|
mavzu. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xorijiy investitsiyalarni
|
bet | 26/28 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #154693 |
Bog'liq Хорижий инвесmavzu. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xorijiy investitsiyalarni
jalb etish (4 soat)
42
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ahamiyati
0’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsiya muhitining roli
0’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar
Kichik biznes sub’ektlarining investitsiya loyihalarini xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirish
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida kichik biznesni qoTlab- quwatlash bo’yicha belgilangan chora-tadbirlar va ularning mohiyati
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ahamiyati
0’zbekistonda kichik biznes korxonalarini barpo etish orqali mustaqil xo’jalik yurituvchi mulk egalari shakllandi. Kichik biznes korxonalari bozor iqtisodiyotiga xos turli makroiqtisodiy shart-sharoitlar va talablariga moslashishi imkoniyatlariga egaligi bilan ustuvor ahamiyatga ega. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish milliy iqtisodiyotimiz barqarorligini ta^minlashning muhim makroiqtisodiy omillaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda kichik biznes taraqqiyotining keskin avj olishi natijasida ulaming mamlakatda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot salmogTdagi ulushining ortib borayotganligi bilan izohlash mumkin.
2009 yilda Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish oTinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag’batlantirish va qoTlab- quwatlashga alohida e’tibor qaratildi.
davomida inventarizatsiya natijasida aniqlangan qariyb 2 mingta bo’sh bino kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berildi. Bunda binolarni ijaraga berish tariflari tadbirkorlik sub’ektlarining qaerda joylashgani va ulaming faoliyat turiga qarab 3 barobardan 10 barobarga qadar kamaytirildi. SHuningdek, o’tgan davr mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun quyidagi imtiyoz va qulayliklar yaratildi:
mahsulotlaming gigienik sertifikatini amal qilish muddati ilgarigi 3 yildan endilikda cheklanmagan muddatga o’tkazildi;
fitosanitariya xulosalarini berish muddatlari qisqartirildi;
elektr va issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni bajarish muddatlari 1 oydan 3 kungacha qisqartirildi;
binolarni turar joydan noturar joy toifasiga o’tkazish jarayoni soddalashtirildi;
davlat mulkidagi bo’sh binolar ijara haqlari 10 va undan ko’p barobargacha tushirilishi natijasida ulaming 81 foizi (aniqlangan 3650 tadan 2939 tasi) tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berildi;
43
tashqi reklamani joylashtirish tariflari o’rtacha 20 dan 30 foizgacha pasaytirildi hamda ayrim hududlaming qishloq joylarda haq olish bekor qilindi. Buning natijasida tashqi reklama bemvchi tadbirkorlarning ulushi 34 foizgacha oshdi;
tashqi reklamani joylashtirish qiymati Toshkent, Farg’ona, Jizzax, Namangan va Navoiy viloyatlarining qishloq joylari uchun 50 foizgacha pasaytirildi;
elektr energiyasini oldi-sotti shartnomasida belgilangan hajmga nisbatan kam sarflanishi uchun jarimalar bekor qilindi va ortiqcha sarflash bo’yicha jarimalar 50 foizga qisqartirildi.
2.0’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsiya muhitining roli
Kichik biznes iqtisodiyotning shunday sektoridirki, u investitsiya muhitida yuz berayotgan deyarli barcha o’zgarishlarga moslashadi. Kichik biznes nuqtai nazaridan investitsiya muhitining jozibadorlik darajasini aniqlash uchun butun mamlakat va mintaqalardagi iqtisodiy vaziyatni koTsatuvchi omillar, iqtisodiyotning bu tarmogTga investitsiyalar kiritish qonunlar va infratuzilmalar bilan qanchalik taMninlanganligi, mintaqada bozor infratuzilmasining rivojlanish darajasi, malakali ishchi kuchining mavjudligi, shuningdek, mana shu va boshqa omillar bilan bogTiq xatarlar bor yoki yo’qligi g’oyat muhimdir.
Xususiy tadbirkorlikning asosiy xususiyati shuki, uning uchun mintaqaviy omillar qoida tariqasida, investitsiyalar jalb etish jarayoniga ta’siri jihatidan ustunlik qiladi. Investitsiyaviy muhit tahlilini tarmoqlar bo’yicha olib borish zarurligini koTsatib o’tish kerak. CHunki, ijobiy investitsiyaviy omillar turli tarmoqlar uchun o’ziga xos jihatlarga ega. Ba’zi hollarda bir tarmoqda ijobiy rol o’ynashi mumkin boTgan omillar boshqa tarmoq uchun salbiy boTadi yoki agar muayyan tarmoq uchun biron-bir koTsatkich yetarli darajada namoyon boTsa, shu koTsatkpchning o’zi boshqa tarmoqning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun mutlaqo kam boTishi mumkin.
0’zbekistonda kichik tadbirkorlik uchun tarmoqlar bo’yicha investitsiya muhiti alohida qiziqish tug’diradi. Kichik biznes uchun o’ziga xos ba’zi koTsatkichlar sifatida quyidagilami sanab oTish mumkin:
kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qoTlab-quwatlash tizimi va infratuzilmasini rivojlantirishning mintaqaviy koTsatkichi;
egallab turgan bozor sektorlari bo’yicha (masalan, xizmatlar yoki savdo sohasida) raqobatlashuvchi yirik firmalarning mavjudligi va rivojlanish darajasi;
mahalliy bank tizimining rivojlanish darajasi va boshqa omillar.
Kichik korxonalar o’zlariga xos xususiyatlar tufayli investitsiya resurslarini jalb etish uchun xizmat qiladigan ko’p sonli manbalarning ayrimlaridangina foydalana oladilar. Masalan, shuni qayd etish kerakki, kichik tadbirkorlikdagi ichki moliyalash manbalari tadbirkor o’zini o’zi investitsiyalashi uchun beradigan imkoniyatlar yirik firmalaming imkoniyatlari darajasida emas. SHunga qaramay, bu manbalardan kichik tadbirkorlikda foydalanish sezilarli samara berishga qodir boTib, jalb etish samaradorligi jihatidan bir qancha afzalliklarga ega. SHunday qilib, investitsiya resurslarini shakllantirishning qulay manbalari sonini ko’paytirish hamda mavjud
|
| |