• 6.3. Ma’lumotlar bankining umumiy tuzilishi
  • Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
  • Ma’lumotlar bazasi quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshirishga




    Download 1,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/32
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,23 Mb.
    #139590
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
    Bog'liq
    Xomidov Muzaffarning

    Ma’lumotlar bazasi quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshirishga
    imkon beradi:
     yer uchastkalari, ko‘chmas mulklar, mulkdorlar, yerdan foydalanuvchilar,
    ijarachilar to‘g‘risidagi axborotlarni kiritish;
     yuqorida sanab o‘tilgan obyektlar belgilarini o‘zgartirish;
     obyektlarni qo‘shish;
     kartalar bilan ishlash (geoaxborot tizimi dasturi yordamida);
     reyestrlar (hisobot) yaratish;
     ma’lumotlarni qidirish va ko‘rish.
    6.3. Ma’lumotlar bankining umumiy tuzilishi
    “Yeravtobank” dasturiy majmuasi dasturiy interfeys orqali ma’lumotlar
    almashish vositasi bilan o‘zaro harakatdagi bir necha mustaqil qismlardan iborat.
    Unga yerdan foydalanish obyektlari va axborotlarning grafik modullari (ArcGIS
    yoki MapInfo) to‘g‘risidagi jadvalli axborotlarni saqlash va boshqarishni
    ta’minlaydigan Microsoft Access – 2010 da yaratilgan ma’lumotlar bazasining
    aynan o‘zi kiradi.
    Ma’lumotlar bazasi tarkibiga yerdan foydalanuvchilar obyektlari
    to‘g‘risidagi ma’lumotlar, yer uchastkalari to‘g‘risidagi jadvallar kiradi va
    saqlanadi. Bulardan tashqari, ma’lumotlar bazasida ko‘chmas mulk obyektlari
    to‘g‘risidagi me’yoriy ma’lumotlardan iborat klassifikator
    va jadvallar
    ko‘rinishidagi yordamchi me’yoriy-ma’lumotnomali axborotlar ham o‘rin olgan.


    Geoaxborot tizimining ilmiy
    asoslari
    178
    Ma’lumotlar bazasiga izoh berishni uning eng muhim obyekti hisoblangan
    jadvallardan boshlaymiz. Ma’lumotlar bazasi o‘zaro munosabatlar bilan
    bog‘langan turli mohiyatga ega bo‘lgan 16 jadval, 6 so‘rov, 20 shakl va 25
    makrosdan iborat. Jadvallar o‘rtasidagi aloqalar quyida keltirilgan (6.1-rasm).
    Jadvallarni mohiyatiga qarab quyidagi 2 toifaga bo`lish mumkin^

    obyektlar, yerdan foydalanuvchi to‘g‘risidagi axborotlarni saqlash
    uchun asosiy jadvallar;

    yerdan foydalanuvchilar (mulkdorlar) to‘g‘risidagi axborotlarni
    saqlash uchun yordamchi jadvallar (me’yoriy - ma’lumotnomali axborotlar).
    6.1-rasm. Ma’lumotlar tizimi
    Yerdan foydalanuvchi subyektlar va ularga biriktirilgan yer uchastkalari
    to‘g‘risidagi axborotlarni saqlashga mo‘ljallangan asosiy ko‘rsatkichlar (jadvallar)
    ro‘yxati quyidagi jadvalda berilgan:
    6.1-jadval

    Download 1,23 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




    Download 1,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlar bazasi quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshirishga

    Download 1,23 Mb.
    Pdf ko'rish