birligi qanchalik kichik boʻlsa, tiniqlik koʻrsatkichi yanada sifatliroq boʻladi, ya’ni
10 metrli tiniqlikdagi ma’lumot 30 metrli tiniqlikdagi ma’lumotdan ancha
ravshanroq koʻrinadi. Shuning uchun iloji boricha tiniqlik birligi kichkina boʻlgan
ma’lumot bizga joy haqida yanada aniqroq ma’lumot beradi.
Geoaxborot tizimida har bir rastr ma’lumot ma’lum bir oʻlchamga ega boʻlgan
piksel(katakcha)ga ega va bu oʻlcham uning tiniqligini koʻrsatib beradi. Agar kichik
masshtabdagi rasmga qarasangiz, tasvir aniq koʻrinadi (3-rasm) va uni kattalashtirib
borilsa, oxirida alohida-alohida ajralgan katakchalarni koʻrish mumkin (4-rasm).
3-rasm. Tiniqligi boʻyicha yuqoridan olingan
kosmik tasvir
4-rasm. Kosmik tasvir yaqinlashtirilganda koʻrinadigan kvadratlar
Demak, yuqoridagi rasmdan koʻrinib
turibdiki, har bir katakcha oʻzida
ma’lum bir oʻlchamni va oʻz navbatida, ma’lumotni saqlaydi.
Bu esa kompyuter
xotirasidan joy olish demakdir. Geoaxborot tizimi va masofadan zondlashda tiniqlik
tuchunchasiga alohida toʻxtalib oʻtishdan maqsad – faqat tiniqligi yuqori boʻlgan
tasvirlar bilan ishlash kerak, degan farazdan uzoqlashishdir. Chunki ba’zi
masalalarda, ya’ni regional yoki mamlakat masshtabidagi
tahliliy ishlarni olib
borishda bizga tiniqligi pastroq boʻlgan ma’lumotlar zarur boʻladi. Masalan, Google
Earth kosmik suratlarini tiniqligi yuqori boʻlgan ma’lumot turiga kiritishimiz
mumkin, chunki bunda tiniqlik oʻlchami 1 metrgacha borishi mumkin. Bu esa 1 m2
joyni koʻrishimiz mumkin deganidir. MODIS turkumidagi ma’lumotlarda tiniqlik
oʻlchami 250 metr boʻladi. Ammo 1 metrli tiniqlikdagi ma’lumotni
oladigan
boʻlsak, unda bizga kompyuter xotirasidan katta joy va uni qayta ishlash jarayonida
koʻp vaqt talab etiladi (har bir katakchaga soʻrov amalga oshiriladi) hamda bu', oʻz
navbatida, resurs va vaqt taqchilligiga olib kelishi mumkin. Vaholanki, bizga
faqatgina regional masshtabdagi (masalan, Markaziy Osiyo) tahliliy ma’lumotlar
zarur boʻladi. Shunday holatlarda tiniqligi past boʻlgan (250 m, 1 km) ma’lumotlar
bilan ishlash bizga qulay boʻladi.