Fazoviy fanlarda masshtab va tiniqlikning ahamiyati




Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/32
Sana17.01.2024
Hajmi1,23 Mb.
#139590
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Bog'liq
Xomidov Muzaffarning
download, Dasturlash asoslari, 6 5A21101-Adabiyotshunoslik(o\'zbek adabiyoti) Dastur, Web, Amaliyot hisoboti, Ahmadjonov Sherbek , 1, 10, 9 jadid, 2 4м elektron тижорат raqamli imzo, obektivka-namuna-uzb, Haydash cho’kma hosil qilish, ekstraksiya xromotografiya ajratis-fayllar.org (1), 2. Bеnzin sifatiga qo`yiladigan ekspluatatsion talablar Bеnzinla-fayllar.org, avto, 8-mashg`ulot
Fazoviy fanlarda masshtab va tiniqlikning ahamiyati
Boshlangʻich geodeziya va kartografiya kurslaridan ma’lumki, masshtab bu
yer yuzasidagi masofalarning gorizontal proyeksiyalardagi kichraytirilgan
darajasidir. Masshtablar turli, jumladan sonli, matnli, chiziqli boʻladi va GAT da
kartalarni ishlab chiqarayotgan foydalanuvchi talabga qarab legendadan mosini
tanlab olishi mumkin. Ma’lumotlarning batafsil yoki umumlashgan holda yoritib
berilishiga koʻra katta, oʻrta va kichik masshtabli kartalar boʻladi. Katta masshtabli
kartalarda obyektlar katta boʻladi va odatda tuman miqyosida, shahar masshtabida
va undan past darajada olinadi (1:100 dan 1:10000 gacha). Koʻpincha bunday
kartalar ishchi kartalar hisoblanadi. Kichik miqyosdagi kartalarda obyektlar
kichikroq koʻrinishda boʻlib, odatda davlatlar, viloyatlar yoki global masshtabda
boʻladi (1:100000 dan 1:5000000 gacha). Koʻpincha siyosiy kartalar yoki global
miqyosdagi oʻzgarishlar, yoki biron-bir hodisani tasvirlashda kichik masshtabli
kartalar qoʻllaniladi. Katta va kichik masshtabli kartalarning sonlari turlicha
koʻrsatilgan. Bundan tashqari, odatda 1:500000 masshtabli kartadan ajratib olingan
1:25000 li karta kichik masshtabli kartadan ajratilgan katta masshtabli karta deb ham
yuritiladi.
Geoaxborot tizimida ma’lumotlarni toʻplashda va kelgusida ularni
foydalanuvchiga yetkazib berishda sifatli ko’rsatib bera olish muhim ahamiyat kasb
etadi. Koʻrsatib bera olish xususiyatlari jumlasiga kiruvchi aniqlik (accuracy),
GATga koʻra tiniqlik (inglizcha resolution, ruscha разрешение soʽzidan olingan)
muhim xususiyatdir. Bu sifat, oʻz navbatida, fazoviy, spektral va vaqtli boʻlimlarga
boʻlinadi. Masofadan zondlashda qoʻllaniladigan barcha sensorlar mana shu uch
sifat koʻrsatkichlari doirasida ish olib boradi va ma’lumot saqlanish hajmi, qayta
ishlash jarayoni hamda toʻlqin uzunligiga qarab bu uch boʻlimda sensorlar
ishlatilishi ham oʻzgarib turadi.

Download 1,23 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fazoviy fanlarda masshtab va tiniqlikning ahamiyati

Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish