta va har bir chiziq oʻzining
joylashuviga qarab turli koordinatalarga ega boʻladi hamda bu koordinatalar
jamlanib, joy toʻgʻrisida umumiy tushuncha hosil qilinadi. Kelgusida esa u fazoviy
tahlil va boshqa turdagi tahliliy ishlarga asos boʻlib xizmat qiladi. Geofazoviy
ma’lumotlarning manbayi
bu raqamlangan kartalar, aerofotosuratlar, kosmik
suratlar, statistik jadvallar va GATga bogʻliq boʻlgan boshqa ma’lumotlar boʻlishi
mumkin.
Bundan tashqari, geofazoviy ma’lumotlar bevosita syomka (GPS syomka,
geodezik asboblar yordamidagi syomka) natijalaridan ham atribut ma’lumot sifatida
olinishi mumkin. Oldingi boblarda aytilganidek, ma’lumot olishning yana bir qulay
yoʻli bu ma’lumotni sotib olishdir. Geografik ma’lumotlarni olgandan soʻng bu
ma’lumotlar oʻzaro bir-biriga ma’lumotlar bazasi orqali bogʻlanishi kerak. Bu esa,
oʻz
navbatida, kartadagi va bazadagi ma’lumotlarni bir-biriga bogʻlab, yagona va
umumiy ma’lumot olish imkoniyatini beradi.
Fazoviy yoki geofazoviy tahlil bu modellashtirish,
aniqlash va model
natijalarini oʻzgartirish jarayonidir. Model tasvirlash va boshqarish mumkin boʻlgan
raqamli formatning joy toʻgʻrisidagi haqiqiy tushunchasini namoyon qiladi. Fazoviy
tahlil jarayoni moslikni aniqlash, baholash va prognozlash, oʻzgartirish va tushunish
kabi ishlarda muhim sanaladi. GATning eng muhim vazifalaridan biri ham
geofazoviy ma’lumotlar va ularning atributlarini qaror qabul qilish uchun tahlil
qilishdir. Geofazoviy ma’lumotlar joy toʻgʻrisidagi haqiqiy axborotlarga ega boʻlish
va ma’lumotlarni tahlil qilish hamda oʻzgartirish uchun qoʻllaniladi. Shuning uchun
ham geofazoviy tahlil oddiy arifmetik amallardan
mantiqiy model tahlillariga
boʻlinadi.
Tahliliy imkoniyat GATning yutugʻi hisoblanadi. Fazoviy tahlil ishlarining
mavjudligi GATni boshqa axborot tizimlaridan farqlovchi muhim omillardan biridir.
Boshqa axborot tizimlaridagidek ma’lumot olish yoʻllari bir xil boʻlsa-da, tahliliy
ishlar va unga ketadigan vaqt eng katta farqlovchi omil hisoblanadi. Geotahlil
natijalari
keyinchalik karta, hisobot, diagramma orqali tasvirlanib, foydalanuvchiga
yetkaziladi.