|
Xorijiy investitsiyalar
|
bet | 8/25 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 184,92 Kb. | | #151444 |
Bog'liq XORIJIY INVESTITSIYALAR(4 soat)
O ’ zbekiston Respublikasida xorij iy investorlarning xuquqlari
0’zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari
Investitsiya shartnomalari
O’zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning huquqlari
CHet ellik investor xalqaro huquq printsiplari va 0’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
-investitsiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yoTialishlarini mustaqil belgilash;
12
-investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
-0’zining investitsiyalariga va investitsiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish. CHet ellik investorning qaroriga binoan investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqlari 0’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Huquqlar boshqa shaxsga berilganda taraflaming o’zaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga solinadi;
-0’zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyati natijasida olingan o’ziga qarashli ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va 0’zbekiston Respublikasida patentlashtirish to’g’risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish;
-investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni mustaqil va erkin tasarruf etish (shu jumladan uni moneliksiz repatriatsiya qilish);
-0’zbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablag’lari jalb etish;
-o’z hisobvarag’idagi milliy valyuta mablag’laridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish uchun foydalanish;
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yer uchastkalariga doir huquqlami sotib olish;
-0’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, o’ziga mulk huquqi asosida qarashli bo’lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan zimmaga olgan majburiyatlaming, shu jumladan qarz mablajlarini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning barcha turlari bo’yicha ta’min sifatida foydalanish;
-o’z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya qilingan taqdirda mutanosib ravishda tovon olish;
-davlat boshqamv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda qarorlari natijasida yetkazilgan zararlami undirish.
CHet ellik investor 0’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.
O’zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari
0’zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda 0’zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar uning huquqiy asosi bo’lib xizmat qiladi.
0’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar quyidagilardir:
-0’zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to^risida^gi Qonuni,
y.;
-0’zbekiston Respublikasining «CHet el investitsiyalari to^risida^gi Qonuni,
y.;
13
-0’zbekiston Respublikasining «CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va himoya choralari to^risida^gi Qonuni, 30.04.1998 y.;
-0’zbekiston Respublikasi Prezidentining «0’zbekiston Respublikasining 2010 yilgi Investitsiya dasturi to^risida^gi Qarori, 28.10.2009 y.;
-0’zbekiston Respublikasi Prezidentining «10’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to^risida^gi Farmoni, 11.04.2005 y.
Investitsiya shartnomalari
0’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 2 avgustdagi 180- sonli qaroriga asosan “Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi” to^risida nizom ishlab chiqilgan. Mazkur Nizomga Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 iyuldagi 133-sonli qaroriga muvofiq 0’zgartirishlar kiritilgan.
Ushbu Nizom 0’zbekiston Respublikasi "CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ulami himoya qilish choralari to^risida^gi Qonunining 4-moddasiga muvofiq chet ellik investorlarga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qo’shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) berishda ular bilan 0’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan investitsiya shartnomalari tuzish tartibini belgilaydi. CHet ellik investorlar bilan ularning qo’shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) berish bilan bog’liq bo’lmagan investitsiya majburiyatlarini mustahkamlashga yo’naltirilgan shartnomalarni tuzish va amalga oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomga muvofiq chet ellik investorlarga quyidagi yo’nalishlarda kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) berish ko’zda tutilgan:
-barqaror iqtisodiy o’sishni, mamlakat iqtisodiyotini progressiv tarkibiy 0’zgartirishlarni ta’minlovchi ustuvor tarmoqlarni rivojlantirilishida;
-respublikaning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini mustahkamlash va kengaytirishni, respublikani jahon xo’jalik aloqalariga integratsiyalashni ta’minlovchi ustuvor loyihalami amalga oshirilishida;
xom ashyo va materiallarni qayta ishlashga, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishga, aholini ish bilan ta’minlashga yo’naltirilgan kichik tadbirkorlik sohasidagi loyihalarni investitsiyalashning amalga oshirilishida.
Nazorat uchun savollar
0’zbekiston Respublikasida xorijiy investorlar uchun berilgan huquqlami tavsiflab bering.
“CHet el investitsiyalari to^risida^gi 0’zbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni va mohiyatini tushuntirib bering.
0’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalami jalb qilishning qanday huquqiy asoslari mavjud?
0’zbekiston Respublikasi "CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ulami himoya qilish choralari to^risida^gi Qonunining mazmunini tushuntirib bering.
14
“Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi” to’g’risidagi nizomning mohiyati va mazmuni nimalardan iborat?
“Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi” to’g’risidagi nizomga muvofiq chet ellik investorlarga qanday kafolatlar va himoya choralariga ega boTadi?
Investitsiya shartnomasining tarkibiga nimalar kiradi?
