• O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar
  • Kichik biznes sub’ektlarining investitsion loyihalarini xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirish
  • Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida kichik biznesni qo’llab- quvvatlash bo’yicha belgilangan chora-tadbirlar va ularning mohiyati
  • Xorijiy investitsiyalar




    Download 0,68 Mb.
    bet27/28
    Sana11.02.2024
    Hajmi0,68 Mb.
    #154693
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
    Bog'liq
    Хорижий инвес

    44




    manbalardan foydalanish samaradorligini oshirish hozirgi vaqtda, birinchi navbatda, kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qoTlab-quwatlash tuzilmalarining muhim vazifasi boTib qolmoqda.

    1. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar

    0’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlari qatoridan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ham o’rin olgan. Binobarin, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etayotganligini hayotning o’zi yaqqol ko’rsatib turibdi.
    Tadbirkorlar o’z faoliyatlari bilan eng muhim, dolzarb muammoni, ya’ni ichki bozorning keng xalq iste’mol mollariga boTgan talabini qondirish va ishsizlikni tugatishdek ijtimoiy muammoni yechishga yordamlashadi.
    Hozirgi kunda respublikamizda tadbirkorlar yangi ijtimoiy qatlam va sinf sifatida shakllanmokda. Respublika Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi va bevosita rahbarligida mamlakatimizda xususiy mulkning rivojlanishi va shu asosda aholi-keng tadbirkorlik faoliyatini qoTlab-quwatlash va kengaytirishga qaratilgan qator farmon hamda hukumat qarorlari qabul qilindi.
    0’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2005-2007 yillarda fermer xojaliklarini rivojlantirish to^gTisida^gi 2004 yil noyabr Qarorini hamda yuridik shaxs maqomiga ega boTmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarning eksport va import operatsiyalarining qonuniyligini ta’minlash va daromadlarini hisoblashga doir bir qator yangiliklarni o’z ichiga olgan Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi. Davlat statistika qo’mitasi tomonidan qabul qilingan 2004 yil 11 noyabrdagi "Savdo faoliyati bilan shug’ullanuvchi yakka tadbirkorlarning tovar operatsiyalari va daromadlarini hisobga olish tartibi to’g’risidagi yoTiqnomaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida"gi qarorlari ham xususiy tadbirkorlarga yaratilgan yangi bir yo’nalishdir.
    Bundan tashqari, respublikamizda amalga oshirilayotgan bir qancha chora- tadbirlar, jumladan, 2004 yil may oyidan boshlab asosiy maqsadi - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni doimiy ravishda zamonaviy texnologiyalar va yangi bank xizmatlari bilan ta’minlashdan iborat boTgan "Bussines Leasing" kompaniyasining faoliyat yuritishi; 0’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2004 yil 7 iyulda xususiy tadbirkorlikka kelajakda yanada yaxshi sharoitlar yaratish, biznes muhitini takomillashtirish, respublika tadbirkorlarining xorijiy tadbirkorlar bilan aloqalarini 0’rnatish, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozordagi faolliklarini oshirish, mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni ko’prok, jalb qilish maqsadida 0’zbekiston Savdo-sanoat palatasining tashkil qilinishi kabilar ham mamlakatimizda tadbirkorlikka katta e’tibor berilayotganligidan dalolat beradi.

    1. yilda kichik biznesni jadal rivojlantirishni qoTlab-quwatlash borasida chora tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Masalan, 2009 yilda sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari uchun yagona soliq stavkasi 7 foizga tushirilgan boTsa, 2010 yildan e’tiboran 7 foizli soliq stavkasi barcha kichik biznes korxonalari uchun joriy etildi.


    45




    Qaysi tarmoqda faoliyat yuritishlariga bogTiq ravishda kichik biznes sub’ektlari quyidagi soliq imtiyozlaridan foydalanishlari mumkin:

    • 2014 yil 1 yanvargacha yangidan tashkil etilayotgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari soliqlaming barcha turlaridan va ayrim majburiy ajratmalarni toTashdan ozod qilingan;

    • 2012 yilning 1 yanvarigacha go’sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirmalar va kichik korxonalaming yagona soliq toTovi stavkasi 50 foizga kamaytirildi va ularning chetdan olib kelinadigan texnologiya uskunalari bojxona toTovlaridan ozod qilingan;

    • 2012 yil 1 yanvargacha 15 xildagi nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mikrofirmalar va kichik korxonalar foyda soligT va mulk soligT, yagona soliq toTovlari va Respublika yoT jamg’armasiga majburiy ajratmalar toTashdan, shuningdek, ishlab chiqarishda foydalaniladigan uskunalarini import qilishda bojxona toTovlaridan ozod qilingan.

    Kichik biznesni rivojlantirish borasida yaratilgan qulay shart-sharoitlar sohaning iqtisodiy rivojlanishdagi, aholini ish bilan bandliligi va daromadlarining o’sishidagi roli yanada kuchayishi hamda YalM, eksport va tarmoqlar hamda sohalarning ishlab chiqarish koTsatkichlaridagi ulushi ortib borishiga xizmat qiladi.

