O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar




Download 184,92 Kb.
bet23/25
Sana05.02.2024
Hajmi184,92 Kb.
#151444
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
XORIJIY INVESTITSIYALAR

O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar

0’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlari qatoridan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ham o’rin olgan. Binobarin, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etayotganligini hayotning o’zi yaqqol ko’rsatib turibdi.
Tadbirkorlar o’z faoliyatlari bilan eng muhim, dolzarb muammoni, ya’ni ichki bozorning keng xalq iste’mol mollariga boTgan talabini qondirish va ishsizlikni tugatishdek ijtimoiy muammoni yechishga yordamlashadi.
Hozirgi kunda respublikamizda tadbirkorlar yangi ijtimoiy qatlam va sinf sifatida shakllanmokda. Respublika Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi va bevosita rahbarligida mamlakatimizda xususiy mulkning rivojlanishi va shu asosda aholi-keng tadbirkorlik faoliyatini qoTlab-quwatlash va kengaytirishga qaratilgan qator farmon hamda hukumat qarorlari qabul qilindi.
0’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2005-2007 yillarda fermer xojaliklarini rivojlantirish to^gTisida^gi 2004 yil noyabr Qarorini hamda yuridik shaxs maqomiga ega boTmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarning eksport va import operatsiyalarining qonuniyligini ta’minlash va daromadlarini hisoblashga doir bir qator yangiliklarni o’z ichiga olgan Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi. Davlat statistika qo’mitasi tomonidan qabul qilingan 2004 yil 11 noyabrdagi "Savdo faoliyati bilan shug’ullanuvchi yakka tadbirkorlarning tovar operatsiyalari va daromadlarini hisobga olish tartibi to’g’risidagi yoTiqnomaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida"gi qarorlari ham xususiy tadbirkorlarga yaratilgan yangi bir yo’nalishdir.
Bundan tashqari, respublikamizda amalga oshirilayotgan bir qancha chora- tadbirlar, jumladan, 2004 yil may oyidan boshlab asosiy maqsadi - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni doimiy ravishda zamonaviy texnologiyalar va yangi bank xizmatlari bilan ta’minlashdan iborat boTgan "Bussines Leasing" kompaniyasining faoliyat yuritishi; 0’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2004 yil 7 iyulda xususiy tadbirkorlikka kelajakda yanada yaxshi sharoitlar yaratish, biznes muhitini takomillashtirish, respublika tadbirkorlarining xorijiy tadbirkorlar bilan aloqalarini 0’rnatish, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozordagi faolliklarini oshirish, mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni ko’prok, jalb qilish maqsadida 0’zbekiston Savdo-sanoat palatasining tashkil qilinishi kabilar ham mamlakatimizda tadbirkorlikka katta e’tibor berilayotganligidan dalolat beradi.

  1. yilda kichik biznesni jadal rivojlantirishni qoTlab-quwatlash borasida chora tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Masalan, 2009 yilda sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari uchun yagona soliq stavkasi 7 foizga tushirilgan boTsa, 2010 yildan e’tiboran 7 foizli soliq stavkasi barcha kichik biznes korxonalari uchun joriy etildi.


45




Qaysi tarmoqda faoliyat yuritishlariga bogTiq ravishda kichik biznes sub’ektlari quyidagi soliq imtiyozlaridan foydalanishlari mumkin:

  • 2014 yil 1 yanvargacha yangidan tashkil etilayotgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari soliqlaming barcha turlaridan va ayrim majburiy ajratmalarni toTashdan ozod qilingan;

  • 2012 yilning 1 yanvarigacha go’sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirmalar va kichik korxonalaming yagona soliq toTovi stavkasi 50 foizga kamaytirildi va ularning chetdan olib kelinadigan texnologiya uskunalari bojxona toTovlaridan ozod qilingan;

  • 2012 yil 1 yanvargacha 15 xildagi nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mikrofirmalar va kichik korxonalar foyda soligT va mulk soligT, yagona soliq toTovlari va Respublika yoT jamg’armasiga majburiy ajratmalar toTashdan, shuningdek, ishlab chiqarishda foydalaniladigan uskunalarini import qilishda bojxona toTovlaridan ozod qilingan.

Kichik biznesni rivojlantirish borasida yaratilgan qulay shart-sharoitlar sohaning iqtisodiy rivojlanishdagi, aholini ish bilan bandliligi va daromadlarining o’sishidagi roli yanada kuchayishi hamda YalM, eksport va tarmoqlar hamda sohalarning ishlab chiqarish koTsatkichlaridagi ulushi ortib borishiga xizmat qiladi.


  1. Download 184,92 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Download 184,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar

Download 184,92 Kb.