Investitsiya shartnomasida investitsiya loyihasi xususiyatiga qarab qanday shartlar boTishi mumkin?
mavzu. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ilmiy - uslubiy asoslari(4
soat)
Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning ob’ektiv zarurligi
0’zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati
Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish shakllari va uni tartibga solishning jahon tajribasi
0’zbekiston Respublikasiga investitsiyalarni jalb qilishning asosiy yoTialishlari
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi
Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning ob’ektiv zarurligi
0’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda 0’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoTialishlariga bagTshlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi «Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» nomli maTuzasida quyidagi fikrlarni ta’kidladi: “2010 yilda mamlakatimizda muhim strategik loyihalami amalga oshirish uchun 3 milliard AQSH dollaridan ziyod yoki o’tgan yilga nisbatan 30 foiz ko’p xorijiy investitsiyalar jalb qilinishini e’tiborga oladigan boTsak, o’ylaymanki, amalga oshiriladigan loyihalarning koTami va salmogT o’z-o’zidan ayon boTadi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, to^gTidan-to^gTi xorijiy investitsiyalar hajmi 46 foizga oshadi”1.
Ushbu fikrlar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, uni iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni va ahamiyatini o’ta muhimligini anglatadi.
Umuman aytganda, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida 0’zbekiston iqtisodiyotining muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosida chuqur o’ylangan, 0’zbekistonga xos hususiyatlar toTa hisobga olingan iqtisodiy islohotlarning o’ziga xos va o’zimizga mos modeli mujassam. Ushbu dastuming izchil amalga oshirib kelinishi mamlakatimiz iqtisodiyotini diversifikatsiyalashgan,
1 Асосий вазифамиз - Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир. - Президент Ислом Каримовнинг 2009 йилнинг асосий якунлари ва 2010 йилда Ўзбекистонни ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2010 йил 30 январь.
15
jahon bozoriga raqobatbardosh, keng darajada xilma-xil tayyor mahsulotlar bilan chiqayotgan, uzluksiz yuqori sur’atlardagi iqtisodiy yuksalishga moyil, jiddiy rasmiy omillar va benuqson kredit tarixiga ega bo’lgan zamonaviy iqtisodiyotga aylanishini ta’minlaydi.
CHet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad 0’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati benihoyat katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
-birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab
chiqarishni rivojlantiradi;
-ikkinchidan, import 0’mini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalami iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi;
-uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi;
-to’rtinchidan, korxonalaming eskirgan ishlab chiqarish quwatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi.
5.2.0’zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy yuksalishida faol investitsiya siyosati markaziy 0’rinni egallashini tasdiqlaydi. SHu bois 0’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida to’liq aks ettirilishini taqozo etmoqda.
0’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda 0’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo^nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi «Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» nomli ma’ruzasida - “Uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish - bu asosiy etakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga
16
qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat”,1-deb ta’kidladi.
Mustaqillikka erishilgandan boshlab, mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga 0’tishning o’ziga xos yo’lidan bormoqda. Bu yoTda investitsiya siyosatining ahamiyati juda katta. CHunki investitsiyalar iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar, texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalami qayta ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni rag’batlantiradi, mamlakat eksport va import salohiyatini oshirishga imkon yaratadi. SHu jihatdan 0’zbekiston o’z tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib bormoqda (5.2.1 - chizma)
5.2.1-chizma O’zbekiston Respublikasining tuzilmaviy investitsiya siyosati
Tuzilmaviy investitsiya siyosati hududlar, tarmoqlar va korxona investitsiya siyosatlaridan tarkib topib, ular o’zaro bogTiqdir. Hududlar investitsiya siyosati - investitsiyani sarflashda aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-tadbirlar majmui. Tarmoq investitsiya siyosati esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eksport qilish, import oTnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yoTi bilan qoTlab-quwatlash hisoblanadi.
Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish shakllari va uni tartibga solishning jahon tajribasi
1 Асосий вазифамиз - Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир. - Президент Ислом Каримовнинг 2009 йилнинг асосий якунлари ва 2010 йилда Ўзбекистонни ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2010 йил 30 январь.
17
0’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablagTardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqib boyliklami samarali joylashtirishga va shu yoT bilan respublika iqtisodiyotini ko’tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo'shilishiga, rag^batlantirish yoTi bilan investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud. Ular quyidagi chizmada aks ettirilgan(5.3.1-chizma)
5.3.1-chizma Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllari
CHizmada aks ettirilgan xorijiy investitsiyalami jalb qilish shakllarini quyida
alohida ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Qo’shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish keng
tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo’shma korxonalarni tashkil etishdir.
0’zbekiston Respublikasida qo’shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida
30 % xorijiy investorlarga tegishli boTgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs
18
bo’lgan, nizom kapitalining eng kam mikdori 150 ming AQSH dollariga teng bo’lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona nizom jamg^armasining 150 ming AQSH dollaridan kam bo’lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi-sotdisi va ulami respublikaga import qilish ishlari bilan shug’ullanishga ixtisoslashgan kichik qo’shma korxonalarning keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan.
Xorijiy korxonalarni tashkil etish orqali chet el investitsiyalarini jalb qilish bugungi kunda kengayib bormoqda. 0’zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar iqtisodiyotning turli sohalarida tashkil etilishi mumkin. Yirik xorijiy kompaniya va korxonalar o’z mol-mulklari bir qismini ajratib, shu’ba korxonalar ochishi mumkin. Bunday shu’ba korxonalarga ham qo’shma korxonalarga qo’yilgan talablar belgilangan.
Ikki yoki uchdan ortiq davlat yoki korxonalar o’z kapitallarini jamlagan holda xalqaro tashkilotlar tashkil etishi mumkin.
|
| |