    1. Kichik biznes sub’ektlarining investitsion loyihalarini xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirish

    Mamlakatimizda amalgan oshirilayotgan izchil islohotlarining ustivor yoTialishlaridan biri - bu kichik biznes xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdir. Xalqaro andozalar talablariga mos ravishda ishlab chiqarishni yoTga qo’yish uchun kichik biznes sub’ektlariga rivojlangan xorij davlatlarining ishlab chiqarishni yoTga qo’yish uchun kichik biznes sub’ektlariga rivojlangan xorij davlatlarining ishlab chiqarish texnologiyalari zarur boTadi, lekin bunday ishlab chiqarishni yoTga qo’yish istagi boTgan kichik biznes subbektlarining barchasi ham o’z mablagTari hisobidan bu ishni amalga oshira olmaydi. Bunda kichik biznes subbektlarining yaxshi investitsion loyihalari xorijiy kredit liniyalari va 6anklar mablagTari hisobidan moliy alashtiriladi.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy biznesni moliyaviy qoTlab quwatlashda xorijiy kredit liniyalari mablagTarini banklar orqali real sektorga jalb qilish hisobiga kichik ishlab chiqarishni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kelajakda ular negizida moliyaviy jihatidan baquwat ko’p tarmoqli yiroik ishlab chiqarish korxonalari shakllanishi ko’zda tutiladi.

    1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida kichik biznesni qo’llab- quvvatlash bo’yicha belgilangan chora-tadbirlar va ularning mohiyati

    Prezidentimiz o’z maTuzalarida «2009 yilda xizmat ko’rsatish va kichik biznes sohasini aholi bandligini ta’min1
    ash va hayot darajasini oshirishning eng muhim


    46


    omili sifatida yanada jadal rivojlantirish - ustuvor vazifa boTib qoladi»1 deb belgilab berdilar.



    1. yilda kichik biznesni yanada qoTlab-quwatlash vazifasi har qachongidan koTa muhim ahamiyat kasb etmoqda. CHunki kichik biznes yangi-yangi ish oTinlarini yaratib, bizning sharoitimizda ish bilan band aholi daromadining 70 foizdan ortigTni tashkil etmoqda.

    SHu sababli Inqirozga qarshi choralar dasturida kichik biznesni rivojlantirishni rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu chora-tadbirlar soliq va kredit imtiyozlari bilan bir qatorda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay biznes muhitini yaratish maqsadida institutsional islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ham o’z ichiga oladi.
    Jumladan, yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qoTlab- quwatlash maqsadida Imtiyozli kredit jamg^armasining resurs bazasini ikki barobar oshirish ko’zda tutilgan. Buning natijasida kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlar miqdori yildan-yilga sezilarli darajada oshib bormoqda.
    SHu bilan birga, berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati uzaytirildi, aylanma mablagTarni toTdirish uchun beriladigan kreditlaming eng uzoq muddati 12 oydan 18 oyga oshirildi.
    Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan xomashyo va resurslardan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari amalga oshirildi. Jumladan, birja savdolari orqali sotiladigan yuqori likvidli, monopol mahsulotlar turlari pozitsiyalari 136 tadan 195 tagacha ko’paydi.
    0’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 4 martdagi 36-sonli «Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabini hisobga olgan holda birja savdolariga qo’yish mexanizmini takomillashtirish to’gTisida»gi Qaroriga muvofiq Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoTlab-quwatlash davlat qo’mitasiga monopol mahsulotlami birja savdolariga majburiy qo’ydirish bo’yicha vakolat hamda yuqori likvidli tovarlar moddiy balanslariga tegishli o’zgartirish kiritish bo’yicha imkoniyat berildi.
    Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining birja savdolarida ishtirok etish imkoniyatlarini oshirish maqsadida birja xizmatining komission xarajatlari 0’rtacha 25% gacha pasaytirildi va birja savdolarida qatnashish uchun toTanadigan garov puli 10% gacha oshirildi.
    Tadbirkorlar uchun yengillik yaratish maqsadida quyidagi toTovlar miqdorini kamaytirish bo’yicha hujjatlar loyihasi ishlab chiqildi:

    • arxitektura-rejalashtirish topshirigTni (ART) ishlab chiqishga ketadigan toTovlar - 2 martagacha;

    • ekologik ekspertizadan oTkazish toTovlari - 20 foizdan 90 foizgacha;

    • turar joylami noturar joy toifasiga oTkazish xarajatlari - 9 martagacha;

    • loyihalash hujjatlarini ekspertiza qilish xarajatlari - 2 martagacha.

    1 Мамлакатимизни модернизация қилиш ва янгилашни изчил давом эттириш - давр талаби. Президент Ислом Каримовнинг 2008 йилда мамлакатимизни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2009 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2009 йил 14 февраль.


    Download 0,68 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




    Download 0,68 Mb.