GATni boshlangʻich bosqichda oʻrganayotgan mutaxassis
uchun yuqoridagi kabi
boʻlish turi juda qulay hisoblanadi. Quyidagi rasmda geofazoviy tahlil kategoriya va
kategoriya osti boʻlimlariga boʻlinganligini koʻrishimiz mumkin (1-rasm).
1-rasm.Geofazoviy tahlil tasnifi (*- ma’lumot)
Demak, yuqoridagi rasmda fazoviy tahlilni tushunish oson boʻlishi uchun bir
necha boʻlimlarga ajratib, diagramma shaklida koʻrib chiqdik. Lekin har bir atama
ostida qanday ma’no yotishini ham oʻrganib
chiqish lozim,
aks holda bunday
diagrammalarga boʻlib oʻrganish bizga hech qanday natija bermaydi.