dasturlari, raqamli kartografik tizimlar, geografik ma’lumotlar bazasini yaratish va
ishlatish vositalari bilan birgalikda ishlash xususiyatiga ham egadir.
Tizim doirasiga quyidagi imkoniyatlar kiritilgan:
ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarini tahlil qilish usullari;
geografik
obyektlarni izlash;
kartalarga mavzuli sayqal berish usullari;
shartli belgilarni yaratish va tahlil qilish usullari;
keng qamrovli ma’lumotlar
formatining mavjudligi;
masofadan turib ma’lumotlar bazasiga kirish va ma’lumotlarni tarqoq holda
qayta ishlash.
MapInfo dasturi yordamida joy toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni uning manzili va
nomi orqali topish, shuningdek, koʻchalarning kesishuvini, chegarasini,
interaktiv
yoki avtomatik ravishda geokodlashni amalga oshirish va ma’lumotlar bazasidan
obyektlarni kartaga koʻchirish mumkin. Ma’lumotlarni tizimda tasvirlash jadval,
karta, diagramma va matn koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Tizim orqali maxsus
geografik tahlil va grafik tahrir qilish mumkin. Tizimda turli geodezik masalalarni
hal qilish, kartalarni arxivlash va vektorlash, kartografik proyeksiyalash,
fazoviy
ma’lumotlarni birlashtirish mumkin. Dasturdagi maxsus MapBasic dasturlash tili
orqali interfeysni oʻzgartirish va Excel, Lotus 1-2-3, dBase dasturlariga toʻgʻridan
toʻgʻri bogʻlanib, ma’lumotlar almashinish mumkin.