barcha koʻchalarni kengligiga qarab tasniflashimiz va mavzuli karta hosil
qilishimiz mumkin. Bunda
turli tasniflar turli ranglar, tuslar, matnlar orqali
tasvirlanadi. Tasniflash quyidagicha bajarilishi mumkin:
Generalizatsiya (umumlashtirish) – karta xususiyatlari (belgilari)ni maxsus
tasniflarga koʻra tasvirlashdir. Generalizatsiya natijasida
tafsilotlar masshtabi
kamayadi, chunki bunda mayda tafsilotlar umumlashtirishga qaratiladi.
Darajalash
(ranking) – karta xususiyatlarini atribut yoki jadval ma’lumotlarini baholash orqali
tasvirlash.
Belgilash – belgilangan xususiyatlarni yorqinlashtirishdir.
5.1-rasm. Yoʻl kengligi asosida tasniflash (
Manba: Bxatta, 2008)
Ushbu rasmda yuqorida ta’kidlab oʻtilgan uch tasniflash usuliga misollar
keltirilgan.
5.2-rasm. Bir ma’lumotga qoʻllanilgan turli xil tasniflash
(Manba: Bxatta, 2008)