2. Maqsadiga qarab:
joyni va modellashgan operativ
axborotlarni tasvirlash uchun;
alohida va jamoaviy foydalanuvchilarga bir vaqtning oʻzida
tasvirlash uchun.
3. Koʻrinishi va masshtabiga qarab:
shaharlarning elektron planlari masshtablari: 1:10 000, 1:25 000;
elektron topografik kartalar masshtablari: 1:25 000, 1:50 000,
1:100 000, 1:200 000, 1:1 000 000;
elektron aviatsion kartalar masshtablari: 1:500 000, 1:10 000 000,
1:20 000 000, 1:40 000 000.
elektron mavzuli kartalar.
4. Axborotlarni namoyish etish usuliga qarab:
ikki oʻlchamli;
uch oʻlchamli;
toʻrt oʻlchamli (fazoviy-vaqtli) (
X, Y, Z, T).
5. Namoyish etish koʻrinishiga qarab:
vektor;
rastr.
Vektor format deganda kartografik axborotlarni yoʻnalishi va uzunligiga
ega boʻlgan vektor koʻrinishida tasvirlash usuli tushuniladi.
Rastr format deganda esa kartografik ma’lumotlarni matritsa koʻrinishida
tasvirlash tushuniladi.
Rastr – bu oʻzining koordinata sistemasiga va har biri oʻzaro bogʻlanmagan
tavsifga ega boʻlgan kataklar jamlanmasidir.
Vektor – bu bir-biri bilan bogʻlangan
va oʻzaro ta’sir etadigan koordinatalar jamlanmasi hisoblanadi.
Fazoviy ma’lumotlarni rastr va vektor usulida tashkillashtirish tuzilmasiga
geografik axborotlarni modellashtirishda mutlaqo farqli yondashiladi,
lekin bir-
birini toʻldiradi. Har ikkala shakl ham oʻz kamchiliklari va ustunliklariga ega.
Qidiruv maqsadiga qarab oʻrganilayotgan obyekt uchun tez va samarali
yechimlar chiqarish uchun u yoki bu tuzilma tanlanadi. Har ikkala tuzilma
birgalikda ishlatilishi mumkin, bunda rastrdan vektor modelga oʻtish algoritmidan
yoki aksincha, vektordan rastrga oʻtish algoritmidan foydalaniladi.
5.11-rasm. Rastr format ustidan
bajarilgan vektor amallar
(Manba: Internet)
Ma’lumotlarning vektor modeli barcha fazoviy rastr modellar ustidan
tuziladi. Bular ma’lumotlarni saqlashni osonlashtiradi, tizim xotirasida kam joyni
egallaydi va shu bilan birga vaqtni tejaydi. Obyektning vektor modeli nuqtalarni
toʻgʻri chiziqlar, egri chiziqlar va siniq chiziqlar bilan bogʻlash usulida amalga
oshiriladi. Maydonli obyektlar – areallar chiziqlar jamlanmasi orqali tuziladi (5.11-
rasm).
Ma’lumotlarni rastr modellashtirish nisbatan oson boʻladi, bunda butun
obyekt oʻzaro bogʻliq boʻlgan fazoviy katakchalarda tasvirlanadi. Obyektning
rastr modelidagi har bir yacheyka oʻlchami boʻyicha bir xil, lekin tavsifi (rangi,
zichligi) boyicha har xil boʻladi.
Agar vektor model u yoki bu obyekt qayerda joylashganligi
haqida axborot
bersa, rastr model hududning u yoki bu nuqtasida nima joylashganligi haqida
axborot beradi. Bu rastr modelning asosiy ustunligi boʻlib, yuzaning uzluksiz
tasvirlanishini koʻrsatadi. Rastr modelda ikki oʻlchamli fazoviy element – piksel
ishlatiladi. Piksellarning birlashgan va tartiblangan jamlanmasi rastrni tashkil etadi,
bu esa, oʻz navbatida, karta yoki geoobyekt modelini tasvirlaydi. Vektor model
binar va kvazibinarga bogʻliq.
Elektron kartalarni (EK) tuzish jarayoni quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga
oladi:
1. Kartografik axborotlarni raqamli shaklga avtomatlashgan holda uzatish.
2. Raqamli kartografik axborotlarni shartli belgilash va EKlarni avtomatik tuzish.
3. EK bilan ishlashda foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarni
boshqarish tizimini
ishlab chiqish.
Topografik axborotlarni tasniflash. Topografik axborotlarni tasniflash
obyektni kartografik axborotlardan foydalanishni avtomatlashtirish va 1:25000 –
1:1000000 masshtabli grafik kartalarda tasvirlash uchun xizmat qiladi. Axborotlar
quyidagi 8 ta sinfga boʻlinadi:
1. Mavzuli
elementlar va planli, balandlik asoslari elementlari.
2. Relyef.
3. Gidrografik va gidrotexnik inshootlar.
4. Aholi yashash punktlari.
5. Ishlab chiqarish, qishloq xoʻjalik va madaniy-maishiy obyektlar.
6. Yoʻllar.
7. Oʻsimliklar.
8. Chegaralar.
Qoʻshimcha sinflar kartalarda yozuvlar bilan koʻrsatiladi.