|
Kontsessiya shartnomalari
|
bet | 9/25 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 184,92 Kb. | | #151444 |
Bog'liq XORIJIY INVESTITSIYALARKontsessiya shartnomalari - bu tabiiy boyliklarni, ayrim foydali qazilmalarni qazib olish va o’zlashtirish uchun tuzilgan shartnomalardir.
Lizing shartnomasi chet el investitsiyalari ishtirokida asmavzu - uskunalarni, texnika - texnologiyalarni uzoq muddatga ijaraga olishdir.
Tenderlar - bu tanlov asosida investorlarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga jalb etilishidir.
Erkin iqtisodiy hudud - bu ma’lum hududda chet el investitsiyalari erkin kirib kelishi va ularga nisbatan qator imtiyozlar belgilangan hududdir. 0’zbekiston Respublikasining "Erkin iqtisodiyot hududlar to^risida^gi Qonunida erkin iqtisodiy hududga quyidagicha ta’rif berilgan: "Erkin iqtisodiy hududlar - mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqamv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo’lgan maxsus ajratilgan hududdir". Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish jarayonida davlat qo’llab-quvvatlovchi, rag’batlantiruvchi hamda nazorat qiluvchi sifatida bosh islohotchi bo’lishi lozim.
Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasi - jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to^ridan-to^ri investitsiyalami jalb etish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 0’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 3 dekabrdagi «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to^risida^gi qarori asosida tashkil etilgan. Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zona hududida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining asosiy yo’nalishi - zamonaviy xorijiy yuqori unumli asmavzu-uskunalar va texnika, texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko’lamda ishlab chiqarishdan iborat.
19
0’tgan yil mobaynida «Korean Eyr» kompaniyasidan milliy aviakompaniyamiz ijaraga olgan zamonaviy transport samolyotlari bilan ushbu aeroportdan xalqaro yo’nalishlar bo’yicha 330 dan ortiq reys amalga oshirildi va qariyb 8,5 ming tonna yuk tashildi. Bu Navoiy shahri aeroportini global logistika tarmog’iga integratsiyalash imkonini berdi.
|
| |