2.1-rasm. Geoid shakl
Datum (Burkard, 1984) – Yerning matematik modeli boʻlib, joyning
geografik koordinatasini hisoblash uchun asos yoki referens boʻlib xizmat qiladi.
Datum tushunchasi Yerning haqiqiy shakli va ellipsoid orasidagi farqni ajratish
uchun qoʻllaniladigan hisoblashlar yigʻindisi sifatida qaraladi. Koʻpgina davlatlar va
hududlar uchun mahalliy datumlar ishlab chiqilgan. Masalan, NAD 27 (North
American Datum, 1927) – bu Klark 1866 ellipsoidiga asoslangan boʻlib, u AQSH
ning Kanzas hududidan boshlanadi. Keyinchalik paydo boʻlgan NAD 83 (North
American Datum, 1983) – Yerning markaziga yaqinlashtirilgan (boshqa nomi
geomarkazlashgan) GRS 80 (Geodetic Reference System, 1980) ellipsoidiga
asoslangan.
Geoaxborot tizimida datum uch xil turda boʻladi: gorizontal, vertikal va
geometrik. Gorizontal datumni adabiyotlarda boshqacha, ya’ni referens datum deb
ham yuritiladi va u koordinata bilan bogʻliq boʻlsa, vertikal datum balandliklar bilan
bogʻliq boʻladi.