|
Investitsiya funktsiyasining grafigi
|
bet | 2/25 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 184,92 Kb. | | #151444 |
Bog'liq XORIJIY INVESTITSIYALARInvestitsiya funktsiyasining grafigi
Foiz stavkasi
r
I
Investitsiya hajmi 1.1.1-chizma
2
Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat sub^ektlarini sug’urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo’lida tashkil etiladi. Investitsiya munosabatlarining mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o’z ifodasini topadi. 0’zbekistonda investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishining asosiy yo^nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
Investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish.
Soliq to’lovchilar va soliq solish ob^ektlarini, soliq stavkalari va ularga doir
imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo’llash.
Normalar, qoidalar, standartlarni belgilash.
Monopoliyaga qarshi choralarni qo’llash.
Kredit siyosati va narx siyosatini o’tkazishga va boshqa tabiiy resurslarga egalik
qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash.
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash.
Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli mulkdorlar
o’rtasida moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o’ziga xos, murakkab, ijtimoiy zarur iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me^yorlarini nazarda tutadi. Investitsiya jarayonining barcha sub’ektlari - chet ellik investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar (rezidentlar va norezidentlar)gacha bu munosabatlarning ishirokchilariga aylanadilar. Huquq nuqtai nazaridan chet el investitsiyalari boshqa davlat hududida kapitalga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog’liq. Iqtisodiy nuqtai nazardan esa ulaming hududiy, zamon va makondagi harakati ko’pdan-ko’p qo’shimcha risklar bilan to’qnashish ehtimoliga ega bo’ladi. Respublikada
investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish birinchi navbatda davlatning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini ko’zlaydi.
Davlat xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi:
moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar berish; kreditlami sug’urtalash va kafolatlash;
nomoliyaviy: yer uchastkalari ajratish; zamriy infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlash; texnik yordam ko’rsatish.
Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo’naltirilgan har qanday shakldagi mulkni to’la qonli ravishda xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet davlat mulki hisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki hisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo’la olmaydi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir.
1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «CHet el investitsiyalari to^risida^gi 0’zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasida «CHet ellik investorlar asosan
daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad 0’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi».1 Xorijiy investitsiyalarining umumiy ta’rifi F. Xeniusning 1947 yil AQSHda chop etilgan tashqi savdo lug^atining 2-nashrida quyidagicha berilgan: «Xorijiy investitsiyalar - bu bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport kilingan investitsiyalar» .
CHet el investitsiyalari deyilganda chet mamlakatlarning milliy iqtisodiyotga moddiy, moliyaviy va nomoddiy ko’rinishidagi muddatli qo^yilmalarning barcha shakllari tushuniladi. Bu quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: qo’shma korxonalami tashkil qilishda o’z ulushi bilan qatnashish, xorijiy sarmoyadorlarga to’la tegishli bo’lgan korxonalarni barpo etish, xorijiy shaxslar tomonidan qimmatli qog’ozlarni, shuningdek, zayom va kreditlar olish.
0’zbekistonda ham investitsiya loyihalarni tuzish va moliyalashtirish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish bo’yicha izchil chora-tadbirlar ishlab chiqilmokda.
Ularning negizida ikkita asosiy omil yotadi:
-iqtisodiy barqarorlik;
-inflyatsiya jarayonlarini tartibga solish va milliy valyuta-so’mning to’lov qobiliyatini oshirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Hozirgi paytda 0’zbekiston Respublikasida qulay investitsiya loyihalarini tuzish va ulami moliyalashtirish bo’yicha quyidagi omillar mavjud:
-investitsiya loyihalari bilan shug’ullanuvchi shaxslarni rag’batlantirish; -sanoatning ustuvor sohalari, yoqilg’i, energetika majmualari bo’yicha investitsiya loyihalarini tuzishni jadallashtirish;
-iqtisodiyotda ilm fanga talab kuchli tarmoqlarida ishlab turgan quwatlarni yangilash va yangilarini barpo etish bo’yicha intellektual investitsion loyihalarni amalga kiritilishi.
Nazorat uchun savollar
1 .Investitsiya tushunchasiga ta’rif bering.
«Investitsiya» atamasi qanday ma’noga ega?
3 .Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad nima?
Xorijiy investitsiya tushunchasiga ta’rif bering.
5.1nvestitsiya faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni tushuntirib bering.
6.1nvestitsiya munosabatlari davlat tomonidan qanday qilib tartibga solinadi?
Xorijiy investitsiyalaming mohiyatini yoritib bering va ulami jalb qilinish sabablari tushuntirig.
|
| |