Rastr formatning qulaylik taraflaridan biri – u raqamli relyef modeli (DEM)
ni hosil qilishi mumkin.
Rastrlash. Rastrlashni berilgan analog yoki qogʻoz koʻrinishidagi
tasvirni
raqamli koʻrinishga keltirib, raqamli tasvir olish jarayoni sifatida tushunish mumkin.
Bundan tashqari, vektor formatdan rastr formatga keltirish orqali ham rastrlash ishi
amalga oshirilishi mumkin. Qogʻoz koʻrinishidagi tasvirni rastrlashning eng keng
tarqalgan usuli bu skanerlash jarayonidir. Oldin ta’kidlanganidek, ishlatish
maqsadiga koʻra oddiy yoki maxsus skanerlardan foydalanish mumkin.
Quyida
skaner yordamida rastrlash jarayonini tushuntirib oʻtamiz.
Skanerlash (scanning) – skaner yordamida analog tasvirni raqamli (rastr)
formatga keltirish jarayoni. Skanerlash jarayonida grafik va kartografik
ma’lumotlarni vektor koʻrinishga keltirish uchun kerakli boʻlgan bosqichlar amalga
oshiriladi. Bu jarayonda skanerdan tashqari raqamli videokamera,
fotoapparat va
grafoqurilma kabi moslamalar ham qoʻllanilishi mumkin.
GATda
ishlatish
uchun
oddiy
koʻrinishdagi
mediama’lumotlarni
skanerlashning uch muhim sabablari mavjud:
hujjatlar, jumladan bino-inshootlar plani, CAD chizmalari va binoni kadastr
hujjatlari asosida oʻrganish uchun ma’lumot saqlashni takomillashtirish hamda
ma’lumotlarni geografik jihatdan indeksatsiya qilish;
negativ (fotoplyonka), qogʻoz kartalar, aerofotosuratlar
va tasvirlar boshqa
ma’lumotlarga nisbatan geografik bogʻlanishi uchun skanerlanadi hamda
geokodlanadi (odatda bunga vektorlash misol boʻladi);
kartalar, aerofotosuratlar va tasvirlar vektorlashdan va bazada fazoviy tahlil
qilinishidan oldin skanerlanadi.
GATda qatlamlarni hosil qilish uchun 8 bit (256 rangli) 400 dpi (16
nuqta/mm) xususiyatiga ega boʻlgan skaner yoki
skanerlash jarayoni orqali
kartalarni skanerlash juda yaxshi tanlovdir. Fazoviy tahlil qilish uchun olinadigan
rangli aerofotosurat uchun 8 bit 900 dpi xususiyatiga ega boʻlgan skaner yoki
skanerlash (skanerni ichida moslab olsa boʻladi) koʻproq mos keladi. Skanerlash
natijasida hosil qilingan ma’lumotning
sifati asl nusxa holati, skanerlovchi
qurilmaning sifati va skanerlash oldi tayyorgarligiga bogʻliq boʻladi. Skanerlashning
kamchiliklaridan biri bu ba’zida optik qurilmalarda tasvirning buzilib qolishi va
keraksiz tasvirlarning hosil boʻlishidir. Tasvirning tiniqligini oshirishimiz keraksiz
qoʻshimcha tasvirlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Agar tasvirning tiniqligini
kamaytirsak, bizga kerakli boʻlgan kichik obyektlar tushmay qolishi mumkin.