Geoaxborot tizimining ilmiy
asoslari
188
Yer uchastkalariga kadastr raqamlarini
berish yer uchastkalaridan
foydalanish huquqlari davlat ro‘yxatidan shahar va shaharchalarda o‘tkazilgan
hollarda ko‘chmas mulk kadastri xizmati, O‘zbekiston Respublikasining qolgan
hududlari bo‘yicha yer resurslari va davlat kadastri tuman xizmatlari tomonidan
amalga oshiriladi. Noturar joy, binolar va inshootlarning
bir qismiga kadastr
raqamlari mazkur obyektlarga egalik qilish huquqlarini ko‘chmas mulk kadastri
xizmati xodimlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida beriladi.
Yer uchastkalari, bino va inshootlarni O‘zbekiston Respublikasida
identifikatsiyalash tizimining yagona tamoyili bo‘yicha ularga yer uchastkasining
kadastr raqami asos qilib olingan. Kadastr bo‘yicha raqamlash tizimi yer
uchastkalari, bino va inshootlarning kadastr raqamlarini
identifikatsiyalash va
hisobga olingan yagona tizimi integratsiya qilinadi.
Kadastr raqamining majburiy elementlari:
mintaqa (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri);
ma’muriy tuman va shahar (viloyat tasarrufidagi);
kadastr yer massivi raqami;
kadastr mavzesi raqami;
yer uchastkasi raqami;
bino
yoki inshootning raqami;
bino yoki inshoot bir qismining raqami.
Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:
AA:BB:CC:DD:EE:FFFF:GGGG.
Bunda: AA – mintaqaning raqami (kodi) ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nlik
son;
BB – mintaqa tarkibidagi ma’muriy-hududiy tuzilmalar. Ma’muriy tuman
yoki viloyat tasarrufidagi shaharning raqamini bildiruvchi ikki razryadli o‘nlik
son;
CC – kadastr yer massivi raqamini bildiruvchi ikki razryadli o‘nlik son;
DD – kadastr mavzesi raqamini bildiruvchi ikki razryadli o‘nlik son;
EE – kadastr mavzesi doirasida yer uchastkasini bildiruvchi ikki razryadli